• Ishchi kuchi
  • “Ishchi kuchi”
  • Rasm-Asosiy elementlar bo’yicha ishchi kuchini ta’riflash




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana29.06.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #266180
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    .Mehnat unumdorligi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar kurs ishi

     
    Rasm-Asosiy elementlar bo’yicha ishchi kuchini ta’riflash. 
     
    B
    -ishchi kuchi guruhiga kiruvchi ish bilan bandlar
    I
    - ishchi kuchi guruhiga 
    kiruvchi ishsizlar;
     T
    - ishchi kuchi guruщidan tashqarilar.
    “Mehnat” so’zi xodimlarning ishlayotganliklarini, odamlarning aqliy va 
    jismoniy energiyalari sarflashlari bog’liq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar 
    ko’rsatish bo’yicha maqsadga muvofiq faoliyatlarini anglatadi. Bu so’zdan ba’zi 
    hollarda bo’lsada, kishilarning ma’lum toifasini – ishchilar sinfi, ishchilar va 
    umuman xodimlarni aniqlashda foydalaniladi. 
    Ishchi kuchi
    – mehnat jarayonida inson foydalandigan uning jismoniy va 
    ma’naviy qobiliyatlarning majmuasidir. Zamonaviy xorijiy iqtisodiy nazariyalarda 


    15 
     
    “ishchi kuchi” atamasi ko’pincha “iqtisodiy faol aholi” tushunchasining sinonimi 
    sifatida qo’llaniladi. Masalan R.J.Erenberger va R.S.Smit bunday ta’rif berganlar: 
    “Ishchi kuchi” deganda yoshi 16 dan yuqori bo’lgan xodimlar va yo endilikda 
    ishlayotganlar, yoki faol ravishda ish qidirish bilan band bo’lganlar yoxud ishdan 
    bo’shatilganlaridan xizmatlarga yana murojaat qilishlarini kutayotganlar 
    tushuniladi”. Halqaro mehnat tashkiloti ham xuddi shunga o’xshash nuqtai nazarga 
    amal qiladi.
    “Ishchi kuchi”
    atamasi ko’p hollarda uch ma’noni anglatishda ishlatiladi: 

    organizm, tirik inson shaxs ega bo’lgan va har safar u qandaydir iste’mol 
    qiymatini yaratish chog’ida ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari 
    majmui sifatida; 

    aholining ish bilan band bulgan yoki ish izlayotgan qismi – iqtisodiy faol 
    aholining sinonimi sifatida; 

    umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik 
    turmushida odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida .
    "Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnat qilishga qobiliyatli aholi" tushunchasini 
    ta’riflab olgandan keyin mehnat unumdorligiga kiradigan fuqorolarning boshqa 
    kategoriyalariga – ishlaydigan o’smirlar va ishlaydigan pensionerlarga o’tish 
    mumkin. 
    Fuqorolarning ana shu qismi mamlakat xo’jaligidagi mehnat bilan 
    bandligining huquqiy asosi hamisha qonun bilan belgilanadi. Xususan, hozirgi 
    vaqtda O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi 
    qonunida mehnat huquqini ruyobga chiqarish aholining mehnat bilan bandligi 
    sohasidagi davlat siyosatining eng muhim tamoyillaridan biri sifatida tilga olingan. 
    Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon "iqtisodiy jihatdan faol aholi" 
    tushunchasi qaror topgan. Halqaro standartlarga muvofiq ularga mehnat bilan band 
    aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, "fuqorolik jihatidan iqtisodiy 
    faol aholi" tushunchasi ham tarqalgan bo’lib, ynga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi. 


    16 
     
    Shunday qilib, "mehnat unumdorligi" o’z mazmuniga ko’ra, "iqtisodiy faol 
    aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat 
    unumdorligi yana mehnatga layoqatli yoshdagi o’quvchilarni ham, shuningdek, ana 
    shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz 
    bo’lmasa ham, qandaydir sabablarga ko’ra, mamlakat xo’jaligida ish bilan band 
    bo’lmagan aholini ham o’z ichiga oladi. 

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm-Asosiy elementlar bo’yicha ishchi kuchini ta’riflash

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish