• E’tiboringiz uchun rahmat!
  • O'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarni ro'yxatga olish va ularni daromadlarini soliqqa tortish tartibi




    Download 0.5 Mb.
    Sana09.04.2024
    Hajmi0.5 Mb.
    #192071
    Bog'liq
    soliq

    O'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarni ro'yxatga olish va ularni daromadlarini soliqqa tortish tartibi

    Abdurazzoqova Go’zal Farrux qizi MKB-91

    Reja:

    • O’zini o’zi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida ro’yxatdan o’tkazish tartibi.
    • O’zini o’zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari.
    • O’zini o’zi band qilgan shaxslar va ularni daromadlarini soliqqa tortish.

    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kurerlar, avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin. Asosiy ish joyida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab, bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilish ham mumkin. Asosiysi, asosiy ishdagi faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilish uchun ruxsat berilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kirmagan bo‘lishi kerak.
    Asosiy ish joyida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab, bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilish ham mumkin. Asosiysi, asosiy ishdagi faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilish uchun ruxsat berilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kirmagan bo‘lishi kerak.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi O’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatini amalga oshirish tartibi bo’yicha nizomni 23.12.2020 yildagi 806-son qaror bilan tasdiqlaydi va uni amalga kiritadi unga ko’ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar.
    O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bunda so‘rovnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda mustaqil ravishda, davlat soliq xizmati organiga kelganda esa soliq organi xodimi tomonidan to‘ldiriladi.
    So‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
    • O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
    • O‘zb Res Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari (ular soni 101 ta);
    • O‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini yuritishning mo‘ljallanayotgan manzili;
    • O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning mobil telefon raqami va u bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.

    O’zini o’zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlari:
    • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ma’lumotnoma cheklanmagan muddatga beriladi.
    • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda haq undirilmaydi.
    • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lanadi.
    • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov terminallaridan foydalanadi hamda tijorat banklarida hisobvaraqlari ochishi mumkin.
    • Maxsus mobil ilova orqali daromadlar va xarajatlar hisobini yuritayotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida beriladi.

    O’zini o’zi band qilgan shaxslar va ularni daromadlarini soliqqa tortish.
    • O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar bo‘lgan oilaviy korxonalar aylanmadan soliqni belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘laydilar.
    • O’zini o’zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’I tatbiq etilmaydi. Bunda o’zini o’zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyatidan tashqari olingan daromadlariga odatdagi tartibda soliq solinadi.
    • O’zini o’zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun bir bazaviy hisoblash miqdorida ijtimoiy soliq to’lanadi.

    E’tiboringiz uchun rahmat!


    Download 0.5 Mb.




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zini o'zi band qilgan jismoniy shaxslarni ro'yxatga olish va ularni daromadlarini soliqqa tortish tartibi

    Download 0.5 Mb.