Tadqiqot predmeti
– mehnat unumdorligidan foydalanish jarayonida amalga
oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Tadqiqotning nazariy-metodologik
asosi bo’lib
, mamlakat prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy
yo’nalishdagi o’ziga xos yo’li va bozor iqtisodiyoti, mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi, marketing va sostiologik tadqiqotlar yuzasidan xorijlik hamda
vatanimiz olimlari tomonidan olib borgan ilmiy ishlari xizmat qildi.
Bitiruvmalakaviy ishni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Vazirlar Mahkamasining bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda ko’p ukladli
iqtisodiyotni barpo etish haqidagi farmonlari va qarorlaridan foydalanildi.
Mazkur ishni yozishda Samarqand viloyat Bandlik va mehnat
munosabatlari boshqarmasi hamda ishlab chiqarish korxonasining statistik
hisobotlari axborotlar manbai bo’lib xizmat qildi.
5
1.Mehnat unumdorligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bir tomondan,
moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazolar)dan va ikkinchi
tomondan, inson unumdorligidan, ya’ni kasb-malakalari va bilimlariga ega bo’lgan
xodimlardan iborat bo’ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir
qismi bo’lgan inson unumdorligi moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy
rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo’ladi. Biroq bu omillar o’z xususiyatlariga
qarab bir-biridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
Inson unumdorligi – bular odamlardan, ular faqat moddiy ne’matlar yaratib
qolmay, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladilar. Odamlar o’zlarining moddiy
va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir emaslar. Bunda ularning jinsi, yoshi,
sog’lig’i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik
sifatlari sabab bo’ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o’xshamaydi
Mehnat sohasida odamlarning muhim ehtiyojlari ham ro’yobga
chiqavermaydi. Shuning uchun ham mehnatdan samarali foydalanish uchun
insonning shaxs sifatidagi talablarini esda tutish muhimdir. Boshqacha aytganda,
iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishishuni taqozo qiladiki, murakkab xo’jalik
mexanizmini samarali faoliyat ko’rsatishi uchun amalga oshirilgan hamma sohada
inson va iqtisodiyot manfaatlariga rioya qilish lozim. Shuning uchun butun dunyoda
iqtisodiyotni insonparvarlashtirish degan g’oya tabora ko’proq qaror topayotgani
bejiz emas. Bu g’oya mohiyati va mazmunida asosiy e’tibor insonga qaratiladi. Bu
tabiiydir, chunki odamlarning ehtiyojlari tabora tezroq ortib boradi, moddiy
ne’matlar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda bilimlarning, jamiyat aqliy
potensialining roli orta boshladi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati
turlaridan shaxsga doir sifatlar, xodimning qobiliyatlari ko’proq tanlana boshlaydi
va ular yanada chuqurlashib boradi. Masalan, yaxshi jarrox bo’lish uchun birgina
tibbiyot bo’yicha mutaxassislik diplomining o’zi kifoya qilmaydi.
6
Bunda mazkur mutaxassis bajaradigan vazifalarga mos keladigan insoniy sifatlar
eng ko’proq zarur bo’ladi Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy
o’zgarishlar davrida hamma narsani inson ehtiyojlari va taqdiri bilan
muvofiqlashtirish muhimdir.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi faqat iqtisodiyotga va insonga umumiy
jihatdan ta’sir etib qolmasdan, uning ta’siri ostidagi nazariy tushunchalar ham
mazmunan o’zgarib bormoqda. Masalan, “mehnat unumdorligi”, “ishchi kuchi” kabi
iqtisodiy tushuncha va kategoryalarning ham ijtimoiy-iqtisodiy ma’nosi bir muncha
o’zgarib bormoqda. Bu tushunchalar faqat ilmiy adabiyotlarda emas, balki kundalik
amalyotlarimizda ham keng foydalaniladi. Ularga beriladigan har xil talqinlar ko’p
xollarda ilmiy-amaliy faoliyatlarining xarakteriga ta’sir etib qolmaydi.
“Mehnat unumdorligi atamasi” sho’rolar xokimyatining dastlabki yillarida
paydo bo’lgan va undan mamlakat inson unumdorligini boshqarish va undan
foydalanish samaradorligini oshirish uchun iqtisodiyotni markazlashgan usulda
boshqarish muhtida keng foydalanilgan. Mehnat xuquqlariga binoan xar bir
mehnatga layoqatli mamlakat fuqarosining mehnat qilish va ishlab chiqarishdan
ajralgan holda o’qishi qonun yo’li bilan mustahkamlangan sharoitda uzursiz
sabablar bilan uzoq muddat ishlamay yurgan shaxslar qonuniy ta’qib qilingan va
ozodlikdan mahrum etib jazolanish mumkin bo’lgan. Mehnatga layoqatli aholi –
mehnat unumdorligini tashkil etib, u tabiiy moddiy va moliyaviy unumdorligi bilan
bir qatorda qat’iy statistik hisobga olinishi iqtisodiyotni markazlashgan usulida
rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi.
Rivojlangan mamlakatlardagi kabi O’zbekiston Respublikasida ham
mustaqillik yillarini Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiya etgan aholini tasniflash
tizimig o’tildi, unga ko’ra aholini tizmiy taqsimlashda mamlakat mehnat
unumdorligi iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan bo’ldi.
O’zbekistonning mustabidlik va ma’muriy – buyruqbozlik davri iqtisodiyotdan
bozor iqtisodiyotiga, erkin mehnatga hamda majburiy mehnatni taqiqlashga o’tish
7
“mehnat unumdorligi” atamasini ilgarigi talqinda qo’llashni zamon talablariga
to’g’ri kelmaydigan ma’nosi holatiga keltirdi. Insonning faqat majburlash yo’li
bilangina mehnatga jalb qilish asosida uni ish bilan band qilish va ularni mehnat
unumdorligiga kiritish to’g’ri yo’l hisoblanmaydi.
Mehnat unumdorligi mamlakat aholisining o’z ruhiy-fiziologik va aqliy sifatlari
bilan moddiy ne’matlari ishlab chiqarishda yoki xizmatlar ko’rsatishda qodir
bo’lgan mehnatga layoqatli qismidir.
Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholiga emas, shu bilan birga hozirgi paytda
ishlamayotgan va ish qilmayotgan mehnatga qobilyatli shaxslar, shu jumladan ishlab
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi. Bu ta’rifdan shu narsa
kelib chiqadiki, mehnat unumdorligi iqtisodiyotida mehnat bilan bant bo’lgan; band
bo’lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo’lgan kishilarni xam qamrab oladi.
Boshqacha aytganda mehnat unumdorligi xaqiqiy (real) va potinsal xodimlardir.
Mehnat unumdorligini shakllantirish manbalari quydagilardan iborat:
Mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi deganda milliy qonunlarda qabul
qilingan yosh chegaralar oralig’ida mehnatga yaroqli shaxslar kiradi. Unga I va II
guruh ishlamayotgan nogironlar, yoshi bo’yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya
olayotgan fuqarolar kirmaydi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda mehnat yoshining
qo’yi chegarasi 16 yosh hisoblanadi. Yuqori chegarasi yosh bo’yicha pensiya olish
huquqi bilan belgilangan, bu erkaklar uchun 60 yoshni va ayollar uchun 55 yoshni
tashkil etadi.
Mehnat yoshidan o’tgan bo’lsada ishlayotgan shaxslar va yosh bo’lsa ham
ishlayotgan o’smirlar. Inson tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun
unga jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasi zarur bo’ladi. Jismoniy rivojlanish
darajasi bir tomondan, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan belgilanadi, ikkinchidan
fuqarolarning sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlashdan davlatning
manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki ular kishilik jamiyatining eng muhim
boyliklaridan biri hisoblanadi2 .
8
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda, umumta’lim va kasbiy bilimlar hamda
ko’nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar odamning tanlagan
faoliyati sohasida muvoffaqiyatli ishlash uchun zarur shart hisoblanadi.
Odamlarning har ikkala sifati bo’lgan jismoniy va ma’naviy rivoj
tasvirlarining ahamiyati iqtisodiyotning rivojlanib borishiga qarab doimiy holda
o’zgarib boradi. Bu hol o’z navbatida mehnat sohasidagi mavjud jahon tamoyilini
to’liq aks ettiradi. Iqtisodiyotda va umuman jamiyatda tez va chuqur o’zgarishlar
bo’lib turgan davrlarda kishilarning jismoniy va ma’naviy fazilatlarining roli
ayniqsa ortadi.
Qat’iy
markazlashgan holda iqtisodiyotni rejalashtirishdan bozor
munosabatlariga o’tish mamlakat fuqarolarining turmush tarzida tubdan
o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu jarayon o’tish davrini boshdan o’tkazgan barcha
mamlakatlar uchun ham obyektiv sabablarga ko’ra qiyin tarzda kechadi.
Tajribalardan shu narsa aniqki, umuman jamiyat va xususan, har bir fuqaro agar
islohiy yangiliklarga tezroq moslashib borsa, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar davrini
muvoffaqiyatliroq o’tadi. Bu o’rinda insonning jismoniy sifatlari ham, ma’naviy
sifatlari ham ilgari hukmron bo’lgan bir tomonlama va qaloq xo’jalik yuritish
tizimiga qaraganda ko’proq namoyon bo’ldi. Markazlashgan rejalashtirish
amaliyotida insonga mehnat sohasida uning tashabbus ko’rsatishi, mustaqillikni
namoyon qilishi, o’ziga tabiat tomonidan berilgan sog’liqdan va o’quv tufayli qo’lga
kiritilgan bilimlardan foydalanish qobiliyatini to’liq ishga solish uchun juda kam
imkoniyat qoldirgan edi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish esa aksincha, insonning tashabbuskor va faol
bo’lishini nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o’zining yangi iqtisodiy tizimiga
singib, u bilan hamohang bo’lib ketish mahoratiga bog’liq bo’ladi. Odamning
jismoniy imkoniyatlari va ma’lumotlilik darajasi, ma’naviyati qanchalik yuqori
bo’lsa, bu narsa shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
9
Tarixan mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan
o’zgarib kelgan va o’rtacha 30-50 yilni tashkil etgan. Hozirgi davrda mehnatga
qobiliyatlilikning quyi chegarasi respublikamizda 16 yosh. Bu chegara ayrim
davlatlarda 14-15 yosh, ayrimlarida 18 yosh. Mehnatga qobiliyatlilikning yuqori
chegarasi esa ko’pchilik davlatlarda ikki jins bo’yicha erkaklar uchun 65 yosh
(AQSh, Shvesiya), ayollar uchun 60 yosh (Germaniya, Angliya, Fransiya) qilib
belgilangan. O’zbekistonda bu chegara erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55
yosh hisoblanadi. Mehnatga qobiliyatli yosh chegarasi o’rtacha yashash yiliga ham
bog’liq.
Mehnat unumdorligi shakllanishini o’rganishda ularni yosh guruhlari
bo’yicha ko’rib chiqishimiz ham maqsadga muvofiqdir. Kishilarni guruhlarga
ajratishda ularning yoshi chegaralarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Bu
masalani hal etishda huquqiy asoslangan va amalda mavjudlarini ajratish muhim rol
o’ynaydi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik xususiyatlari, balki
mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, aholining turmush darajasi, umumiy,
o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimining holati, o’rtacha umr davomiyligi va boshqalar
ham hisobga olinadi. Shularga asoslangan holda aholini yoshiga ko’ra 6 guruhga
bo’lish mumkin.(1.1.-jadval)
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining “Ishga qabul qilishga yo’l
qo’yiladigan yosh” nomli 77-moddasi unga ko’ra ishga qabul qilishga o’n olti
yoshdan yo’l qo’yiladi.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o’rta maxsus,
kasb-hunar o’quv yurtlarining o’quvchilarini ularning sog’lig’iga hamda ma’naviy
va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini
buzmaydigan yengil ishni o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi uchun — ular o’n besh
yoshga to’lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o’rnini bosuvchi
shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.
10
Shunday qilib, mehnat unumdorligibozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy
rivojlantirish, milliy iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish nuqtai
nazaridan katta ahamiyatga ega. Mamlakatda mehnat unumdorligi faolligini, sifatini
oshirishga muhim e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, mehnat unumdorligini to’g’ri
shakllantirish, ularni boshqarishni to’g’ri tashkil etish bu resurslar sifatini oshirish
omilidir.
Zarur jismoniy va ma’naviy imkoniyatlar odamning yoshiga bog’liq bo’ladi.
Ular inson hayotining ilk va yetuk davrlarida shakllanadi va rivojlanadi, qarilik
chog’ida esa, tabiiy ravishda, bir muncha kamayib boradi.
Shunday qlib insonning yoshi o’ziga xos mezoni bo’lib, mavjud aholli orasidan
mehnatga yaroqli mehnat unumdorligini ajratib olish imkoni yuzaga keladi. Biroq,
biz bu mezonning nisbiyligini qayd qilgan holda, odamlar ham bir xil emasligini
ta’kidlamog’imiz lozim. Shuning uchun ham, odam to’laqonli xodim bo’lib
yetishishi uchun yetarli narsalarni qo’lga kiritishi va ularni turli davrlarda sarflash
lozim. Mehnat unumdorligiga kimlarni kiritish, ularni sonini aniqlash kerak bo’lib
qolganda, xuddi shu ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Mehnat unumdorligi balansini
tuzish chog’ida ish bilan band bo’lgan aholining barcha toifalarini to’liq qamrab
olish muhim ahamiyatga ega. Yollanib ishlaydiganlar ham, yollanmasdan
ishlaydiganlar ham, ishning doimiyligi, vaqtinchaligi, mavsumiyligi, tasodifiyligi
yoki bir martalik bo’lishidan qat’iy nazar, iqtisodiyotda ish bilan band deb
hisoblanadi.
Qaror topgan statistik amaliyotga ko’ra, mehnat unumdorligi mehnatga
qobiliyatli, mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolardan, ya’ni mamlakat
iqtisodiyotida ishlayotgan yoshlar o’rta hamda mehnatga o’ta qobiliyatli yoshdagi
kishilardan iborat bo’ladi. Ko’pincha yoshlarni ishlovchi o’smirlar, katta yoshdagi
kishilarni ishlayotgan pensionerlar deb atashadi.
Mehnat unumdorligi tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan
ayrim shaxslar (uy bekalari, talabalar) ham kiritilishi mumkin. Bu tarkib mehnat
unumdorligini tashkil etadi. Ulardan kelajakda foydalanish mumkin.
11
Jamiyatning mehnat unumdorligi demografik tarmoq, kasbiy daraja va
hududiy ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. “Ishchi kuchi” va “mehnat unumdorligi”
tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Chunki mehnat qobilyatsiz amalga
oshirilmaydi. Inson qobiliyati faqat mehnat jarayonida ro’yobga chiqadi. Ishchi
kuchi esa insonlarning qobiliyat salohiyatini aks ettiradi.
Hozirgi vaqtda “mehnatga layoqatli yosh”ning qo’yi chegarasi 16 yosh, yuqori
chegarasi erkaklr uchun 59 yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi. Yosh
chegarasi erkaklar 60 yoshga , ayollar 55 yoshga yetgandan so’ng pensiya olish
huquqi bilan belgilanadi. Biroq bu qoidada istesno ham bor. Organizmga yuksak
ruhiy fiziologik bosimlar bilan kasb faoliyatining ayrim turlari uchun rensiya
chizig’i sezilarli ravishda 5-10 yilga, ba’zan undan g’am ko’proq qisqaradi.
Bu yerda imtiyozli shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar
uchun pensiya yoshi odatdagi tajriba darajasida bo’lsa-da, hamma joyda
erkaklarning o’rtacha umr ko’rishi ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir.
Ayrim holatlarda (korxonaning tugatilishi, shartlarning qisqartirilishi)
belgilangan yoshdan avvalroq, ya’ni ayollar 53 yoshdan, erkaklar esa 58 yoshdan
pensiyaga chiqishlariga ruxsat etiladi.
Ishlab chiqarish amalyotida (mehnat unumdorligi) tushunchasi ko’p ishlatilsada,
ilmiy adabiyotlarda bu tushunchani saqlab qolish ancha qiyin kechmoqda.
Fikrimizni batafsilroq asoslash maqsadida dastlab “resurs” so’zi bilan
foydalanish mumkin bo’lgan har xil turdagi vositalar, zahiralar, imkoniyatlar,
manbalar belgilanishini eslaylik. Shunday ekan bir korxona ikkinchi korxonaning
na sotishini, na berishini xayoliga keltirimagan mulki bo’lgan qandaydir
materiallarini o’zining moddiy resursi deb hisoblash mumkinmi? Boshqa kishilar
ixtiyorida bo’lgan va bizga tegishli bo’lmagan, buning ustiga bizga qarzga berishga
ham mo’ljallanmagan pullarni o’z moliyaviy unumdorligimiz deyish mumkinmi?
Javobi ma’lum. Nima uchun unda yashash uchun oshkora mablag’larga ega bo’lgan,
ishlamayotgan va qonunga ko’ra ishlashag majbur etib bo’lmaydigan shaxslarni
mehnat unumdorligi qatoriga kiritish kerak? Demak, foydalanish mumkin
bo’lmagan narsani resurs deb atab bo’lmaydi.
12
Ammo, iqtisodiyotda ishlab chiqarishning rivojlanish manbai sifatida boshqa
resurslar bilan bir qatorda inson unumdorligi yoki bugungi kunda mehnat
statistikasida qo’llaniladigan mehnat unumdorligi tushunchasidan keng
foydalanamiz. Iqtisodiyotda bu atamalardan tashqari “ishchi kuchi” tushunchasi
ham mavjud bo’lib, bu atamadan erkin foydalanganda ham bir qator ilmiy
ziddiyatlar yuzaga keldi.
Iqtisodiyot nazaryasida og’zaki ekvilibristika yoki so’zlarning semantik bir
ma’noli emasligidan bexabar kitobxonlar esa, “mehnat-ish kuchi” tushunchasi so’z
o’yini bo’lib amaliyot uchun ular jiddiy oqibatlarga ega bo’lishi mumkinligini
hayoliga xam keltirmasligi mumkin. Ma’lumki, mehnat bozorida ishchilar
o’zlarining mehnat qobliyatlarini, o’zini va o’z oilasini zarur bo’lgan xayotiy
vositalari bilan ta’minlash maqsadida shu vositalarning qiymatiga teng bo’lgan ish
kuchini sotish bilan topadilar
13
Ishchi ko’chidan foydalanish jarayonida mehnat jarayoni amalga oshiriladi
va bu jarayonda u tomonidan tovarlar, tayyor byumlarda mujassamlashadigan yangi
qiymat yaratiladi. Yollanma ishchi esa o’z mehnati uchun uning mehnati bilan
yaratilgan qiymatni emas balki uning faqat ish kuchi qiymati sifatida belgilanadigan
qisminigina oladi. Yangidan yaratilgan qiymatning qolgan qismini tadbirkor
o’zlashtiradi, bu yollanma mehnatni ekspulatasiya qilinishining ifodasi hisoblanadi.
Shunday qilib, qiymatni yaratishda kapital, yer, tadbirkorlik kabi ishlab chiqarish
omillarining ishtiroki inkor etiladi. Boshqa nuqtai nazarni keltirishdan oldin
“mehnat” va “ish kuchi” so’zlari semantikasini, shuningdek, ular bilan bog’liq
tushunchalarni anglab olaylik.
“Mehnat” so’zining inglizcha “labour” tarjimasi yigirmaga yaqin ma’noni
anglatadi. Masalan, mehnat, ish, ishchilar sinfi, xodimlar, ishchilar, ishchi kuchi
leborislar partiyasi, ortiqcha zo’r berish, to’g’ish azoblari, mehnat maxsuloti yoki
natijasi, leborislarga oid mehnat qilmoq, ishlamoq, zo’r bermoq, xarakat qilmoq,
ishlov bermoq (yerga) va boshqalar.
|