Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’minlanganligi tahlili




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana29.06.2024
Hajmi0,5 Mb.
#266180
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
.Mehnat unumdorligi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar kurs ishi

Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’minlanganligi tahlili 
 
Iqtisodiyotni yangilash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining kerakli 
mehnat unumdorligi bilan yetarli darajada ta’minlanlanishi, ulardan oqilona 
foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi mahsulot hajmining 
ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga 
egadir. Xususan barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbobuskunalar, 
mashinalar, mehanizimlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida 
mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar 
korxonalarning mehnat unumdorligi bilan ta’min etilganligiga va ulardan samarali 
foydalanishga bog’liqdir. 
Mehnat resurslar ta’minlanlanganligini tahlil etish asosiy vazifalari 
quyidagilardir:


21 
 

korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining umuman shuningdek toifalar va 
kasblar bo’yicha mehnat unumdorligi bilan ta’min etilganligini o’rganish va unga 
baho berish; 

mahsulotga sarflanadigan mehnat hajmini kamaytirish va mehnat 
unumdorligini oshirish sohasidagi reja topshiriqlarining asoslanganligi chuqur 
tekshirish; 

tashkiliy-texnik tadbirlar samaradorligini to’g’ri hisoblanganini, uning mehnat 
normalarida to’g’ri aks etganini va haqiqatda erishgan samaradorlikning hisob kitob 
samaradorligidan chetga chiqish sabablarini aniqlash; 

mehnatni tashkil etish ahvoliga va uning darajasiga baho berish, albatta ish 
vaqtidan foydalanish ko’rsatkichlarini ajratib ko’rsatish, qo’l mehnati birinchi 
navbatda jismoniy mehnat qisqarganligini qayd qilish, ish o’rinlari attestasiya 
qilinganligi, mehantni tashkil etish brigada shakliga baho berish;
 

ishlab chiqarishning shaxsiy omildan foydalanishni yaxshilash sohasidagi ishlar 
samaradorligiga baho berish, mehnat potensiali hajmi va tarkibini, mehnatni 
rag’batlantirish va sog’lomlashtirish tizimini jamoadagi psixologik vaziyat tahlil 
etish; 

jadal, joriy va istiqbolni ko’zlab rejalashtirish va boshqaruvga doir qarorlar 
qabul qilish uchun zarur materiallar to’plash; 

kadrlar kurimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish; 

mehnat unumdorligi zahiralarini naiqlash ulardan yanada to’laroq va 
samaraliroq foydalanish 
Tahlil uchun axborot manbalari sifatida mehnat rejasi. mehnat bo’yicha hisobot 
statistik hisobotlari, tabel asosida hisobga olish va kadrlar bo’limi ma’lumotlari 
xizmat qiladi. 
Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida 
xodimlarning bilim darajasi, yuqori kasbiy ko‘nikmalari va ish tajribalarini oshirish 
maqsadida korxonada doimiy ravishda xodimlarni turli malaka oshirish kurslari 


22 
 
o‘qitish, ularni kasbiy mahoratlarini oshirish ishlari uzluksiz ravishda amalga oshirib 
kelinmoqda. 
Korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi rejani bajarilishi va 
dinamikasini tahlil qilganda, shunday ko‘rsatkichlardan, chunonchi oliy, o‘rta 
maxsus o‘quv yurtlarida, korxonadagi ishchi kadrlar tayyorlash tizimida ta’lim 
olayotgan, o‘z malakasini oshiriyotgan xodimlar soni va foizi malakali mehnat bilan 
band bo‘lgan xodimlar foizi va hokazo ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Ijtimoiy malakaga 
doir ko‘rsatkichlar ishdan ozod bo‘lib qolgan xodimlar malakasini o‘zgartirish va 
ishga joylashtirishni tashkil etishni ham aks ettirmog‘i lozim. 
Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’minlanganligi tahlili ma’lum usul 
asosida amalga oshiriladi. Usul umuman olganda muayyan ishni bajarish uslubini 
bildiradi, u turli yo’llar va zarur texnik vositalar majmuasini o’z ichiga oladi. 
Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’minlaganligini tahlil etishga tadbiq 
etganda, usul deganda korxona tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish sohasidagi 
faoliyatga baho berish yo’li tushuniladi, bunda muayyan tashkiliy-texnikaviy 
sharoitdagi mazkur mehnat potensiali mavjud bo’ladi. 
Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’minlanishi toifalar va kasblar 
bo’yicha xodimlaming haqiqiy sonini reja ehtiyojlari bilan taqqoslash asosida 
aniqlanadi. Korxonaning eng muhim kasblardagi kadrlar bilan ta’min etilishi tahlil 
qilishga alohida e’tibor beriladi. Mehnat resursslari sifat tarkibini malaka bo’yicha 
tahlil qilish ham zarur. 
Agar ishchilarning haqqiqiy o’rtacha tarif razryadi ishlarning rejalashtirilgan va 
o’rtacha tarif razryadidan past bo’lsa, uholda bu sifat pastroq mahsulotni ishlab 
chiqarishga olib kelishi mumkin. agar ishchilarning o’rtacha razryadi ishlarning 
o’rtacha turif razryadlaridan yuqori bo’lsa, bunday holda ishchilardan kam malaka 
talab qilinadigan ishlarda foydalanilgani uchun ularga qo’shimcha haq to’lash zarur 
bo’ladi.
Ma’muriy-boshqaruv personalini har bir xodimning haqiqiy ma’lumot darajasi 
uning egallab turgan lavozimiga mos kelishi nuqtai nazaridan tekshirish va kadrlar 


23 
 
tanlash ularni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq masalalami o’rganib 
chiqish zarur. 
Xodimlaming malaka darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga, ish stajiga, 
ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. Shu sababli tahlil jarayonida ishchilarning 
yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar o’rganiladi. Bu o’zgarish ish 
kuchining harakati natijasida sodir bo’lishi sababli, bu masalaga tahlil jarayonida 
katta e’tibor beriladi. 
Xodimlaming bo’shab ketishi sabablarini (o’z ixtiyori bilan, kadrlar qisqarishi, 
mehnat intizomini buzganligi uchun va h.q.) o’rganish zarur. 
Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’min etilganligini tahlil etishni 
korxonani ijtimoiy rivojlantirish rejasining bajarilishining o’rganish bilan 
mustahkam bog’liq ravishda qo’yidagi ko’rsatkichlar guruhlari bo’yicha amalga 
oshirish kerak:

xodimlar malakasini oshirish; 

xodimlaming mehnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini mustahkamlash; 

ijtimoiy-madaniy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash; 

mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy himoya qilinishi. 
Xodimlarning ijtimoiy himoya qilish masalalari bankrotlik yoqasida turgan 
korxonalar uchun ayniqsa dolzarbdir. Bularga ish o’rinlarini saqlash, xodimlaring 
ommaviy ravishda bo’shatib yuborilishiga yo’l qo’ymaslik, bo’shatib yuborilgan
lekin tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni xohlaydigan xodimlarga moliyaviy 
yordam ko’rsatish, pensiya yoshi arafasidagi xodimlarni muddatidan oldin 
pensiyaga chiqarish, ish haqining ortishini vaqtincha chegaralash, to’liq bo’lmagan 
ish kuniga va haftasiga o’tish chora-tadbirlari kiradi, bulardan maqsad xodimlar 
sonini saqlab qolishdan iboratdir. Nochor korxonalarning tanglikka uchrashi 
ijtimoiy oqibatlarini yumshatish choralaridan biri bo’shatilayotgan xodimlarga 


24 
 
boshqa bir-biriga yaqin kasblar bo’yicha bo’sh o’rinlarga ishga joylashishda 
yordamlashishi, bunda kasbini o’zgartirish imkonini berishdir. 

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korxonaning mehnat unumdorligi bilan ta’minlanganligi tahlili

Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish