|
Zamonaviy Menejment
|
Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 1,78 Mb. | | #104491 |
Bog'liq Karimjonov Kamron Menejment Karimjonov Kamron Zamonaviy Menejer va Yetakchi - Menejer va yetakchi haqida so’z yuritar ekanmiz, albatta, birinchi navbatda ularning bir birlaridan farqlarini aytib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Menejer birinchi navbatda buyruq beradi, aniq hisob kitob qilingan narsalarga tayanib ish faoliyatini boshqaradi. Menejerlar ish faoliyatida qo’l ostidagi xodimlarni ishontira olishi, qat’iy va aniq qarorlarni qabul qilishi, shu bilan birgalikda xodimlarni nazorat qilishi ham ularni bilan aloqani meyorda saqlash o’ta muhim ahamiyatga egadir. Menejer aniq maqsadlar va ko’rsatmalar bo’yicha ishlaydi va xodimlar harakalarini qo’llab quvvatlaydi
Yetakchi ko’pincha rahbar bo’ladi, ammo uning faolioyati odatda menejerdan yetarlicha farq qiladi. Yetakchi birinchi navbatda ilhomlantiradi, shaxsiy maqsadlari bo’yicha ishlaydi, odamlarga suyanadi,yetakchi faoliyatida hissiyotlarga tayanadi va ishonadi, boshqalarni bir faoliyat yuritishga chaqiradi va albatta, da’vat qiladi. Xodimlarga nisbatan iliq aloqa va munosabatlardan foydalanadi o’z faoliyatida g’ayrat bilan ish yuritadi.
● Yuqori Menejer ● Õrta Menejer ● Quyi Menejer Yuqori Menejer - Katta menejerlar. Eng kichik kategoriya. Ular tashkilot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, uning uchun ayniqsa muhim bo'lgan qarorlarni qabul qilish uchun javobgardir. Top-menejerlarga quyidagilar kiradi: kompaniya prezidenti, vazir, rektor va boshqalar. Katta menejerning ishi juda mas'uliyatli, chunki ish ko'lami katta va faoliyat sur'ati shiddatli. Ularning ishi asosan aqliy faoliyatdir. Ular doimo boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari kerak
Õrta Darajadagi Menejerlar
O'rta darajadagi menejer ko'pincha tashkilot ichidagi katta bo'lim yoki bo'limni boshqaradi. Uning ishining tabiati butun tashkilotga qaraganda ko'proq bo'linma ishining mazmuni bilan belgilanadi. Masalan, sanoat firmasida ishlab chiqarish menejerining faoliyati asosan soha rahbarlarining ishini muvofiqlashtirish va yo'naltirish, mehnat unumdorligi ma'lumotlarini tahlil qilish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqish uchun muhandis bilan hamkorlik qilishni o'z ichiga oladi. Xuddi shu firmaning tashqi aloqalar bo'limi boshlig'i ko'p vaqtini qog'ozlarni tayyorlash, o'qish, suhbatlashish va suhbatlashish, turli qo'mitalar bilan uchrashish bilan o'tkazadi.
Quyi Poğonadagi Menejerlar - Eng katta toifa. Ular ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishi, resurslardan (xom ashyo, asbob-uskunalar, xodimlar) foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Kichik boshliqlarga usta, laboratoriya mudiri va boshqalar kiradi. Pastki darajadagi menejerning ishi eng xilma-xil bo'lib, bir faoliyat turidan boshqasiga tez-tez o'tish bilan tavsiflanadi. Pastki bo'g'in menejerlarining mas'uliyat darajasi unchalik yuqori emas, ba'zida ishda jismoniy mehnatning sezilarli ulushi mavjud.
Zamonaviy Tashkilotni Boshqarish
Tizimi Talablari
● Yuqori egiluvchanlikka ega bõlish;
● Ishlab chiqarishning mehnatni nazorat qilish ,
tashkil etish va taqsimlashning tegishli
shaklllarini talab qiluvchi texnologiyasiga
õxshash bõlish;
● Tashkilotni boshqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash;
● Tashkilotning rivojlanishiga ko’maklashish;
● Fan va ilğor amaliyot yutuqlarini tadbiq etilishini ta’minlash;
● Õzini õzi tartibga solish xususiyatiga ega bolish;
Menejer Qancha Maosh Oladi ?
Xoʻsh , endi daromadi sizga qiziqmi ?
Bosh Menejerlar oʻrtacha 122,000 $ ish haqi oladilar. Eng yaxshilari 208,000 $ va undan koʻproq daromad oladilar , boʻlmagan taqdirda 44,000 $ maosh olishadi ( Rivojlangan davlatlarda).
Oʻzbekiston sharoitini taxlil qilsak albatta oylik maoshi menejer va kompaniyaning mavqeyi asosida belgilanadi. Eng kamida oylik maosh 500$ dan , top kompaniyalar esa 4,500 $ dan 15,000 $ gacha ham taklif qilishlari mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Karimjonov Kamron ( Mediamenejment 39/23)
|
| |