|
Iqtisodiyotda mehnat resurslari
|
Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 53,65 Kb. | | #229563 |
Bog'liq Презентация Microsoft PowerPoint DO’LANBOYEVA ANORA Reja: - Mehnat taqsimoti.
- Mehnatni bo‘lishining ustunliklari.
- Mehnatning bo‘linishining kamchiliklari.
MEHNAT TAQSIMOTI - Odamlar qadim zamonlardan beri turli xildagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelganlar. Bir xil kishilar bug‘doy va sholi yetishtirsalar, boshqalari chorva mollarining podalarini boqqanlar, uchinchilari kiyimkechak va poyabzal tikkanlar, qilichlar yasaganlar, turar joylar qurganlar. Bunday mehnat faoliyati jarayonida har kuni bir xil ish bilan shug‘ullanuvchi odam o‘z kasbini ustasi professionalga aylangan va doimiy ravishda mahoratini sayqallab borgan. Mahsulotni tayyorlashda ma’lum bir sirlarni bilish va asboblarning alohida to‘plamiga ega bo‘lish ustani mutahassis qilgan, uning mahsulotiga esa talab katta bo‘lib, yuqori sifatliligi va nisbatan arzon narxi bilan ajralib turgan. Faoliyatning har xil turlari vositasida mehnatning bo‘linishi taqsimoti ro‘y berdi. Ammo bir juft poyabzalni tikish uchun ustaga teri, iplar, maxsus asboblar to‘plami zarur bo‘ladi. Terini terichi tayyorlagan, ipni boshqa usta eshgan, asboblarni temirchi yasagan. Shunday qilib, bir juft poyabzalni ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir kasb ko‘nikmalari yoki kasblarga ega bo‘lgan to‘rtta usta qatnashar edi.
MEHNAT TAQSIMOTI - Hozirgi zamon ishlab chiqarishning o‘ziga xos muhim xususiyati mehnatining bo‘linishi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonini ixtisoslashtirilgan topshiriqlari (amallar)ning katta miqdoriga maydalash, bo‘lishdir. Har bir ishchi bu amallarning biri uchun javob beradi va uni butun ish vaqti davomida bajaradi. Shunday qilib, ko‘pchilik tarmoqlarda tayyor tovar yuzlab mutahassislar harakatining natijasidir.
- Ko‘pchilik tarmoqlarda har bir ishchi konveyerda harakat qilayotgan obyektga bitta detal o‘rnatadigan yig‘ish liniyalari ishlatiladi. Bunday tizimni, odatda, ommaviy ishlab chiqarish deb ataydilar.
Mehnatni bo’lishining ustunliklari - Mehnatning bo‘linishi ma’lum qobiliyat va qiziqishlarga mos keluvchi ish topish imkoniyatini yengillashtiradi.
- «Ish ustadan qo‘rqadi» har bir ishchi o‘z diqqatini bir nechta nisbatan soddaroq bo‘lgan harakatda jamlaydi, unda bu harakatlarni tez va mahorat bilan bajarish qobiliyatlari shakllanadi.
- Ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishda mahsulot sherigiga (konveyerda) «o‘tadi»; biror daqiqa ishchining harakati uchun bekorga sarflanmaydi.
- Mehnatning bo‘linishida, to‘g‘ri mehnat turli mayda amallarga bo‘linganda, har bir ishchiga u doimiy foydalanadigan asboblarning bitta to‘plami kerak bo‘ladi xolos.
- Mehnatning bo‘linishi ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash imkoniyatini beradi.
- Mehnatning bo‘linishini asta-sekin yoyilishi unumdorlikning o‘sishiga olib keladi.
- Ishning bir xilligi va ishdan qoniqmaslik – ishchining ommaviy ishlab chiqarishdagi yuqoriroq daromad va qisqaroq ish haftasi uchun to‘laydigan haqi.
- Ixtisoslashtirish mahoratning yo‘qolishiga olib keladi. Ishchi qoniqish va g‘urur bilan «Buni men qildim» deb aytish imkonidan mahrumdir. Boshqa tomondan esa ishlab chiqarishning zamonaviy usullari yangi bilimlar va ko‘nikmalar talab qiladi.
- Bu tizim bir xil mahsulotlarning katta miqdorini ishlab chiqarishda, ya’ni mahsulotni standartlashtirishda nihoyatda samaralidir. Mehnatning bo‘linishi tovarlarning va xizmatlarning turli xilligining yo‘qligi sababchisidir. Biroq biz boshqa asos, sababni ham keltirishimiz mumkin: biz avtomobil va televizorni, xolodilnikni ular ommaviy ishlab chiqarish tovarlari va demak, arzon bo‘lganligi uchun ham sotib olishimiz mumkin.
Mehnatni bo’lishining ustunliklari - Ishchi mutahassislar bajargan ishlar ko‘pchilik holatlarda bu tarmoq uchun o‘ziga xos (spetsifik) bo‘ladi. Agar bunday ishchilar ishsiz qolishsa, ular o‘z tajribalarini boshqa tarmoqlarda qo‘llashlari qiyin bo‘ladi.
- Ixtisoslashtirish shunga olib keladiki, biz bir-birimizga bog‘liq bo‘lib qola boshlaymiz. Bunday o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiyotning bir sektorida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar boshqa sektorlarga ham ta’sir qilishini bildiradi.
- Mehnatni bo‘linishi ko‘lamlari. Mehnatning bo‘linishi tamoyili iqtisodiy faoliyatning hamma darajalarida ishlatiladi. Bular:
- - Tarmoq darajasidagi ixtisoslashish.
- - Firma darajasida ixtisoslashish.
- - Ishchilarning ixtisoslashishi.
- - Mintaqa darajasida ixtisoslashish.
- - Xalqaro ixtisoslashish.
Mehnatni bo’lishining ustunliklari - Mehnatning bo‘linishi va bozorning hajmi. Ommaviy ishlab chiqarish faqat ommaviy talab bo‘lgandagina o‘zini oqlaydi. Mehnatning bo‘linishi tamoyili har haftada minglab bir xil tovarlarni sotishga qobil bo‘lgan sanoat tarmoqlaridagina keng tarqalgan. Agar bozorning hajmi nisbatan kichik bo‘lsa, firma mehnatni taqsimlash (bo‘lish) tamoyilini keng qo‘llay olmaydi.
- Tovar ishlab chiqarishda ixtisoslashtirishning miqyosi bu tovar bozorining hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
|
| |