|
Internet tarixi
|
bet | 1/2 | Sana | 01.07.2024 | Hajmi | 22,58 Kb. | | #266326 |
Bog'liq 10-mavzu
Internet tarixi.
Internet bu XX asrda kashf etilgan telekommunitsion va kompyuter tarmoqlar majmuidir. Uning tarixi 1960 yillaridagi Karib majorasidan so’ng, AQSHning ilmiy markazlaridan biri bo’lgan RAND CORPARATION korxonasi birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmangan kompyuter tarmog’ini yaratishni taqlif qilgandan boshlanadi. Bu loyihani amalaga oshirishdan Maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o’quv markazlari kompyuterlarni bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli xujumiga ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqkan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan tizimni yaratish edi. Bunday tizimni tarmoqlar soni ko’p bo’lgandagina amalga oshirish mumkin edi. Shunday qilib Internetga asos solindi.
1964-yili 4 tarmoqdan iborat AQSH ning eng nufo’zli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog’i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylanadi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o’zi katta muvaffaqiyat edi. 70-yillarda tarmoq ancha o’sdi. Endi tarmoqning to’zilishi O’nga xoxlagan kompyuterlarni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974-yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli to’zildi va tarmoqning rivojlanishiga to’rtki bo’ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo’ldi. 1983-yilda ARPANET-INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan bog’langan kompyuterlar va tarmoqlar to’plamidan iborat tizimsiga aylandi.
1980-yillar INTERNETning keskin o’sish davri bo’ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog’i bilan bog’lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog’iga ulanishga rozi bo’lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning kushilishi hisobiga bo’ldi. NSFNET - AQSHning ilmiy-tadqiqot institutlarini, korporatsiya va xukumat idoralarini birlashtiruvchi tarmog. (1980 yil) EUNET (Europe Union Network) - Yevropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP hamda TCP/IP da ishlaydigan mashinalari tarmog’i. Markazi Amsterdam shaxrida. (1982 yil)
|
| |