Yadro nurlanishi detektorlari yadro nurlanishlarini kuzatish va qayd qilish uchun moʻljallangan asboblar




Download 9.35 Kb.
Sana11.06.2023
Hajmi9.35 Kb.
#71892
Bog'liq
kurs ishi rabochi
2 tashabbus xisobot, 1, docs-python-telegram-bot-org-en-latest, BEGMATOV, 24-Mavzu Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi, reyting-daftar-360201100346 (2), SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA, 1-Biznesda-moliyaviy-menejment, Tolqinjonov Komiljon Chorvachilik, 6-y-Moliyaviy-tahlil-2-Oquv-qollanma-M-Raximov-T2003, ed, 1e88c66b63791d32a87335d9a039a695 YADRO VA ELEMENTAR ZARRALAR FIZIKASI FANINING O‘QUV-U SLUBIY I (oxirgi variant) , 126213, 154-6-86-Q 23 (1)

Yadro nurlanishi detektorlari — yadro nurlanishlarini kuzatish va qayd qilish uchun moʻljallangan asboblar. Ularga ssintillyatsiyaviy va ionizatsiyaviy hisoblagichlar, Vilson kamerasi, pufak kamera, yarimoʻtkazgich detektorlar, qalin qatlami fotoemultsiya va boshqalar kiradi.

Yadro nurlanishlari modda orqali oʻtganda ular qoldiradigan iz (trek) laridan foydalanib ularni oʻrganish mumkin. Xususan, Vilson kamerasi, pufak kamera va fotoemulsiyaning qalin qatlamidan nurlanish zarralari oʻtganda shunday izlar kuzatiladi. Izlarning qandayligi — uzun yoki qisqaligi, yoʻgʻon yoki ingichkaligi, magnit maydonida ogʻishi va h.k. zarra zaryadining ishorasini, energiyasi, impulsi va boshqalar fizik kattaliklarni baholashga imkon beradi.

Zaryadli zarralar oʻz yoʻlida uchragan molekulalarni ionlashtiradi. Ionizatsiyaviy hisoblagichlarda gaz bilan toʻldirilgan hajmga uchib kirgan zaryadli zarra gaz molekulalari bilan toʻqnashib, ion va elektronlardan iborat iz qoldiradi — zanjirda tok hosil boʻladi. Tokning kattaligidan kamera hajmidan oʻtayotgan zarralar haqida fikr yuritish mumkin.

Ssintillyatsiyaviy hisoblapLlarda lyuminessensiyalanuvchi sirtga tushuvchi zarralar taʼsirida yorugʻlik chaqnashlari (ssintillyatorlar) vujudga keladi, moddadan fotonlar chiqadi. Bunday yorugʻlik chaqnashlarini fotokoʻpaytirgich qayd qiladi.

Neytral zarralar iz qoldirmaydi, lekin ular yemirilib zaryadli zarralar hosil qilish paytida yoki biror yadro bilan toʻqnashish paytida seziladi. Demak, neytral zarralar ham oʻzlari hosil qilgan zaryadli zarralarning ionlashtirish taʼsiri orqali qayd qilinadi.

Yadro tajribalari impuls kuchaytirgichlar, mos tushish sxemalari, vaqtincha toʻxtatib turish sxemalariga ulangan detektorlar yordamida amalga oshiriladi.

YAdroviy nurlanishlar. YAdroviy nurlanishlarni qayd qilish. Tezlatgichlar
Radioaktiv moddalarning nurlanish barcha tirik organizmlarga kuchli ko’rsatadi. Nurlanishning biologik ob’ektlarni nobud qiluvchi ta’sirining mohiyati hali yetarlicha o’rganilmagan.

Tirik organizmlarga nurlanishning ta’siri nurlanish dozasi ( yutilgan doza ) bilan xarakterlanadi. XBS da yutilgan nurlanish dozasi grey ( Gr ) birligida o’lchanadi. Bu birlikdan tashqari XBS ga kirmaydigan rad birligida ham o’lchanadi. Radiatsion muhofaza bo’yicha xalqaro komissiya nurlanishlar bilan ishlovchi kishilar uchun mumkin bo’lgan chegaraviy doza deb 0.05 Gr ni belgilangan. Qisqa muddat ichida olingan 3-10 Gr nurlanish dozasi o’limgacha olib boradi.


Harqanday radiatsiya manbai bilan ishlashda nurlanishning ta’sir doirasiga tushishi mumkin bo’lgan barcha kishilarni radiatsiyadan muhofaza qilish tadbirlarini ko’rish zarur.
Nurlanish dozasini dozimetr deb ataluvchi asboblarda o’lchanadi. U yadroviy zarralarni qayd qiluvchi asbobdir.
Muhit orqali o’tgan zarralar energiyasini ularni o’lchash va qayd qilish uchun qulay bo’lgan boshqa turdagi energiyaga aylantirib beruvchi qurilmalarga elementar zaralarni kuzatish va qayd qilish qurilmalari deyiladi.
Zarra muhit orqali o’tganda ro’y berishi mumkin bo’lgan jarayonlar turiga qarab detektorlar ionizatsion, radiolyuminessent, kimyoviy, zaryadli, radionuqsonli detektorlarga bo’linadi. Bulardan tashqari ionizatsion kamera, proporsional sanagich, Geyger-Myuller sanagichi, yarim o’tkazgichli detektorlar, Vilson kamerasi, pufakli kameralarda va qalin qatlamli fotoemulsiya usullari bilan ham zarralar va yadrolar orasida kuzatiladigan ajoyib rreaksiyalarni ham kuzatish mumkin.
Atom yadrosining ichki xossalarini o’rganishning yagona yo’li, bu yadroning elementar zarralar va elementar bo’lmagan zaralar bilan to’qnashuvini kuzatishdan iborat. Bunda zarralar katta kinetik energiyalarga ega bo’lishlari zarur. Bunday energiyali zaralar radioaktiv yemirilish vaqtida hosil bo’lmaydi. SHuning uchun bunday energiyali zarralar oqimini hosil qilish uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Juda katta energiyali zarrachalarni yuzaga keltiruvchi qurilmalarga tezlatgichlar deyiladi. Har qanday tezlatgich – tezlatilayotgan zarrralar manbaidan, tezlatuvchi kamera va tezlatilgan zarralar yo’naltiriladigan nishondan iborat bo’ladi.
Download 9.35 Kb.




Download 9.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yadro nurlanishi detektorlari yadro nurlanishlarini kuzatish va qayd qilish uchun moʻljallangan asboblar

Download 9.35 Kb.