• Rostlash qonunlari
  • 12-ma’ruza: Rostlagichlarni tahlil qilish. Reja




    Download 11,18 Kb.
    bet1/4
    Sana23.01.2024
    Hajmi11,18 Kb.
    #143750
      1   2   3   4
    Bog'liq
    12-ma’ruza Rostlagichlarni tahlil qilish. Reja-fayllar.org


    12-ma’ruza: Rostlagichlarni tahlil qilish. Reja




    12-ma’ruza: Rostlagichlarni tahlil qilish. 
    Reja: 
    1. Rostlash qonunlari.
    2. Uzluksiz ishlovchi rostlagichlar: proporsional, proporsional-integral, proporsional-
    integral-differensial va ularning dinamik tavsifi.
    3. Avtomatik rostlash tizimining (ART) tahlili.
    4. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar.
    5. Jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar.
    Rostlash qonunlari 

    Rostlagichlar asosan ketma - ket solishtirish, kuchaygirish va ijrochi elementlardan


    iborat. Taqqoslash (ko‘prik, potensiometr), signal kuchaytirish (elektron signal
    kuchaytirshch) elementlari inersiyasiz bo‘g‘in, ijrochi elementlar (elektro, gidro,
    pnevmomotorlar, servomotor) esa integrallovchi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lgan
    rostlagichlarning tarkibiy sxemasini ko‘rib chiqamiz (9.1-rasm)
    9 .1-rasm. Rostlagichlarning tarkibiy sxemasi
    - o‘lchash va taqqoslash elementining uzatish funksiyasi;
    -elektron signal
    kuchaytirgichning uzatish funksiyasi; U/G„r-servomotorning uzatish funksiyasi Bu
    tizimning ekvivalent uzatish funksiyasi:
    rostlagichni integrallovchi bo‘g‘in tipiga kirishini ko‘rsatadi. APT da ko‘pincha P, PI,
    PID bo‘g‘inlar qo‘llaniladi. Ularni hosil qilish uchun bu sxemaning alohida
    elementlariga teskari bog’lanish zanjiri kiritish va unga tarkibiy o‘zgarishlarini
    vujudga keltirish yo‘li bilan bajariladi. P- proporsional bo‘g‘in qonuni bo’yicha
    ishlaydigan rostlagich sxemasini tuzish uchun sxemadagi ijrochi mexanizmning
    proporsional bo‘g‘in orqali qayta bog‘lanysh zanjirini tuzish kerak (9.2-rasm).
    9.2-rasm. Qayta boglanish zanjiri sxemasi
    Bu yerda tizimning ekvivalent uzatish funksiyasi:
    qayta boglanish zanjirining uzatish koeffitsenti.



    PI rostlagichining sxemasini tuzish uchun elektron kuchaytirgich elementa:


    bilan inersion bo‘g‘in
    dan tuzilgan manfiy ishorali teskari bog‘lanishli yopiq
    zanjirdan foydalaniladi.(9.3-rasm)
    Avtomatik rostlagichlar tuzilishi bo’yicha namunaviy bo‘g‘inlardan tashkil topadi
    va o‘zining rostlash funksiyasini ana shu bo‘g‘inlarning ishlash qonunlariga muvofiq
    bajaradi. Bu qonunlar rostlagichning rostlash qonuni deyiladi. Bu qonunlar asosan
    rostlagichdan chiquvchi signal (rostlanuvchi kattalikning og‘ishi) orasidagi bog’lanishni
    ifodalaydi:
    Bu yerda birinchi ko‘shiluvchi
    chetga chiqishlar bo’yicha rostlashga,
    kattaliklari tashqi ta’sirlar bo‘yicha rostlashga mos keladi.
    Uzluksiz rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’yektga uzluksiz ta’sir
    qo‘rsatib turadi.
    Uzlukli (pozitsion) rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’yektga
    belgilangan vaqt oraliqlarida yoki rostlanuvchi kattalikning qiymati ma’lum bir
    qiymatga etganda diskret ta’sir ko‘rsatadi.
    Rostlovchi organning surilishi uchun zarur bo‘lgan energiya manbaiga muvofik
    rostlagichlar rostlovchi organga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlar
    turlariga bo‘linadi.
    Bevosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur
    bo‘ladigan energiya manbai ob’yektning o‘zida mavjud bo‘ladi.
    Bilvosita ta’sir qiladigan rostlagichlarda rostlovchi organni surish uchun zarur
    energiya tashqi manbadan olinadi. Bunday rostlagichlar tashqi manba energiyasining
    turiga qarab elektr, pnevmo, gidrorostlagichlar deyiladi.
    Kirish signali rostlanuvchi ob’yektdan o‘tish vaqtida deformatsiya va kechikishga
    duch keladi. Chiqish kattaligi kirish signaliga nisbatan amplituda bo‘yicha kamayib,
    faza bo‘yicha kechikadi. Bu hodisalarni yo‘q otish uchun rostlanuvchi ob’yekt avtomat
    rostlagich bilan ta’minlanadi. Avtomat rostlagich chiqish signali amplitudasini oshirib,
    faza bo’yicha ilgarilashini ta’minlaydi.
    O‘tish jarayonining sifati rostlanuvchi ob’yekt va rostlagich tavsifnomalariga bog’liq.
    Rostlagich sozlanishining o‘zgarmas kattaliklarida boshqaruvchi yoki rostlovchi ta’sir
    va rostlanuvchi kattalik o‘rtasidagi bog’lanish rostlash qonuni deyiladi.
    Avtomatik rostlagichlar diskret impul’sli yoki uzluksiz harakatli bo‘ladi. Uzluksiz
    harakatli rostlagichlar tarkibiga P, I va ularning kombinatsiyalari bo‘lgan 1SH, PD, PID
    qonunlari kiradi.
    Qishloq xo‘jalik avtomatikasida
    -qonunlari keng qo‘llaniladi.



    Download 11,18 Kb.
      1   2   3   4




    Download 11,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-ma’ruza: Rostlagichlarni tahlil qilish. Reja

    Download 11,18 Kb.