• Uzlukli ishlovchi
  • 8-Ma’ruza Mavzu: Avtomatika rostlagichlar Reja: Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. Proporsional rostlagichlar




    Download 1.11 Mb.
    bet1/5
    Sana06.12.2023
    Hajmi1.11 Mb.
    #112415
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    8-Ma’ruza
    Yuqori abaro\'tli elktro dvigatellar, 17-bob, Bedbud0898 1998, Javohir Teri kasaliklari., \'”Αsimliklarning mineral oziqlanishi Mineral elementlarning fiziologik, 93254, sherzod test, Erkli sinash, ilyosbek, mat statistika, O\'GILOY AKT, 1-босқич элэктр лабаратория, Kadirov Odiljon Salomjonovich, N. mahmudov, A. Rafiyev, Elektr va texnika xavfsizligi

    8-Ma’ruza
    Mavzu: Avtomatika rostlagichlar
    Reja:
    1.Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari.
    2. Proporsional rostlagichlar
    3. Integral rostlagichlar.
    4.Proporsional-differinsial rostlagichlar.

    Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayonlarni


    avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish
    usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga
    ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
    Rostlanuvchi miqdorning turiga ko’ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi:
    bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita va
    bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi
    organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning o’zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo’shimcha energiya kerak bo’lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko’ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo’linadi.
    Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi
    miqdorning o’zgarishi va rostlovchi ta’sir o’rtasidagi bog’lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan
    ish tavsifnomasiga ko’ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir
    etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom)
    bo’ladi.Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo’linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bo’yicha avvaldan ma’lum bo’lgan programma (qonun) bo’yicha o’zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofiq tuzilgan bo’ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bo’yicha o’zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o’zgarishiga mos bo’ladi.


    Download 1.11 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-Ma’ruza Mavzu: Avtomatika rostlagichlar Reja: Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. Proporsional rostlagichlar

    Download 1.11 Mb.