|
Reja: Avtomatik rostlagich
|
bet | 1/2 | Sana | 13.05.2023 | Hajmi | 50.95 Kb. | | #59159 |
Bog'liq abn2 1 kurs ishoi
Mavzu:Rostlagichlar haqida malumot
Reja:
1.Avtomatik rostlagich
2. Integral rostlagichlar
3. Rostlash qonunlarining klassifikasiyasi va regulyatorlar
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko’ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi: bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning o’zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo’shimcha energiya kerak bo’lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko’ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo’linadi.
Integral (astatik) rostlagichlar deb rostlanayotgan parametri topshirilgan
qiymatdan chetga chiqqanda rostlovchi organning rostlanuvchi parametr chetga
chiqishiga mutanosib tezlikda harakat qilishiga aytiladi. Astatik rostlagichlar
ishlatilganda rostlanuvchi parametrning muvozanat qiymati yukga bog‘liq emas va
statik xato nolga teng bo‘ladi. Agar rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatidan
chetga chiqsa astatik rostlagich rostlovchi organni rostlanuvchi kattalik qiymati
topshirilgan darajaga etguncha harakatga keltirib turadi.
O‘zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg‘un emas,
shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmayd
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning o’zgarishi va rostlovchi ta’sir o’rtasidagi bog’lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko’ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo’ladi. Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo’linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bo’yicha avvaldan ma’lum bo’lgan programma (qonun) bo’yicha o’zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofiq tuzilgan bo’ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bo’yicha o’zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o’zgarishiga mos bo’ladi. Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayenlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko`ra rostlagichlar qiyidagilarga bo`linadi: bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko`ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning uzi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo`shimcha energiya kerak bo`lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko`ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo`linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri jixatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo`ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning o`zgarishi va rostlovchi ta’sir urtasidagi bog’lanish (yeki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko`ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo`ladi.
Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo`linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yerdamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bo`yicha avvaldan ma’lum bo`lgan programma (qonun) bo`yicha o`zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofik tuzilgan bo`ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bo`yicha o`zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o`zgarishiga mos bo`ladi.
Rostlagichlar asosan ketma-ket solishtirish, kuchaytirish va ijrochi elementlardan iborat. Тaqqoslash (ko`prik, potensiometr), signal kuchaytirish (elektron signal kuchaytirgich) elementlari inersiyasiz bo`g’in, ijrochi elementlar (elektro-, gidro-, pnevmomotorlar, servomotor) esa integrallovchi bo`g’inlardan iborat bo`lgan rostlagichlarning tarkibiy sxemasini ko`rib chiqamiz (9.4-rasm).
|
| |