• Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari.
  • Uzlukli ishlovchi
  • Rеjа: Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. Proporsional rostlagichlar. Integral rostlagichlar. Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar Proporsional-differinsial rostlagichlar




    Download 8.74 Kb.
    bet1/3
    Sana19.04.2024
    Hajmi8.74 Kb.
    #201650
      1   2   3
    Bog'liq
    Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari-kompy.info
    ABDULLAYEVA TAXMINA BMI.docx, Kurs ishi mavzu O’zbekistonda dostonchilik sa’nati, Документ Microsoft Word, 1amaliy, amaliy 4, Kiber huquq kiber etika

    Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari

    Rеjа:

     


    • Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari.

    • Proporsional rostlagichlar.

    • Integral rostlagichlar.

    • Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar

    • Proporsional-differinsial rostlagichlar.

    • Gidravlik rostlagichlar.

         


    • Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari.

    • Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.

    • Rostlanuvchi miqdorning turiga ko’ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi: bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning o’zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo’shimcha energiya kerak bo’lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko’ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo’linadi.

    • Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning o’zgarishi va rostlovchi ta’sir o’rtasidagi bog’lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko’ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo’ladi. Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo’linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi.
      1   2   3




    Download 8.74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rеjа: Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. Proporsional rostlagichlar. Integral rostlagichlar. Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar Proporsional-differinsial rostlagichlar

    Download 8.74 Kb.