Paxta tozalash korxonalari haqida malumot. Paxtani qabul qilish bo’yicha umumiy malumot. Paxta tozalash jarayonida texnika havfsizligi




Download 31.14 Kb.
Sana31.05.2023
Hajmi31.14 Kb.
#67940
Bog'liq
Mavzu Paxta tozalash korxonalarining turlari
Суровнома ва таржимаи хол, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444, kerak, 1 - maruza. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari., Таржимаи хол, M T T da ahloqiy tarbiya vositalari, TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um, УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ФАН ВА ИННОВАЦИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ ТЕРМИЗ ИКТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС УНИВЕРСИТЕТИ, Chaqiruv qog`ozi-340191105477, A4.UZVIYLIK, A7.UZVIYLIK, M10.UZVIYLIK, 1-mavzuga, ayirish sistemasi

Mavzu Paxta tozalash korxonalarining turlari
Reja

  1. Paxta tozalash korxonalari haqida malumot.

  2. Paxtani qabul qilish bo’yicha umumiy malumot.

  3. Paxta tozalash jarayonida texnika havfsizligi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarida chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurati paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda eksport qilish bo‘yicha yagona kompleksni yaratish, paxta mahsulotlarining sifatini hamda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, respublikaning paxta tozalash korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28- noyabrdagi “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3408 sonli Qarori asosida amalga oshirilib borilmoqda.


Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda paxta tozalash korxonalarida mehnat muhofazasi, paxtani tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlov berishda havfsizlik texnikasi, sanoat ekologiyasi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha samarali ishlar bajarilmoqda.
Barcha korxonalarda bosqichma-bosqich, mukammal ta’mirlash davrida mehnatni muhofaza qilish va havfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilingan holda ishlar olib boriladi.
Bizning “Paxtani qabul qilish saqlash, g’aramlash jarayoni hamda uskunalarning xavfsizligini ta’minlash” fani ham paxta tozalash korxonalari texnologik jarayonida ishlayotgan uskunalarning ishlashi va ularning texnika xavfsizligi bilan tanishadilar. Ularni ishga tushirish va to‘xtatish texnika xavfsizliklarini o‘rganadilar. Ushbu o‘quv majmua talabalarning malaka ko‘nikmalarini oshirishga, ularda ishlab chiqarishdagi mehnat muhfazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi
Chigitli paxtani tayyorlash va uni saqlashda, uzluksiz texnologik jarayonlarda, sexlardagi xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keyingi jarayonga uzatishda korxona ichidagi chigitli paxtani bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda, og’ir va qo’l mehnatini ko’p talab qiladigan ishlarni mexanizasiyalovchi maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Og’ir va qo’l mehnatni ko’p talab qiladigan mexanizasiya vositalari ikki guruhga bo’linadi:
-xom-ashyoni tayyorlash punktlariga keltirish, ularni ombor va g’aram maydon lariga joylashtirish, tola va momiq toylarini transportirovka qilish, chigitni ortish maydonchasiga keltirish hamda mahsulotlarni temir yo’l vagonlariga yoki boshqa turdagi transportlarga ortish mexanizmari.
- asosiy va yordamchi sexlarda uzluksiz texnologik jarayonni ta’minlovchi vositalar, ya’ni paxtani qayta ishlashga uzatish, chigitni, paxta tolasini, momiqni bir texnologik jarayondan ikkinchisiga o’tqazish, xom-ashyo va mahsulotni texnologik mashinalarga taqsimlash va ulardan olib ketish vositalari;
Aslida qo’l mehnatini talab qiladigan ishlarni mexanizasiyalash har xil ko’rinishdagi transport qurilmalari yordamida bajariladi. Ular chigitli paxtani jamoa xo’jaliklari dalasidan tayyorlash punktlariga keltirish va uni punkt maydonida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishni ta’minlovchi avtotraktorli, mexanik (avtomobil tarozilar, lentali transporterlar, vintli konveyerlari, elevatorlar) va pnevmatik transport vositalariga bo’linadi.[5, 6]
Chigitli paxta xo’jaliklardan qop-qanorsiz transport vositalarida tayyorlov punktlariga tashib ketiladi. Bu ishlarda asosan 2PTS-4-793 va 2PTS-4-793 turdagi (1-rasm) traktorga tirkaladigan aravalaridan (telejka) foydalaniladi
G’o’za urug’lik chigitini saralash va kalibrlash ishlariga sochiq usulda transportlarda tashib keltiriladi. Saralangan va kalibrlangan urug’lik chigitlar dorilash hamda tuksizlantirish uchun maxsus bo’z va lyon-kanopdan to’qilgan qoplarda tashiladi. Tukli va tuksizlantirilgan urug’lik chigitlar tavsiya etilgan dorilagichlar bilan dorilangandan keyin albatta qog’oz qoplarga joylanib saqlanadi va paxta yetishtiruvchi xo’jaliklarga yetkazib beriladi.
Bu ishlar asosan xo’jaliklar va shu masalaga taalluqli korxonalar texnikalarida amalga oshiriladi.
Paxta mahsulotlari - tola, momiq toylangan holda, marka va to’dalari bilan temir yo’l vagonlarida tashiladi, boshqa chiqindilar (o’lik va kalta momiq aralashmalari) toylangan va sochiq usulda tashilishi mumkin.
Paxtani qayta ishlashdan olinadigan tayyor mahsulotlar va chiqindilarni ishlab chiqarish jarayonidagi sexlar ichida harakatlantirish va saqlanish joylariga yetkazib berilishi uzluksiz transport vositalari yordamida bajariladi.
3-rasmda PTK larning pnevmotransport qurilmasini joylashtirishning asosiy chizmasi keltirilgan pnevmotransport qurilmasining ish unumdorligi PTK ning quvvatiga qarab o’zgaradi. Bir qatorli (batareyali) PTK uchun u soatiga 12 tonna paxtani tashkil etadi. Transport quvuri magistral uchastka va ko’chma zvenolardan iborat. Magistral uchastka payvandlangan konstruksiyali 2-3 mm.li po’lat listdan tayyorlanadi. Quvur zvenolarining tutashish bo’g’inlari va tarmoqqa ulangan boshqa qurilmalar bo’g’inlari pnevmotransport qurilmasining germetikligini ta’minlashi kerak.
Pnevmatik tashish qurilmasi buzgich –ta’minlagich, 400 mm diametrli o’zgaruvchan uzunlikdagi ko’chma quvurlar uchastkasi (ishchi quvur), toshtutgich, separator (2), so’ruvchi quvur (3), ventilyator (4), havo uzatish quvuri (5), havo tozalagich siklondan (6) tashkil topgan. S7-25-12.8 ventilyatori, soatiga 15 tonna paxta uzatganda paxtani 400 mm diametrli quvuri bo’lgan pnevmoqurilma 125 m masofaga uzatilishi mumkin. Paxtani transport kuzovidan qabul qilish va uni g‘aramlar hamda omborlarga uzatishda, traktor tirkamalari kuzovidan paxtani qabul qilib olishda PLA, XPP-III rusumli va g‘aram yoki omborlarga uzatish uchun TLX-18, KLP-650 rusumli lentali konveyerlar (transportyorlar) qurilmalari ishlatiladi.
Yuqorida keltirilgan mexanizm va qurilmalarni to‘liq texnik soz holatda bo‘lgandagina ishlatishga yo‘l qo‘yiladi. Ularda ishlashga mashinalarni ishlatish qoidalari bo‘yicha maxsus o‘qitilgan ishchilarga ruxsat etiladi. Mexanizatsiya vositalarini ishlayotgan vaqtida boshqa joyga surish taqiqlanadi. Ularni faqat elektr manbaidan uzgandan so‘ng surish mumkin. Surilayotgan mexanizmlarni elektr manbaiga ulash yoki undan uzish ishlarini navbatchi elektrotexnik xodimlar bajarishi zarur.
Chigitli paxta tolasini chigitidan ajratish jarayonida uning iflos aralashmalarni tola sifatiga zarar qilmasligi uchun, ular quritish-tozalash va tozalash sexlari ichiga o’rnatilgan tozalash uskunalarida iflos avralashmalardan tozalanadi.
G’o’za ko’saklarining yetilish davrida barg va shoxchalar quriy boshlaydi, mo’rt bo’lib, oson sinib maydalanadi va ochilgan paxtaga qo’shilib, uni ifloslantiradi.
Chigitli paxtani qo’l bilan terganda uning ifloslanish darajasi asosan terimchining diqqatiga bog’liq bo’lsa, mashina bilan terishda esa g’o’za barglarini to’ktirish (defolyasiya) ishlarining o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishiga bog’liq bo’ladi.
Chigitli paxtada uchraydigan aralashmalar kelib chiqishi jihatidan organik va mineral jismlarga bo’linadi.
Organik jismlarga g’o’za tupining qismlari-barg, shoxchalar, chanoq pallalari, gul barglari va boshqa o’simlik qismlari (g’umay va boshqa begona o’tlar) kiradi.
Mineral qo’shilmalarga tosh, qum, tuproq, kesak va hakozolar kiradi.
Chigitli paxtada bo’ladigan iflos aralashmalar o’lchami jihatidan shartli ravishda ikki guruxga bo’linadi. Mayda aralashmalar guruhiga teshiklari 10 mm li to’rdan o’tadigan va yirik aralashmalar guruxiga (10 mm) to’rdan o’tmaydiganlari kiradi.
Iflos aralashmalar chigitli paxtaga ilashishi jihatidan passiv yoki inertli va aktiv xillarga bo’linadi. Passiv yoki inertli aralashmalar chigitli paxta pallalarining sirtida bo’lib, yengil silkitganda chigitli paxtadan oson ajraladi. Aktiv aralashmalarni chigitli paxtadan ajralishi qiyin bo’ladi. Aktiv aralashmalarni chigitli paxtadan ajratish uchun ularni avval passiv holatga keltirish kerak bo’ladi. Shuning uchun paxta tozalash uskunalarini tanlashda aralashmalarning xarakteriga va ularning chigitli paxtaga qanday yopishganligiga ahamiyat berish kerak.
Chigitli paxtadan har xil iflosliklarni ajratish uchun kerakli uskunalar turlarini tanlashda ularning fizika-mexanikaviy xususiyatlarini (o’lchamlari, kelib-chiqishi, paxtaga ilashish darajasi) nazarga olish katta ahamiyatga ega. Chigitli paxtani xas-cho’plardan tozalash mashinalari qoziqchali barabanlar seksiyasi va arrachali barabanli seksiyalaridan iborat bo’ladi. Mayda xas-cho’plar qoziqchali barabanlar seksiyasida, yirik aralashmalar esa arrachali barabanli seksiyalarda yaxshi tozalanadi.
Chigitli paxtani tozalash uskunalari ish unumdorligi va tozalash samaradorligi (chigitli paxtadan xas-cho’p, ulyuk va puch chigitlarni ajratish qobiliyati) bilan baholanadi (xarakterlanadi). Uskunaning tozalash samaradorligi uskunaga tushgan paxtadan ajratilgan aralashma massasining chigitli paxta massasiga nisbati bilan foiz hisobida aniqlanadi:

bunda: S1, S2- chigitli paxtaning tozalashdan oldin va tozalashdan keyingi ifloslik darajasi.
Uskunalarning tozalash samaradorligiga ularning ish unumdorligi, chigitli paxtaning namligi va iflosligi katta ta’sir qiladi. Uskunalarning ish unumdorligi ularning eng yuqori tozalash samaradorligiga moslab oshiriladi. Chigitli paxtaning namligi normal darajagacha kamaytirilganda tozalash samaradorligi ko’payib, iflos aralashmalarni chigitli paxtadan ajralishi osonlashadi. Namligi normal darajadan yuqori bo’lgan chigitli paxtani tozalaganda uskunalarning tozalash samaradorligi kamayishidan tashqari shu chigitli paxtanining tolasida qo’shimcha nuqsonlar ham ko’payadi. Buni ilmiy tekshirish instituti ma’lumotlaridan ko’rish mumkin.
4-jadval

Chigitli paxtaning

Namligi,

Iflosligi

Toladagi nuqsonlar,%

ishlanish shartlari

%

%

ifloslik,%

nuqsonlar,%

Quritishdan o’tkazilmagan

14,2

13,6

12,4

18,5

Quritishdan o’tkazilgan

10,1

13,3

6,3

12,5

Mayda iflosliklar chigitli paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi ajraladi, ularni ajratish uchun tozalash jarayonida chigitli paxtani elash yetarli deb hisoblanadi. Shu sababli chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun qoziqli-titkilash uskunalari ishlatiladi.
To’rli sirtlar (Rasm 25) po’lat simlardan to’qilgan, har xil shakldagi ko’zli yaxlit tunuka yoki turli shakldagi qobirg’alardan yasalgan bo’lishi mumkin.
Uskunaning tozalash samaradorligi qoziqli-titkilash barabani bilan to’rli sirtning bir-biriga nisbatan joylashishiga ham bog’liq bo’ladi. Ba’zi tozalagichlarning barabanlarida ikki qator qoziqchalar o’rnatilgandan keyin uchinchi qatorga yaxlit planka o’rnatilgani uchun bunday tozalagichlar qoziqchali-plankali deb ataladi. Qoziq plankali tozalagichlarning tozalash samaradorligi birmuncha yuqori bo’ladi, chunki bularda chigitli paxta qoziqchalar bilan titiladi, planka esa havo oqimini kuchaytirib, yaxshiroq tozalashga olib keladi.
Download 31.14 Kb.




Download 31.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta tozalash korxonalari haqida malumot. Paxtani qabul qilish bo’yicha umumiy malumot. Paxta tozalash jarayonida texnika havfsizligi

Download 31.14 Kb.