• Darsning maqsadi
  • Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan dars ishlanmasi




    Download 15.97 Kb.
    bet1/2
    Sana31.10.2023
    Hajmi15.97 Kb.
    #92201
      1   2
    Bog'liq
    A4.UZVIYLIK
    Суровнома ва таржимаи хол, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444, kerak, 1 - maruza. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari., Таржимаи хол, M T T da ahloqiy tarbiya vositalari, TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um, Mavzu Paxta tozalash korxonalarining turlari, УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ФАН ВА ИННОВАЦИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ ТЕРМИЗ ИКТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС УНИВЕРСИТЕТИ, Chaqiruv qog`ozi-340191105477, A7.UZVIYLIK, M10.UZVIYLIK, 1-mavzuga, ayirish sistemasi

    MAVZU:Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan dars ishlanmasi
    Bugungi kunda yoshlarni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularda turli kasbhunarlarga qiziqishni oshirish, kasblarni e’zozlash va faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kelajagi buyuk davlatimizning kelgusi taqdiri shu masala bilan chambarchas bog‘liqdir. Buni o‘z o‘rnida to‘g‘ri hisobga olgan hukumatimiz doimo hunarmandchilikni rivojlantirish va yoshlarni hunar o‘rganishga yo‘naltirish ishiga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Xususan, yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008 yil 1 apreldagi PF-3983 sonli, 2010 yilning 30 martidagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonlarida xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, ayniqsa, yoshlarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yo‘llari belgilab berilgan. Bu tadbirlarning barchasi, ayniqsa, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligidan darak beradi. Bunday yuksak natijalarga erishmoq uchun bizningcha barcha o‘quv yurtlarida “Kasbim mening – faxrim mening”, Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил Махсус сон) ISSN 2181-1709 (P) 98 Education and innovative research 2021 y. Sp.I. “Hunar, hunardan unar”, “Hunarli odam xor bo‘lmas”, “Ishlaganning umri beozor, ishlamagandan el bezor”, “Hunarni bilgan, ko‘p narsani biladi” mavzularida davra suhbatlari, turli tadbirlar o‘tkazib borish o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda so‘nggi yillarda respublika hududidagi ko‘plab kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilar faolligini oshirish, kasbni ulug‘lashga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu ishlar yoshlarning farovon kelajagi uchun muhimdir. Zero, mashhur pedagog A.S.Makarenkoning fikrlari bilan aytganda, “Qo‘lidan ko‘p ish keladigan, nimagaki urinsa, uddasidan chiqadigan, ishi tez o‘ngidan keladigan, har qanday sharoitda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan, buyumlarga egalik va xo‘jayinlik qila oladigan odamlarning naqadar quvnoq va baxtli yashashlarini yaxshi bilamiz”. Shu maqsadda quyida “Yog‘ochga ishlov berish sohasidagi xalq hunarmandchiligi kasblari. Yog‘och o‘ymakorligida qo‘llaniladigan asboblar” mavzusidagi dars ishlanmasini beramiz Darsning maqsadi: a) ta’limiy – o‘quvchilarda yog‘ochlarga ishlov berish asosida rivojlangan milliy hunarmandchilik kasblari haqida, bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
    b) tarbiyaviy – o‘quvchilarda milliy hunarmandchilik kasblariga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, ularda hunarmandchilik ishlarida rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida ma’lumot berish;
    s) rivojlantiruvchi – o‘quvchilarning milliy xalq hunarmandchiligi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Darsning jihozi: kasb turkumlariga oid ko‘rgazma va mavzuga oid testlar, ish qurollari, yog‘och o‘ymakorligi ishlaridan namunalar, slaydlar, kodoskop.

    Download 15.97 Kb.
      1   2




    Download 15.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan dars ishlanmasi

    Download 15.97 Kb.