Reja: steam metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish




Download 19.24 Kb.
bet1/2
Sana31.10.2023
Hajmi19.24 Kb.
#92208
  1   2
Bog'liq
A7.UZVIYLIK
Суровнома ва таржимаи хол, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444, kerak, 1 - maruza. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari., Таржимаи хол, M T T da ahloqiy tarbiya vositalari, TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um, Mavzu Paxta tozalash korxonalarining turlari, УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ФАН ВА ИННОВАЦИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ ТЕРМИЗ ИКТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС УНИВЕРСИТЕТИ, Chaqiruv qog`ozi-340191105477, A4.UZVIYLIK, M10.UZVIYLIK, 1-mavzuga, ayirish sistemasi

MAVZU:STEM asosida tashkil etilgan dars ishlanmasi shuningdek, dars natijalarini baholash mezonini ishlab chiqish
REJA:
1.STEAM metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish
2. STEAM ta’limiy yondashuvni jalb qilish mezonlarini aniqlash
3. STEAM mashg‘ulotlari tashkil etish

Bugungi kunda dunyoda to‘rtinchi texnologik inqilob mavjud, tezkor axborot oqimlari, yuqori texnologiyali innovatsiyalar va rivojlanishlar hayotimizning barcha sohalarini o‘zgartirib bormoqda. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan farmon va qonunlarda, xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalar, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, jumladan ta’lim berishning inno vasion usulllarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yangi avlodlarini joriy etish va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini tako millashtirish va shu bilan birga STEAM metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilangan. Shu bilan birgalikda, jamiyatning talablari, shaxsning man faatlari ham shunga ko‘ra o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda o‘quvchilarni robo totexnika, 3D dizayn, modellashtirish, dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bor moqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. Bunda STEM (Sciyence, technology, engineyering and mathematics) – bir vaqtning o‘zida fan, texnologiya, matematika va muhandislik sohalarini bir so‘z bilan birlashtirish mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan ta’lim yondoshuvi muhim ahamiyat kasb etadi. STEM integratsiyalashgan ta’lim yondoshuvi jahon ta’limidagi asosiy tenden siyalardan biridir. U o‘z ichiga matematika, texnologiya, ijodkorlik, muhandislik san’ati va tabiiy fanlarni o‘rganishni qamrab oladi. Integratsiyalashgan ta’lim jarayo ni muhandislik, dizayn va modellashtirish sohasida talab qilinadigan mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. STEM – real hayot talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o‘qitishdir. Fanlarni o‘qitish metodikasi maktabda barcha fanlarni o‘qitishga oid masalalarni: o‘qitishning g‘oyaviy yo‘nalganligini, o‘qitishning mazmuni bilan metodlarning bir ligini, o‘quv ishlarining shakllari o‘rtasidagi izchillikni va barcha ta’lim elementlari ning yaxlitligini, hamda rivojlanishini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, fanlarni o’qitish jarayonlariga STEAM ta’limiy yondashuvni jalb qilish mezonlarini aniqlaydi. Bugungi kunda deyarli har bir kishi smartfonlardan foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz tasavvur etishning iloji yo‘q. Bundan keyin ham texnologik rivojlanish davom etadi va STEAM ko‘nikmalari bu rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi. STEAM o‘quvchilarni ilhomlantiradi. O‘quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida tadqiqotlar olib borishadi, texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi, rassomlar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va, albatta, bolalar zavqlanib o‘ynashadi. STEAM – o‘quvchining intellektual qobiliyatlarini ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U o‘quvchilarning aniq, tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlanishiga qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEAM – olti bosqichdan iborat: savol, muhokama, dizayn, tuzilish, test, rivojlanish. Ushbu bosqichlar loyihaning asosi hisoblanadi. O‘z navbatida o‘quvchilar bir jamoa sifatida barcha imkoniyatlardan foydalanish, birgalikda harakat qilish, undan foydalanish ijodkorlik va innovatsiyalarning asosidir. Shunday qilib, ilm-fan va texnologiyalarni bir vaqtning o‘zida o‘rganish va uni qo‘llash ko‘plab yangi innovatsion loyihalarni yaratishga yordam beradi. Bu loyihalarni amalga oshirishda kim uchunligi va bajarish muddatlari muhim rol uynaydi. STEАM texnologiyasini joriy etish shartlari: 1.Iqtidorli bolalarni qidirish, qo‘llab-quvvatlash va buning uchun keng qamrovli tizimni yaratish kerak; 2. Har bir umumta’lim maktabida iqtidorli bolalarni aniqlash uchun ijodiy muhitni rivojlantirish zarur. 3. Shu bilan birga, shakllangan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish kerak. Bu birinchi navbatda, 24 soat davom etadigan ta’lim muassasasalarini o‘z ichiga oladi. Bunda iqtidorli bolalarning tadqiqotlari uchun shart sharoitlar yaratilishi lozim. 4. Yuqori natijaga erishgan o‘quvchilarning o‘qituvchilarini ham rag‘batlantirish lozim. 5. Iqtidorli yoshlarni o‘qituvchilik kasbiga jalb qilish lozim. Shuni ta’kidlash joizki, maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish va laboratoriyalarini tashkil etish uchun IT-kompaniyalari taqdim etadigan professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir: 1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va dasturlanadigan elektron modullar; 2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer; 3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina; 4. Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyihalar hamda videokamera bilan gologrammali ekranlar zarur bo‘ladi. STEAM –ta’limi quyidagi imkoniyatlari bilan ajralib turadi. - ta’lim berishda o‘quv fanlari bo‘yicha emas, mavzular bo‘yicha integratsiyalab berib borish. - ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llashni bilish. Bunda o‘quvchilar muhandislik bilimini oshiradi va ko‘rgan narsasini prototipini yaratishga harakat qiladi. - tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal qilishga o‘rgatish. Bunda kundalik hayotda duch keladigan qiyinchiliklar bartaraf etishda olgan bilimlari yordam beradi. - o‘z kuchiga ishonish hissining hosil bo‘lishi. O‘quvchilar turli xil mashina va buyumlar yasashga kirishganlarida maqsad sari intiladilar va o‘ziga bo‘lgan ishonch ortib borishiga yordam beradi. - faol kommunikasiya va komandada ishlash. O‘quvchilarni erkin fikrlashga, birbiri bilan muloqat qilishga, taqdimotlarini bayon etishga o‘rgatadi. - texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish. STEAM-ta’limining vazifasi, o‘quvchilarni tabiiy va texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat. - loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv. STEAM-ta’limolti 6 ta bos qichdan iborat bo‘lib, bular savollar, muhokama, dizayn, qurish, sinovdan o‘t kazish va rivojlantirishdan iborat. - o‘quvchilarga ta’lim olishlari, hamda karyera qilishlari uchun zamin yaratadi. Bu kelajakda kasb tanlashiga ham yordam beradi. - o‘quvchilarni texnologik yangiliklar yaratishga, ya’ni fan-texnika rivojlanayot gan bir paytda zamon bilan birgalikda hamnafas bo‘lib, o‘rganishiga asos bo‘ladi. - STEAM- maktab dasturining o‘zgarishiga ham ta’sir etadi. Bunda o‘quvchi larga xalqaro standartlarga mos ravishda ta’lim bergan bo‘lamiz. Bu vazifalarni oshirishda albatta o‘qituvchilardan juda katta ma’suliyatni, ijodkorlikni, zamon bilan hamnafas bo‘lib yashashga undaydi. Demak, integratsiyalashgan ta’limni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad - bu ta’lim, jamiyat, ish va dunyoni bir butun holda tasavvur etish va ular o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatishdan iborat ekan. STEAM ta’limi texnologiyasi - nazariya va amaliyotning birlashtirilgan natijasidir. Bu ta’limiy yondashuv umumiy o’rta mak tablarida o’qitilayotgan texnologiya ta’limini o’qitish jarayoniga jalb qilishni jurib chiqamiz. Yuqorida ta’kidlaganidek, STEAM fanni integraditsiyalash emas, mavzu larni integratsiyalashni nazarda tutgan holda fan ichiga kirib, har bir mavzuni integraditsiyalash kerak bo’ladi.
Download 19.24 Kb.
  1   2




Download 19.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: steam metodlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish

Download 19.24 Kb.