• RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA XOSLIKLARI 2.1. Estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar 2.2. Maktabgacha yoshdagi katta yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash
  • Kurs ishining maqsadi
  • Maktabgacha




    Download 0.83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/11
    Sana19.04.2023
    Hajmi0.83 Mb.
    #52745
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    M T T da ahloqiy tarbiya vositalari
    Суровнома ва таржимаи хол, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444, kerak, 1 - maruza. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari., Таржимаи хол, TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um, Mavzu Paxta tozalash korxonalarining turlari, УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ФАН ВА ИННОВАЦИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ ТЕРМИЗ ИКТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС УНИВЕРСИТЕТИ, Chaqiruv qog`ozi-340191105477, A4.UZVIYLIK, A7.UZVIYLIK, M10.UZVIYLIK, 1-mavzuga, ayirish sistemasi



    KURS ISHI 
    MAVZU: 
    MAKTABGACHA 
    TA’LIM 
    YOSHIDAGI 
    BOLALARNI ESTETIK RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA 
    XOSLIKLARI 
     
    Tayyorladi:_____________ 
    Qabul qildi:____________ 
     



    MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI ESTETIK 
    RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA XOSLIKLARI 
     
    Mundarija 
    Kirish 
    1. BOB 
    MAKTABGACHA 
    YOSHDAGI 
    BOLALARNI 
    HAR 
    TOMONLAMA 
    TARBIYALASHDA 
    ESTETIK 
    TARBIYANING 
    AHAMIYATI 
    1.1. Maktabgacha yoshda estetik tarbiya berish mazmuni 
    1.2. Estetik madaniyatni shakllantirish 
     
    2. BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI ESTETIK 
    RIVOJLANISHIDAGI O’ZIGA XOSLIKLARI 
    2.1. Estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar 
    2.2. Maktabgacha yoshdagi katta yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash 
     
    Xulosa 
    Foydalangan adabiyotlar



    K I R I SH 
    Kurs ishining maqsadi: Ta’lim samaradorligini oshirishda 
    interfaol 
    metodlardan foydalanish yo’llarini o’rganish. 
    Kurs ishining predmeti: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol 
    metodlardan foydalanish yo’llari 
    Kurs ishining borishi: Talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni 
    tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh 
    avlodga beriladigan malumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning 
    iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan 
    belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan 
    bugungi kunda talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni o’quvchilarga 
    ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma 
    va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi talim 
    muassasalarida tashkil etiladigan talim (malumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson 
    va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy 
    islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat 
    talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga 
    ko‘ndalang qo‘ymoqda. 
    “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 
    bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi. 
    MTMda ta’lim-tarbiyani tarbiyachi-pedagoglar amalga oshiradi. Tarbiyachi-
    pedagoglar o‘z faoliyatlarida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama 
    kamol toptirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish bilan birga ularning estetik 
    tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi. 
    O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son «2017 — 2021 
    yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 



    to‘g‘risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 372-son 
    «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish 
    to‘g‘risida»gi qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim 
    muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, ko‘nikma va 
    malakalarini shakllantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha Davlat 
    talablarini belgilaydi. 
    Davlat talablari vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi: bolalarni maktabda 
    o‘qishga tayyorlash; bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib 
    shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; bolalarning 
    har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; shaxsga 
    yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning boy madaniy-
    tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan 
    tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o‘qishga 
    tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga 
    amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, 
    intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni 
    sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, 
    tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; bolalarga dunyo haqida tushunchalar 
    berish va tasavvurlarini kengaytirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va 
    jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya 
    jarayonini tashkil qilish. Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha 
    ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi
    ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy 
    xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga 
    ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida 
    kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi. 
    Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim sifatini boshqarishning umumiy 
    nazariy yo‘llarini maktabgacha ta’lim amaliyotiga mexanik ravishda ko‘chirish 
    mumkin emas. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining o‘ziga 



    xosliklariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirilishi kerak. 
    E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning 
    birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz 
    bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni 
    estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan. 
    Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, 
    axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha 
    oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, 
    Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «…bugungi kunda 
    farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy 
    qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa qolmoqda».
    1
    Aytish joizki, ta’lim muassasalari oldida barkamol avlodni voyaga yetkazish 
    masala dolzarb masala hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad − 
    yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhlaridagi 
    bolalarning 

    Download 0.83 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.83 Mb.
    Pdf ko'rish