• II.Bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti menejmenti va uning turlari
  • Xulosa……………………………………………………………………...…….32 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...…...34 Kirish Mavzuning dolzarbligi
  • Mundarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari




    Download 160.5 Kb.
    bet1/10
    Sana31.01.2024
    Hajmi160.5 Kb.
    #149424
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs ishi
    Taqdimoti mavzu umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha t-fayllar.org, Essey, U1910127, HospitaLogix, 3-mavzuTBamaliy, ELEKTRON TIJORATNING HUQUQIY ASOSLARI kurs (5), namuna amaliyot dars reja, dars reja namuna(nazariy), аммамнинг таквими арм заоч, Кутубхонашунослик, Презентация1, ЎРҚ-410 22.09.2016, 8-lectures Presentation tech (1), Rasmiy (ekvivalentlikni tekshirish, modelni tekshirish, deduktiv-fayllar.org

    Mundarija:


    Kirish……………………………………………………………………….……..3
    I.Bob. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari.
    1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishning umumiy tamoyillari…………………………………………………………………....……6
    1.2. Maktbgacha ta`limni boshqarishining metodi va vositalari...........................11
    1.3. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari…………13
    II.Bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti menejmenti va uning turlari
    2.1. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining ustuvor negizlari………..17
    2.2.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimida yangicha yondashuv…….26
    2.3.O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha
    ta’lim muassasasi to’g’risida……………………………………………………..29
    Xulosa……………………………………………………………………...…….32
    Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...…...34

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko’rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida,jumladan, birinchi bosqich maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’nalishida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning samarali olib borilishini ta’minlash va chuqur tahlil qilish zarurati yuzaga kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “ Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” deb aytganlar.2 O’tgan davr mobaynida sog’lom va har tomonlama rivojlangan o’sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo’yicha kompleks tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o’quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasisslar bilan to’ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
    Hozirgi kunda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga talab juda katta bo’lib bormoqda. Shuning uchun ham nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ko’paytirish, oilaviy bog’chalar ochish, ularning boshqaruvdagi murakkab jarayonlar kelib chiqmoqda. Shuning uchun ham muhtaram yurtboshimiz bu borada bir nechta qarorlarni qabul qildilar. Zero bizning yurtimizda ham nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rivojiga hissa qo’shishi uchun xizmat qilmoqda.
    Davlat talablari vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi: bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi.
    Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim sifatini boshqarishning umumiy nazariy yo‘llarini maktabgacha ta’lim amaliyotiga mexanik ravishda ko‘chirish mumkin emas. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining o‘ziga xosliklariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirilishi kerak.E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan.Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «…bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa qolmoqda».1 Aytish joizki, ta’lim muassasalari oldida barkamol avlodni voyaga yetkazish masala dolzarb masala hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad − yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhlaridagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

    Download 160.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 160.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari

    Download 160.5 Kb.