|
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimida yangicha yondashuv
|
bet | 8/10 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 160,5 Kb. | | #149424 |
Bog'liq Kurs ishi2.2.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimida yangicha yondashuv
Mustaqillik yillarida ta`lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi darajasiga ko`tarilgani natijasida mamlakatimizda noyob, uzluksiz ta`lim tizimi barpo etilmoqda. Biz shunday sharoitda zamonaviy, teran fikrlaydigan intellectual va madaniy-estetik qadriyatlarga o`zining mukammal bilimi va tajribasi nuqtai nazaridan yondasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalashni bosh maqsadimiz deb bilar ekanmiz, buning mas`uliyatini astoydil his qilish bizning oldimizda turgan ham murakkab, o`z o`rnida sharafli vazifa ekanligini unitmasligimiz talab etiladi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma`naviy mezon va qarashlar-yaxshilik, ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shunday ekan, biz oiladan boshlab bolalarga Vatan oldidagi burchi, ota-ona oldidagi vazifasi, odamiylik fazilatlarini o`rgatishni e`tiborga olsak, aynan shu davrda bola qalbida va ongida oiladagi va maktagacha ta`lim muassasasidagi muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo`la boshlaydi.
Ta`limning poydevori qo`yiladigan dastlabki bo`g`ini hisoblanmish, maktabgacha ta`limda bola bolani sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta`minlanadi, bolada o`qishga intilish hissi uyg`onadi, uni muntazam ta`lim olishga tayyorgarlik jarayoni amalga oshiriladi. MTT tarbiyalanuvchilarining ongida g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo`shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo`lidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish, maktabagacha ta`lim muassasalarida tashkil etilayotgan ta`lim-tarbiya jarayonlarining barcha jabhalarini qamrab olishi zarur bo`lib, mazkur jarayonda o`rganilayotgan tushunchalarga nisbatan tarbiyalanuvchining qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda ularning faolligini oshirishni ta`minlash aynan biz pedagoglarning zimmamizdagi muhim vazifa hisoblanadi.
Zero, Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, Ta`lim O`zbekiston xalqi uchun yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, uning qobiliyati uzluksiz rivojlanadi, kattalar tajribasidan oziqlanib voyaga yetadi. Pedagogning bilimi, mahorati qizg`in mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi hislatlarini va ma`naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Aynan bugun tarbiyachi-pedagoglaning mustaqil izlanishi va o`z ustida tinimsiz ishlashi kechiktirib bo`lmaydigan talablardan biri ekanligi biz uchun a`yon.
Respublikada maktabgacha ta'lim tizimi bo'yicha qabul qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam" tayanch dasturi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya'ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab o'rtasida izchillikni ta'minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabdagi ta’lim-tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o'zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab izchilligi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun maktabga qo'yiladigan talablarga yo'nalganligi; Bola shaxsini boshlang'ich ta'lim maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish. Bunda asosan maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabdagi pedagogik jarayonda ta'lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta'minlovchi yaxlit dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab o'rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va 1-sinf bolalalariga ta'lim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi, Shunga ko'ra maktab ta'limining yangi sharoitlariga o'tish bola uchun sezilarsiz bo'lgan psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta'minlanadi, bu esa o'quvchilarga maktabga birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta'lim-tarbiya berish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlan- tirishga yo'nalaganligi ular o'rtasida ta'lim-tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakllari, ma'naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning o'quvchilarda rivojlantirishdagi ma'naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi. Maktab - maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilik xususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta'limidagi izchillik amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi.
Har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarga tarbiyaviy ta`sir o`tkazish natijasida o`z vaqtida o`zini anglash hissi vujudga keladi. Bolada o`zini anglash tuyg`usi qancha erta uyg`onsa, uning barcha aqliy, ruhiy, ijtimoiy imkoniyatlarini baholash va his etish tez namoyon bo`ladi. Har qaysi davrda bola rivojlanishining o`ziga xos qulay holatidan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
|
| |