|
1-seminar. Kimyo mavzularini o’qitishda innovatsion-interaktiv o’qitish metodlarini joriy qilish
|
bet | 1/11 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #149970 |
Bog'liq 1-seminar.Kimyo mavzularini o’qitishda innovatsion-interaktiv o’qitish metodlarini joriy qilish
1-seminar. Kimyo mavzularini o’qitishda innovatsion-interaktiv o’qitish metodlarini joriy qilish.
Dars-o‘quv jarayonining bir etapi, bug‘ini bo‘lib, u ma’no jihatdan tugallangan, tashkiliy hamda vaqt jihatdan cheklangan o‘qitish shaklidir.
Bilim, ko‘nikma va malakalarning mazmuni hamda ularning shakllanish jihatlari psixologiya, didaktika, xususiy metodika va o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlariga oid keng ko‘lamdagi adabiyotlarda nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Bilim-insoniyat tomonidan yaratilgan qonunlar, hodisalar, predmetlar, dalillar, shuningdek faoliyat usullari haqidagi tushunchalarni fanlar kesimidagi talqinini nazariy jihatdan o‘zlashtirib olish, xotirada mustahkamlanishidir.
Ko‘nikma- o‘zlashtirib olingan bilimlarini turli yo‘llar bilan amaliyotda qo‘llay olish.
Malaka- insonning o‘zlashtirgan bilimlariga asoslanib yuqori darajada mehnat jarayonlarini bajara olishidir.
O‘quvlar biror ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan va yetarli darajadagi epchil harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘nikma va malaka bir butun hamda qismlar nisbati kabi tushuniladi.
Mahorat - o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy yondashgan holda amaliyotda qo‘llashning amalga oshirilishini bildiradi.
Ko‘pchilik adabiyotlarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni quyidagicha qabul qilingan:
BILIM KO‘NIKMA MALAKA MAHORAT.
Ushbu ketma-ketlik K.K.Platonov tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u bizning fikrimizcha ilmiy jihatdan ko‘pchilik olimlar tomonidan asoslab berilgan. Biz psixologiya, pedagogika, didaktika, sotsiologiya va ishlab chiqarish pedagogikasi sohalarida olib borilgan ilmiy-amaliy izlanishlarga tayanib, malakalarning shakllanish jarayonlarini keltirilgan bosqichlarga ajratamiz.
Deyarli har qanday ixtisoslikdagi murakkab ko‘nikma tarkibiga psixologik turdagi barcha malakalar kiradi. 1.1-jadval. Bilimlarning ko‘nikma va malakalarga, malakalar mahoratga aylanish shakli
TA’LIM
Ko‘nikma
Bilim
Malaka
Nazariy
bilim
Oddiy ko‘nikma
Mahorat
Oddiy malaka
Amaliy
bilim
Murakkab
ko‘nikma
Murakkab malaka
|
| |