|
1-seminar. Kimyo mavzularini o’qitishda innovatsion-interaktiv o’qitish metodlarini joriy qilish
|
bet | 2/11 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #149970 |
Bog'liq 1-seminar.Kimyo mavzularini o’qitishda innovatsion-interaktiv o’qitish metodlarini joriy qilishMASHQLAR
O‘quvchi-talaba malakali ishchilar kabi ishlay olishi uchun uning bilimlarini boyitish va ixtisoslashtirish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish lozim bo‘ladi.
Metod- darsning maqsadi va vazifalarini amalga oshirish yo‘llari.
Vosita- o‘quv jarayonini olib borishda yordam beruvchi vositalar: 1.o‘qituvchi ovozi; 2.mahorati; 3.darsliklar; 4.qo‘llanmalar; 5.didaktik tarqatma materiallar; 6. sinf jihozi; 7.kodaskop; 8. kompyuter; 9. kinodiopozitivlar; 10. animatsiyalar va boshqalar.
Tashkil etiladigan darslarning turlarga bo‘linishi:
1.Aralash kombinatsiyalashgan darslar,
2.Yangi bilimlarni o‘rganish darslari,
3.Yangi ko‘nikmalarni shakllantirish darsi,
4.Umumlashtiruvchi darslar,
5.Bilim va ko‘nikmalarni nazorat etuvchi darslar,
6.Olingan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llovchi darslar.
Undan tashqari olib borilishiga qarab ham ko‘rinishlarni ifodalovchi dars turlari mavjud:
1.Illyustrativ (ko'rgazmali) va tushuntirish darslari,
2.Muammoli darslar,
3.Dasturlangan darslar,
4.Kompyuterli o‘qitish,
5.Nostandart darslar.
Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda nostandart darslar va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda.
Pedogogik adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bunday darslarni turi juda xilma-xil. Bunday darslarni maqsadi, vazifasi va o‘tish metodikalariga ko‘ra nomlash mumkin.
Pedagogik texnologiya-bu o‘qitishda o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. (B.L.Farberman)
Ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni o‘qituvchining o‘quvchiga yetkazayotgan bilim saviyasining samaradorligini tashkil etadi. Shunday ekan, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning mazmun-moxiyatini chukur anglagan holda, uni asos qilib, yangicha metod va usullar orqali dars o‘tishi zarurdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishdagi ko‘pgina kasblar faqat ma’lumotli kishilarnigina emas, yuksak rivojlangan ijodiy qobiliyatga ega kishilarni jalb qilishni talab qilmoqda.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o‘qituvchining g‘oyaviy e’tiqodi, kasb mahoratiga, san’ati, iste’dodi va ma’naviyatiga hal qiluvchi darajada bog‘liqdir. Haqiqatdan o‘qituvchisiz jamiyat taraqqiyotini, uning kelajagini tasavvur etish qiyin.
Ta’lim-tarbiya jarayonini turlicha tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o‘qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o‘quv tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o‘rgatishdan iboratdir.
Biz o‘qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o‘quvchilarga fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga ehtiyojni tarbiyalab borishni ko‘zda tutamiz.
Hozirgi zamon darsi 3 ta maqsadni: ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarini ko‘zda tutadi.
Eng asosiysi o‘qituvchi dars o‘tishda innovatsion usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Innovatsiya – lotincha so‘z bo‘lib “yangilikni kiritaman, tadbiq etaman, o‘zgartiraman” degan ma’nolarni bildiradi.
Noan’anaviy darslarni o‘tishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.Ijodiy darslar, 2.O‘yinlar darsi, 3.Sahna darslari 4.Takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari, 5.Internet yordamida o‘tiladigan dars turlari.
Noan’anaviy darslarni o‘tishda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:
I. Aqliy hujum: 1.Tezkor, 2.Savol-javob, 3.Mustahkamlash, 4.Aralash, 5.Klaster, 6.Aqliy hujum.
II. Kichik guruhlarda ishlash: 1.″Quvnoqlar va zukkolar″, 2.″Kim oshdi″ 3.Interfaol, 4.Test.
III. Suhbat: 1.Monolog, 2.Dialog, 3.Sayohat, 4. Sirtqi sayohat.
IV. Juftlikda ishlash: 1.Musobaqa, 2.Xotira mashqi, 3.Laboratoriya, 4.Intelektual ring, 5.Muloqot darslari.
V. Kichik ma’ruza: 1.Konferensiya, 2.Reportaj, 3.Monolog, 4.Seminar, 5.Kompyuter (AK texnologiya) taqdimoti.
VI. Roli o‘yin: 1.Ishbilarmonlik, 2.Muzyorar, 3.Ertak, 4.Chigil yozdi, 5.Zanjir mashqi, 6.Intervyu, 7.Shashka va domina, 8.Estafeta o‘yini, 9.Sud va sahna darslari.
VII. Bahs-munozara: 1.Ko‘rik tanlov, 2.Mushoira 3.Takrorlash, 4.Savol - javob, 5.Muammoli darslar.
VIII.Ishchunlik o‘yinlari: 1.Ixtiro, 2.Amaliyot, 3.Ijodkorlik
IX. Suggestopediya (erkinlik metodi): 1.Kompyuter, 2.Vedio, 3.Audio, 4.Sayr-
sayohat, 5.Uchrashuv, 6.Tashrif darslari.
|
| |