O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
IJTIMOIY FANLAR BLOK MODULI BO‘YICHA
UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
O‘QUV DASTURI
(XI SINF)
DAVLAT VA HUQUQ
ASOSLARI
Toshkent-2018
TUSHUNTIRISH XATI
O‘quvchilar davlat va huquq asoslari faniga oid dastlabki tushunchalarni
I-IV-sinflardagi “Konstitutsiya alifbosi” darslarida, shuningdek, V-VII-sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” darslari orqali oladilar. Mazkur sinflarda Konstitutsiya va uning mohiyati, inson bilan qonun va huquqning bog‘liqligi, qonunlar, inson huquqlari, fuqarolarning burchlari haqidagi dastlabki tasavvurlar hosil qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’limning 8-11-sinflarida o‘qitiladigan “Davlat va huquq asoslari” fanida jamiyat, davlat, shaxs va huquq tushunchalari, axloq va huquq munosabatlari, davlat va jamiyat munosabatlari, davlat shakllari, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat, huquqiy munosabatlar, huquqbuzarlik va uning kelib chiqishi, voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari haqidagi tushunchalar, Konstitutsiyaviy huquq asoslariga doir tushunchalar: Konstitutsiyaning yaratilishi, asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs munosabatlari, davlat hokimiyati organlari va ularning vakolatlari, shuningdek, saylov tizimi va ma’muriy xududiy tuzilishi haqida bilimlar, huquq sohalariga doir asosiy tushunchalar o‘rgatiladi va o‘quvchilarni huquqiy munosabatda ishtirok etishda huquq normalariga rioya etish ruhida tarbiya qilinadi. Shuningdek, huquq sohalariga oid normativ – huquqiy hujjatlar bilan tanishib, ushbu normativ – huquqiy hujjatlarni amaliy hayotda qo‘llashga o‘rgatiladi.
Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarni huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilarga davlat va huquqning kelib chiqishi, davlat va huquqning o‘zaro munosabati, huquq sohalari, qonunlar, huquqning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy, ijodiy, erkin va mustaqil fikrlashini shakllantirishdan iborat.
Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning vazifalari:
o‘quvchilarning asosiy huquqiy tushuncha, nazariya va qonuniyatlar to‘g‘risidagi bilimlarini shakllantirish;
o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;
huquq ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;
o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning huquqlarini bilishlari, burch va majburiyatlariga rioya qilishlariga yo‘naltirish;
davlat va uning qonunlarini hurmat qilish, ularga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;
o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.
huquqiy bilimlar zaminida huquqiy normativ hujjatlar, zamonaviy qonunchilik yutuqlari, tarixda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan olimlarning huquq faniga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquq fanidan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Ushbu o‘quv dasturiga huquqiy meyoriy-hujjatlarga asoslangan holda zarurat tug‘ulganda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
“Davlat va huquq asoslari” fani chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining 11-sinflarida Davlat va huquq asoslari fani 1 soat ko‘proq ya’ni jami 68 soat o‘qitiladi. Bunda aynan, shu mavzularni chuqurlashtirib o‘qitish, maktabning o‘quvchilari o‘zlashtirishidan kelib chiqqan holda maktabning metodik kengashida mavzular soatini ko‘paytirish yuzasidan muhokama o‘tkaziladi va pedagogik kengashda tasdiqlab olinadi.
Davlat va huquq asoslari
(haftasiga 1 soatdan jami 34 soat, B1+: 68 soat)
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
oilaviy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, ularni tartibga soladigan normativ hujjatlardan foydalana oladi;
jinoyat uchun jazo muqarrarligini anglaydi;
jinoyatni ochishda tegishli organlarga murojjat qiladi;
sud yig’ilishlarida ishtirok etish va guvohlik berish tartiblarini anglaydi;
moliyaviy masalalarda huqiqiy munosabat bildira oladi;
jinoyat protsessida ishtirok etishda belgilangan talablarga rioya qiladi;
dalil va isbotning o’zaro aloqadorligini anglaydi.
Kirish. ( 1 soat)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatining huquqiy asosi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirining huquqiy asosi.
Adabiyotlar: 3.19, 3.31, 3.42, 3.46, 3.47, 5.1.
I BOB. OILA HUQUQI
(6 soat, B1+: 13 soat).
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. Oila huquqning konstitutsiyaviy asosi. O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar. Oila huquqning sub’ektlari. Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi.
Nikoh tuzish tartibi va shartlari. Nikoh tuzish tartibi. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari. Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi. Oilada er va xotinning teng huquqliligi. Er va xotinning familiya tanlash huquqi. Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi. Er va xotinning mashg‘ulot turi,kasb va turar joy tanlash huquqlari.
Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari. Er va xotinning umumiy mulki. Er va xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi. Er va xotinning har birining mulki. Er va xotinning shaxsiy buyumlari. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda ulushlarni aniqlash.
Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi. Nikoh shartnomasi. Nikoh shartnomasini tuzish. Nikoh shartnomasining mazmuni. Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish. Nikoh shartnomasini haqiqiy emas, deb topish. Nikohning tugatilish asoslari. Nikohdan ajratish tartibi.
Adabiyotlar: 3.26, 3.27, 3.29, 3.32, 3.35, 5.1.
II BOB. JINOYAT HUQUQI
(13 soat, B1+: 26 soat).
Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyilari. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbai. O‘zbekiston Respuyudikasining Jinoyat Kodeksi. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari.
Jinoyat belgilari. Jinoyat belgilari. Ayb, ayb shakllari, qasd, qilmishni istesno etadigan holatlar. Ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etish va uning oqibatlari.
Jinoiy javobgarlik va jazo tizimi. Fuqarolarning jinoiy javobgarligi. Qonun oldida tenglik prinsipi. Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi. Jazo tushunchasi va uning turlari. Jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini, Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishning huquqiy oqibati.
Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayri ijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish.
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar. Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishning huquqiy oqibatlari.
Nazorat ishi
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. O‘zgalar mulkini talon-taroj qilish. Soxta tadbirkorlik. Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash. Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish.
Hokimiyat boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar. Korrupsiya va uning belgilari. Korrupsiyaga olib keladigan holatlar. Pora olish, pora olish va berishda vositachilik qilish.
Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish.
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar. Axborotlashtirish qoidalarini buzish. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish. Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish.
Adabiyotlar: 3.26, 3.27, 3.29, 3.32, 3.35, 5.1.
III BOB. MOLIYA HUQUQI
(5 soat, B1+: 10 soat).
O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi. Konstitutsiya moliya-kredit huquqining asosiy manbai. Moliya va davlat moliyaviy faoliyati.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. Moliya huquqi sub’ektlari tushunchasi va tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi. Byudjet huquqi. Budjet tushunchasi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish. Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish. Soliq huquqining umumiy tavsifi Soliqlar tushunchasi va funksiyalari. Soliqlar tasnifi. Soliq huquqi va uning manbalari, soliq to‘g‘risidagi qonun elementlari. Soliq huquqiy munosabatlari.
Davlat kreditining huquqiy asoslari. Davlat krediti tushunchasi. Davlat krediti sohasidagi huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Davlat ichki qarzlari turlari.
Adabiyotlar: 3.29, 3.32, 3.33, 3.35, 5.1.
IV BOB. EKOLOGIK HUQUQ
(3 soat, B1+: 5 soat).
Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologik huquqning asosiy manbai. Ekologik huquqning maqsad-vazifalari va asosiy tamoyillari.
Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik. Ekologik tartibbuzarlik tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni. Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik.
Adabiyotlar: 3.29, 3.32, 3.35, 3.41, 5.1.
V BOB. PROTSESSUAL HUQUQ
(6 soat, B1+: 13 soat).
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi protsessual huquqning asosiy manbai. Xalqaro huquqning umume’tirof etgan tamoyillari va prinsiplarinining protsessual qonunchilikda e’tirof etilishi. Aybsizlik prezumpsiyasi. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual Kodeksi va Jinoyat protsessual Kodekslari.
Jinoyat protsessi ishtirokchilari. Protsess ishtirokchilari va ularning huquq-majburiyatlari, protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va ularning huquqlari, majburiyatlari.
Jinoyat protsessual qonunchilikda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar.
Dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar. Dalillar va ularning turlari. Isbot qilishning umumiy shartlari. So‘roq qilish va unning tartibi. Voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilish tartibi, ayb e’lon qilish shartlari.
Adabiyotlar: 3.26, 3.27, 3.29, 3.32, 3.35, 5.1.
Davlat va huquq asoslari kursini mavzuiy rejalashtirish
№
|
Bo’lim va boblar nomi
|
Soatlar taqsimoti
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Nazorat ishi
|
1
|
Kirish
|
1
|
1
|
|
|
2
|
Oila huquqi
|
6
|
5
|
1
|
|
3
|
Jinoyat huquqi
|
13
|
11
|
1
|
1
|
4
|
Moliya huquqi
|
5
|
5
|
|
|
5
|
Ekologik huquq
|
3
|
2
|
1
|
|
6
|
Protsessual huquq
|
6
|
5
|
|
1
|
|
Jami
|
34
|
29
|
3
|
2
|
Davlat va huquq asoslari kursini chuqurlashtirib
o’qitishni mavzuiy rejalashtirish
№
|
Bo‘lim va boblar nomi
|
Soatlar taqsimoti
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Nazorat ishi
|
1
|
Kirish
|
1
|
1
|
|
|
2
|
Oila huquqi
|
13
|
11
|
1
|
1
|
3
|
Jinoyat huquqi
|
26
|
22
|
3
|
1
|
4
|
Moliya huquqi
|
10
|
8
|
1
|
1
|
5
|
Ekologik huquq
|
5
|
4
|
1
|
|
6
|
Protsessual huquq
|
13
|
9
|
3
|
1
|
|
Jami
|
68
|
55
|
9
|
4
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 364 b.
-
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 380 b.
-
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 366 b.
-
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 394 b.
-
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – 384 b.
-
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. – 429 b.
-
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T. 7. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – 413 b.
-
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. – 525 b.
-
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. T. 9. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001. – 439 b.
-
Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – 432 b.
-
Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T. 11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – 320 b.
-
Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog‘liq. T. 12. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – 400 b.
-
Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 448 b.
-
Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006. –280 b.
-
Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. –320 b.
-
Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. –368 b.
-
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma'naviyat”, 2008. –174 b.
-
Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”. 19-tom, T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011
-
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.– Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –488 b.
-
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marsosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –48 b.
-
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –56 b.
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 – 40 b.
-
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. – 2016. – № 2. – B. 42–43.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta'limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami. 1994. –№6. –B.204-205
-
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1997. –№. –225-modda.
-
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8. B. 23-33.
-
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8.
-
O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari. to‘plam T.: “Adolat” 2014.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№7. –179-modda.
-
Davlat va huquq asoslaridan umumiy o‘rta ta'lim o‘quv dasturi. Ta'lim taraqqiyoti. 1999 y, 2-son, 264-301 betlar.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi // “Xalq so‘zi” gazetasi. 2001. –5 yanvar.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 iyundagi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 107 sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 2005. –№6
-
O‘z DSt 1157:2008 Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
-
Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2013 yil 4 iyun 28/qq, Xalq ta'lim vazirligi 2013 yil 04. № 27, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim markazlarining 2013 yil 04. № 30/qq.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 187-qarori.
-
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992.
-
Абзалов Э. М. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУЗ, 1996.
-
Yoqubov J., Hayitboyev E. Huquqshunoslik. T.: “Yangi asr avlodi”. 2006.
-
Azizxo‘jaev A.A. Davlatchilik va ma'naviyat. - T.: Sharq, 1997.
-
Muqimov Z. O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi. T.: Adolat. 2003.
-
Jo‘raev S. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot. – T.: TDSHI, 2003
-
Зокиров Х. Правовая култура и правовые правосудия. – Т., 1998.
-
Зокиров Э. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУз, 2002.
-
Исломов З. Механизм существления государственной власти. – Т.: Адолат, 1997.
-
Islomov Z. M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga. – T., 2002. – 84 b.
-
Islomov Z. M. Davlat va huquqning umumnazariy muammolari: huquqni tushunish, huquqiy ong va huquq ijodkorligi. – T., 2005.
-
Матузов Н. Н. Правовая система и личност. – Саратов, 1997.
-
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: O‘zbekiston, 2000.
-
Milliy g‘oya va mafkura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari. – T.: O‘zLiDep, 2006. – 88 b.
-
Odilqoriev X. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. – T.: Sharq, 2002. 3.16.
-
Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1. – T., 1998.
-
Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 2. – T., 1998.
-
Turdiboeva R. Talaba yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari. – T.: Adolat, 2002.
-
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi/Prof. A. Saidovning umumiy tahririda. – T.: Adolat, 2005.
-
Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, madaniyatlar va mafkuralar. – T.: Sharq, 1997.
-
Husanov O.T. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari. -T.: Adolat, 1996.
-
Tuychieva H.N. Huquqni o‘qitish metodikasi. –T.: Toshkent islom universiteti, 2008.
-
Nasiriddinova O.T. Huquqiy madaniyat – fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil (yoshlar misolida): Yurid. fan. nomz. ... dis. avtoref. – T.: TDYuI, 2009
-
Saidov. U.Tojixonov “Huquqiy madaniyat nazariyasi”. Darslik IIV Akademiyasi-1998 yil.
-
Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. darslik. T.: “Adolat” 1996.
-
Rustamboev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism) Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: “Ilm ziyo” 2005 -480 b.
-
Rustamboev M.H. Jinoyat huquqi (Maxsus qism) Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2000.- 528 b.
-
Odilqoriyev X, Qayumov R. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish. O‘quv qo‘llanma. T: ‘Sharq” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2010.
-
Karimova O. Huquqshunoslik. T: ‘Sharq” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2014.
-
Ikramov Sh.T., Odilqoriyev X.T. va boshqalar. Konstitutsiyaviy huquq. T: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. 2014.
-
Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. T.: Adolat. 2013.
-
Saidov A.X., Tadjixanov U., Odilqoriev X. Davlat va huquq asoslari. Darslik. T.: “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2002.
-
Zokirov B.I. Fuqarolik huquq. T.: Toshkent Yuridik instituti. 2009.
-
Tadjibayeva A.O., Ramazonova K.N. Inson huquqlari. O‘quv qo‘llanma. T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”. 2010.
-
Odilqoriev X.T., Azizov P.N. Davlat va huquq nazariyasi. “Sharq” Nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2009.
-
Ruziyev D.R., Topildiyev R.V. Fuqarolik huquqi. T.: Cho‘lpon. 2011.
-
Akmal Saidov Halqaro huquq Chizmalar va ta’riflarda. O‘quv qo‘llanma. Toshkent Adolat. 2001
-
Muattara Raximova Halqaro huquq. “Akademiya” T.2005
-
R.A.Tuzmuhamedov, R.T.Hakimov. Xalqaro huquq asoslari. “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”. T. 1998.
-
Shorahmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik protsessual huquqi. T.: “Adabiyot jamg‘armasi”. 2001,
-
Nig‘matov A. O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya huquqi. G‘.G‘ulom. T.: 2003
-
Odilqoriev X., Qayumov R va boshqalar. O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘rganish. T.: Sharq. 2013
-
Ikramov Sh.T., Odilqoriev X va boshqalar. Konstitutsiyaviy huquq. T.:2014
-
Mamatqulov A Xalqaro huquq . T.: Adolat.1997
-
Muxitdinova F. Siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi. Oliy ta’lim uchun darslik. T.: 2011.
-
M.E.Abdusalomov, B.T.Akramxo‘jaev va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharh. T.: O‘zbekiston. 2001.
-
A.A.Azizxo‘jaev, G‘.Abdumajidov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh. T.:O‘zbekiston. 2008
-
Xojiyev E, Xojiyev T. Ma’muriy huquq. T.: “Fan va texnologiya”. 2008.
-
Курбанов Р.А., Эриашвили Н.Д. и другие. Основы гражданского права: уchебник. YuНИТИ-ДАНА; Закон и право, 2015
-
Хазов Е.Н., Гасанов К.К., Chервонyuк В.И. Конституционное право зарубежных государств: уchебное пособие. YuНИТИ-ДАНА, 2015.
-
Певцова Е.А. Право основы правовой културы. 10 класс. 1 chаст. Балашенко С.А., Макарова Т.И., Лизгаро В.Е. Экологиchеское права. “Вышэйшаya школа”. Минск. 2016.
-
Птушенко А.В. Правоведение. М.2011.
-
Володина C.И., Спасскаya В.В., Полиевктова А.М."Основы правовых знаний. 8-9 класс. Chаст 1., 2018.
-
C.И.Володина , В.В. Спасскаya , А.М.Полиевктова Основы правовых знаний. 8-9 класс. Chаст 2" 2018.
-
Л.Н.Боголyuбов , Т.Е.Абова , А.И.Матвеев Право. 11 класс. Уchебное пособие. 2018.
-
Лаврова С.А., Кропанева Е.М., Овchаренко А.Н. Первоклассные истории о правах. Уchебное пособие. 1 класс. 2003.
5.1. www.lex.uz
|