• 2-bob. Mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish 1-§. Mehnat shartnomasini tuzish
  • Bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,38 Mb.
    #149410
      1   2   3   4   5   6   7   8




    bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv 
    intizomini buzganlik uchun javobgarlik, oliy ta’lim muassasasi hududi va binolar 
    ichidagi tartib hamda ish beruvchi bilan xodim, doktorant, mustaqil izlanuvchi va 
    talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarga oid 
    masalalarni tartibga soladigan asosiy ichki normativ hujjat hisoblanadi. 
    2-bob. Mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish 
    1-§. Mehnat shartnomasini tuzish 
    3. Xodim bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari va 
    ular o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida vujudga keladi. 
    4. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlar: 
    doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzili ko‘rsatilgan 
    pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat; 
    mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan 
    mustasno); 
    harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilarga tegishli harbiy bilet yoki 
    harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma; 
    qonun hujjatlariga muvofiq bajarilishiga faqat maxsus tayyorgarlikka ega 
    bo‘lgan shaxslargina qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ishga kirish vaqtida ishga 
    kiruvchining oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini bitirganlik 
    to‘g‘risidagi diplomi, mazkur ishni bajarish huquqini beruvchi guvohnoma (chet 
    davlatlar hududida olingan diplom O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan 
    belgilangan tegishli tartibda nostrifikatsiyalangan (ekvivalentligi qayd etilgan)ligi 
    haqida tegishli guvohnomasi); 
    o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga 
    asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani taqdim etadi. 
    Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida 
    ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 
    Ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa 
    hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin. 
    Kadrlar hisobini yuritish va ular haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish 
    maqsadida ishga qabul qilingan xodim tomonidan Kadrlar bo‘limiga quyidagi 
    hujjatlar topshiriladi: 
    so‘rovnoma; 
    tarjimai hol; 
    xodimning oxirgi ish joyidan tavsifnoma; 
    ma’lumotnoma (ob’ektivka); 
    6 ta fotosurat (elektron varianti ham). 



    5. Taqdim 
    etilgan 
    mazkur 
    Qoidaning 
    4-bandi 
    ikkinchi-oltinchi 
    xatboshilarida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liqligi tekshirib ko‘rilgach, ishga 
    kirayotgan shaxs tomonidan ariza yoziladi va oliy ta’lim muassasasi 
    kanselyariyasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Arizada ishga kiruvchining ismi, 
    familiyasi, otasining ismi to‘liq, qisqartirishsiz, ishga kirayotgan lavozimi esa shtat 
    jadvalida belgilangan lavozimga mos holda yozilishi shart. 
    6. Ishga qabul qilinayotgan xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida quyidagilar 
    haqida mehnat shartnomasi tuziladi: 
    xodim ishga qabul qilinayotgan lavozim va ish joyi; 
    mehnat shartnomasi muddati; 
    ishning boshlanish kuni; 
    taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari; 
    ish vaqti hamda mehnat ta’tili berish tartibi; 
    mehnatga haq to‘lash tartibi; 
    mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlar. 
    Mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan hollarda 
    ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. 
    Muddatli mehnat shartnomasini tuzish mehnat qonunchiligiga muvofiq 
    amalga oshiriladi. 
    7. Ishga qabul qilinayotgan har bir xodim (shu jumladan, o‘rindoshlik 
    asosida kiruvchilar) bilan mehnat shartnomasi bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 
    kamida ikki nusxada yozma shaklda tuziladi va ular tomonlarning har biriga 
    saqlash uchun topshiriladi. 
    Xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda 
    tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bir xil yuridik kuchga 
    ega bo‘ladi. 
    Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko‘rsatiladi. 
    Mehnat shartnomasi xodim va oliy ta’lim muassasasi rektorining imzosi 
    bilan tasdiqlanadi. Oliy ta’lim muassasasi rektorining imzosi oliy ta’lim 
    muassasasi gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. 
    8. Oliy ta’lim muassasasining Kadrlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi 971-son qarori bilan 
    tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat 
    kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat 
    daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq 
    xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari (mehnat shartnomalarini 
    tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish, mehnat daftarchasini shakllantirish hamda 



    yuritish va boshqalar) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat 
    kompleksida ro‘yxatga olinadi. 
    9. Qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlar 
    imzolagan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Xodim mehnat shartnomasida 
    ko‘rsatilgan kundan boshlab mehnat vazifalarini bajarishga kirishadi. Agar mehnat 
    shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bo‘lsa, xodim 
    mehnat shartnomasi imzolangan ish kuni (smena)ning ertasidan kechikmay ishga 
    tushishi lozim. 
    10. Ish beruvchining ruxsati bilan ishga qabul qilishni tegishlicha 
    rasmiylashtirmasdan turib ishga qo‘yilgan shaxs ishga tushgan birinchi kunidan 
    boshlab mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. 
    11. Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin ish beruvchi mehnat 
    shartnomasining mazmuniga muvofiq ravishda ishga qabul qilish to‘g‘risida 
    buyruq chiqaradi va buyruq bilan imzo qo‘ydirgan holda xodimni tanishtiradi. 
    12. Oliy ta’lim muassasasi quyidagi hollarda ishga qabul qilishdan bosh 
    tortishga haqli emas: 
    a) ish beruvchining o‘zi tomonidan ishga taklif qilingan shaxslar; 
    b) nogironlar, o‘quv muassasalarning bitiruvchilari, uch va undan ortiq 
    farzandlari bor yolg‘iz ota (ona), pensiya yoshiga yaqinlashgan shaxslar agar ular 
    joylardagi davlat hokimiyati organi tomonidan muassasaga belgilangan eng kam 
    miqdordagi ish o‘rinlari hisobidan ishga yo‘llanma bo‘yicha mahalliy mehnat 
    organlari tomonidan yuborilgan bo‘lsa; 
    v) homilador ayollar va uch yoshgacha bolalari bo‘lgan shaxslar; 
    g) belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar; 
    13. Xodim ish beruvchidan ishga qabul qilishni rad etish sabablarini yozma 
    ravishda asoslashni talab qilishga haqlidir. Ish beruvchi uch kun ichida unga 
    yozma asos ko‘rsatishi shart. Homilador ayollarga va uch yoshgacha bolasi 
    bo‘lgan ayollarga ish beruvchining agar ular shunday talab bilan murojaat etmagan 
    taqdirda ham ishga qabul qilishni rad etish sababi yozma ravishda tushuntiriladi. 
    Ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganda xodim belgilangan tartibda 
    nazorat qiluvchi organ yoki sudga shikoyat qilishga haqlidir. 
    14. Ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasida dastlabki sinov 
    to‘g‘risida shartlashilgan bo‘lishi mumkin. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda 
    xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Sinov to‘g‘risidagi 
    shart ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda aks ettiriladi. Dastlabki sinov bilan 
    ishga qabul qilingan xodimning mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish haqidagi 
    yozuv dastlabki sinov haqidagi shartlar ko‘rsatilmagan holda kiritiladi. 



    Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Dastlabki 
    sinovning aniq muddati (uch oy doirasida) mehnat shartnomasi taraflarining 
    kelishuvi asosida belgilanadi. Taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati 
    tugagunga qadar ish beruvchi (sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgan taqdirda), 
    shuningdek, xodim (mehnatga oid munosabatlarni davom ettirish istagi bo‘lmagan 
    taqdirda) ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat 
    shartnomasini bekor qilishga haqli. 
    Agar taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati tugagunga qadar 
    taraflardan birortasi mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmasa, mehnat 
    shartnomasining amal qilishi davom etadi va uni bundan keyin bekor qilishga 
    umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi. 
    Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va uzrli sabablarga 
    ko‘ra xodim ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga 
    kiritilmaydi. 
    Dastlabki sinov davrida xodimga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va 
    oliy ta’lim muassasasi xodimlari uchun belgilangan mehnat shartlari to‘liq tatbiq 
    etiladi. 
    Xodimni boshqa ishga o‘tkazishda sinov muddati belgilanishiga yo‘l 
    qo‘yilmaydi. 
    Quyidagilar bilan mehnat shartnomasi tuzish davrida dastlabki sinov 
    muddati qo‘llanilmaydi: 
    homilador ayollar, shuningdek, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar; 
    o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda oliy o‘quv yurtlarining 
    tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi 
    bor ishga kirayotgan bitiruvchilar; 
    olti oygacha muddatga ishga qabul qilinayotganlar; 
    oliy ta’lim muassasasi uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga 
    yuborilgan shaxslar. 
    15. Oliy ta’lim muassasasiga ishga qabul qilish belgilangan tartibda 
    tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi. 
    16. Ishga qabul qilish jarayonida yoki xodim uning roziligi bilan boshqa 
    ishga o‘tkazilayotganda oliy ta’lim muassasasi: 
    unga yuklatilgan mehnat vazifalari doirasi, huquq va majburiyatlari, mehnat 
    va mehnatga haq to‘lash shartlari; 
    mazkur Qoida, jamoa shartnomasi, lavozim yo‘riqnomasi va xodimning 
    mehnat faoliyatiga oid boshqa hujjatlar; 
    oliy ta’lim muassasasining Odob-axloq kodeksi; 



    oliy ta’lim muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati) 
    bilan; 
    oliy ta’lim muassasasi xodim, talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan 
    korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish 
    holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi nizom; 
    mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish 
    sanitariyasiga doir qoida bilan xodimni tanishtirishi lozim. 
    17. Oliy ta’lim muassasasida besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga 
    Kadrlar bo‘limi tomonidan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi 
    yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 402, 1998 yil 29 yanvar) qoidaiga muvofiq mehnat 
    daftarchasi yuritiladi, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. 
    SHuningdek, 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Vazirlar 
    Mahkamasining
    2019 yil 5 dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat 
    tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini 
    ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish 
    tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga asosan “Yagona milliy mehnat tizimi” 
    idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron mehnat daftarchalarini 
    shakllantirish va yuritish ta’minlanadi. 
    18. Ish beruvchi va oliy ta’lim muassasasining mansabdor shaxslari 
    xodimdan uning mehnat majburiyatlariga kirmaydigan ishlarni bajarish, qonunga 
    zid harakatlarni sodir etish, shuningdek, xodimning yoki boshqa shaxslarning 
    hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, or-nomusi va sha’nini kamsitadigan 
    harakatlar sodir etishni talab qilishga haqli emas. 

    Download 1,38 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv

    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish