9-bob. Yakuniy qoida 93. Oliy ta’lim muassasasi rektori va prorektorlari tomonidan fuqarolarni
qabul qilish tegishli tartibda tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
94. Mazkur qoida bilan barcha ishga kiruvchilar va talabalar imzo orqali
xodimlar bo‘limi tomonidan tanishtiriladi.
95. Har bir xodim qonun hujjatlari, mazkur qoida, oliy ta’lim
muassasasining boshqa ichki hujjatlari va mehnat shartnomasida belgilangan
huquqlarini qonunchilikda nazarda tutilgan vositalar va usullar orqali himoya
qilishga, o‘zining huquqlari buzilgan deb hisoblaganda mustaqil ravishda yoki oliy
ta’lim muassasasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi orqali ish beruvchiga murojaat
qilishga haqlidir. Ushbu murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, natijasi
haqida xodimga ma’lum qilinadi.