-bob. Ta’limni tashkil etish tartibi, mehnat va o‘quv intizomi




Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi1,38 Mb.
#149410
1   2   3   4   5   6   7   8
4-bob. Ta’limni tashkil etish tartibi, mehnat va o‘quv intizomi 
46. Oliy 
ta’lim 
muassasasida 
o‘quv 
yili, 
qoida 
tariqasida,
2 sentyabrdan boshlanadi. O‘quv mashg‘ulotlari o‘quv reja va o‘quv dasturlariga 
mos ravishda tuzilgan dars jadvallariga asosan olib boriladi.
47. O‘quv mashg‘ulotlari dars jadvali elektron oliy ta’lim muassasasi ta’lim 
platformasida semestr uchun tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlanadi va semestr 
boshlanishidan oldin talabalar, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanatlari va 
boshqa tuzilmalarga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va 
innovatsiyalar vazirligi topshiriqlari, oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarorlari, 
O‘quv-uslubiy boshqarma tavsiyasiga binoan fakultativ mashg‘ulotlar alohida 
jadval asosida o‘quv jarayoniga kiritilishi mumkin. 
48. Talabalarga o‘quv yili davomida ikki marotaba umumiy davomiyligi 8-
10 haftaga teng bo‘lgan ta’tillar beriladi. 
49. Oliy ta’lim muassasasida akademik soatning davomiyligi – 40 daqiqa 
deb belgilanadi va 80 daqiqadan iborat tanaffussiz qo’shma dars joriy etiladi. Har 
bir dars mashgulotlari o’rtasida 10 daqiqa tanaffus beriladi.
50. O‘qish 2 smenadan iborat tartibda tashkil etilganda smenalar orasidagi 
tanaffus 40 daqiqa etib belgilanadi. 
51. O‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi, ulardan har biri talabalar 
o‘zlashtirishi natijalarining yakunlanishi bilan tugallanadi. 


13 
52. Oliy ta’lim muassasasi jamoat, tashkiliy va ma’muriy ishlarni bajarishda 
ko‘maklashish, talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini samarali yo‘lga 
qo‘yish uchun fakultet dekanati tomonidan guruh sardorlari ular saylangunga qadar 
vaqtinchalik vazifasini bajarish uchun tayinlanadi. 
Guruh sardorlari o‘zining ish faoliyatini oliy ta’lim muassasasi Ustavi, 
mazkur qoida, oliy ta’lim muassasasining boshqa ichki lokal hujjatlari asosida olib 
boradi. Guruh sardorlari guruh murabbiyi (tyutori)ning tavsiyasiga ko‘ra 
guruhning umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Birinchi 
kursda guruh sardorlari fakultet dekani tomonidan vaqtinchalik vazifasini 
bajarishga tayinlanadi, keyinchalik bir oy ichida guruhning umumiy yig‘ilishida 
ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. 
53. Guruh sardori o‘z arizasiga muvofiq yoki zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni talab darajasida bajarmaganligi, guruh sardori obro‘siga putur 
etkazadigan xatti-harakatlarni sodir etganligi uchun fakultet dekanining taqdimiga 
ko‘ra muddatidan oldin vazifasidan ozod etilishi mumkin. 
Guruh sardorlari quyidagi vazifalarni bajaradi: 
yig‘ilishlarda talabalar nomidan ishtirok etish; 
o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yuzasidan fakultet dekanatiga 
takliflar kiritish; 
professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari 
sifati va talabalarning bilimini ob’ektiv baholash yuzasidan talabalarning fikr-
mulohazalarini fakultet dekanatiga etkazish; 
oliy ta’lim muassasasining ilmiy va jamoat ishlarida faol qatnashayotgan 
talabalarni rag‘batlantirish yuzasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi oliy ta’lim 
muassasasi boshlang‘ich tashkiloti, oliy ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi 
qo‘mitasi yoki fakultet dekanatiga takliflar kiritish; 
ushbu qoidada belgilangan majburiyatlarni bajarmayotgan talabalarga 
nisbatan chora ko‘rish yuzasidan fakultet dekanati, oliy ta’lim muassasasi Kasaba 
uyushmasi qo‘mitasi yoki O‘zbekiston yoshlar ittifoqi oliy ta’lim muassasasi 
boshlang‘ich tashkilotiga takliflar kiritish. 
54. Oliy ta’lim muassasasi rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va 
boshqa xodimlari, doktorantlari va talabalari mazkur qoida, oliy ta’lim muassasasi 
Ustavi, oliy ta’lim muassasasining Odob-axloq kodeksi, oliy ta’lim muassasasining 
korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), oliy ta’lim muassasasi xodim, 
talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir 
etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish 
to‘g‘risidagi nizom, oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari, 


14 
lavozim yo‘riqnomasi, tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar va boshqa lokal 
normativ hujjatlarda belgilangan talablarga qat’iy rioya etishlari shart. 
55. Mazkur Qoidaning 54-bandida ko‘rsatilgan talablardan tashqari: 
a) xodimlar va talabalar: 
talaba o‘quv mashg‘ulotlariga uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan 
holda bu haqida darhol fakultet dekanini xabardor qilib, asoslantiruvchi hujjatlarni 
taqdim etish; 
oliy ta’lim muassasasi faoliyat samaradorligiga daxldor bo‘lish hamda uning 
rahbariyati (rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy 
bo‘linma rahbarlari) haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 
uzrli sabablarga ko‘ra ish (o‘qish)ga kelmagan xodim (talaba) tarkibiy 
bo‘linma rahbari (fakultet dekani) yoki Kadrlar bo‘limini ogohlantirish hamda ish 
(o‘qish)ga chiqqan kuni asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish; 
texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘indan saqlash qoidai 
va me’yorlariga rioya etish; 
oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining roziligisiz o‘quv binosi va 
auditoriyalarga turli jihozlarni, begona shaxslarni olib kirmaslik va olib 
chiqmaslik; 
b) doktorant (mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilar): 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2017 
yil
22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga 
qo‘yiladigan davlat talablari va Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi 
nizom qoidaiga qat’iy rioya qilish; 
doktorlik dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi ish rejasiga ega 
bo‘lish va uni to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarish; 
doktorlik dissertatsiyasini muddatida tayyorlash va Ilmiy kengashga himoya 
uchun taqdim etish; 
biriktirilgan tarkibiy bo‘linma bilan doimiy aloqada bo‘lish, tarkibiy 
bo‘linmaning faoliyati yo‘nalishi bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish; 
uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishga kelmagan doktorant Ilmiy bo‘lim va 
biriktirilgan tarkibiy bo‘linma rahbarini ogohlantirish hamda o‘qishga kelgan 
kunida asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish; 
oliy ta’lim muassasasida haftasiga 20 soat bo‘lish (xizmat safari hamda 
ruxsat etilgan xorij safarlarida bo‘lish, aloqa xatlariga asosan boshqa tashkilotlarda 
tadqiqot olib borish bundan mustasno); 
oliy ta’lim muassasasi va boshqa muassasalarda o‘tkaziladigan anjumanlarda 
ishtirok etish, shuningdek, boshqa mutasaddi tashkilotlardan kelgan ilmiy 


15 
tadqiqotlar bo‘yicha hujjatlar ijrosini ta’minlash va qonun loyihalarini tayyorlashda 
ishtirok etish; 
oliy ta’lim muassasasi rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tegishli 
tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida 
va sifatli bajarish; 
davlat, jamiyat va jamoat manfaatlariga doir harakatlar qilganda, vaqtincha 
mehnatga layoqatsiz bo‘lganda, akademik ta’til olish uchun asoslar vujudga 
kelganda hamda boshqa uzrli sabablar mavjudligida bo‘ysunuv tartibida yuqori 
turuvchi rahbarni xabardor qilishga majbur. 
56. To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni moddiy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi 
mumkin. 
57. Oliy ta’lim muassasasiga xorijdan hamda respublikaning uzoq shahri va 
viloyatlaridan kelib ta’lim olayotgan talabalar belgilangan mezonlar asosida 
komissiya xulosasiga ko‘ra hamda oliy ta’lim muassasasi rektorining tegishli 
buyrug‘iga asosan Talabalar turar joylariga joylashtiriladi. 
58. Talabalar turar joylariga joylashish uchun talaba ariza bilan murojaat 
qiladi hamda tegishli hujjatlarni ilova qiladi. Mazkur murojaat o‘rnatilgan tartibda 
oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya 
tomonidan hamda belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi. 
59. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar, qoida tariqasida, 
belgilangan tartibda vaqtincha hisobga olinadi. 
60. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar Talabalar turar 
joylari to‘g‘risidagi nizom, mazkur qoida hamda Talabalar turar joylari xona va 
jihozlaridan foydalanish bo‘yicha lokal hujjat va shartnomalarda belgilangan 
huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni bajaradi. 

Download 1,38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Ta’limni tashkil etish tartibi, mehnat va o‘quv intizomi

Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish