Bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv




Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi1,38 Mb.
#149410
1   2   3   4   5   6   7   8
8-bob. Alohida qoida 
90. Karantin yoki shu kabi xodim o‘z mehnat vazifalarini ish joyi (oliy 
ta’lim muassasasi binosi)da amalga oshirishini taqiqlovchi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda cheklovlar o‘rnatilgan hollarda ish beruvchi xodimning 
roziligi bilan uni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda 
ishlash rejimiga o‘tkazishi mumkin. Bunda: 
xodimning mehnat majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
jihozlar va/yoki texnika vositalari zaruriyatga ko‘ra xodimning yozma talabiga 
muvofiq ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi; 
ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan jihozlar va texnikalar xodimning 
aybi bilan buzilganda etkazilgan zarar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xodim 
tomonidan ish beruvchiga qoplab beriladi; 
xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun shaxsiy jihozlar va/yoki 
texnika vositalaridan, shuningdek, aloqa vositalari, jumladan, internet tarmog‘idan 


21 
foydalangan taqdirda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmagan 
miqdorda xarajatlar ish beruvchi tomonidan xodimga qoplab beriladi; 
ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda ish beruvchi xodimni bir kun oldin 
aloqa vositalari orqali ogohlantirib, uni buyruq asosida doimiy ish joyiga 
o‘tkazadi; 
xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi elektron hujjat almashish yo‘li orqali 
aloqalar oliy ta’lim muassasasining ichki lokal hujjatlari hamda boshqa qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
masofaviy ish usuli (uyda ishlash)ga o‘tkazilgan xodimning ta’tillar 
jadvaliga muvofiq mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha 
nafaqa olish hamda qonun hujjatlarida va oliy ta’lim muassasasi jamoa 
shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlanib qolinadi. 
Masofadan ish deganda xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan 
mehnat majburiyatlarini ish beruvchining joylashgan hududidan tashqarida, 
bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘lgan doimiy ish joyi, hudud yoki ob’ektdan 
tashqarida bajariladigan ish usuli tushuniladi. 
91. Masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga 
o‘tish huquqidan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati 
cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi. 
92. Xodimni masofaviy ishga vaqtinchalik o‘tkazishda ish beruvchi 
tomonidan vaqtinchalik masofaviy ish rejimiga o‘tkazish haqida muddati 
ko‘rsatilgan buyruq chiqariladi. 

Download 1,38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv

Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish