|
Masofaviy ta’lim texnologiyalari
|
bet | 1/13 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #273423 |
Bog'liq 4.1.1. bob
4.2.1. Masofaviy ta’lim tushunchasi, uning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi. Masofaviy ta’limni tashkil etish, boshqarish, modellari va uni amalga oshirish bosqichlari. Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari.
Kompyuter texnologiyalari asosidagi masofaviy o‘qitish (MO‘) texnik infratuzilmaga asoslangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: kompyuter (o‘quv ma’lumotini joylashtirish va namoyish qilish vositasi sifatida) va kompyuter tarmog‘i (o‘quv ma’1umotidan foydalanish imkonini beruvchi vosita sifatida). Hozirgi paytda yaratilayotgan masofadan o‘qitish tizimlari bir qancha tamoyillarga asoslanadi. Bu tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘quv materialining tarqalishi tamoyili, o‘quv materialining interaktivligi tamoyili, o‘quv materialining multimediaviy tasvirlanishi tamoyili, o‘quv materialining o‘rganuvchi shaxsiy xususiyatlariga moslashuvchanligi tamoyili va h.k. Axborot o‘quv manbalarini ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: o‘rganuvchi kompyuterida mavjud bo‘lgan (lokal komponentlar) va o‘quv markazi kompyuterida joylashgan (tarmoq komponentlari) o‘quv manbalari.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari
Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Interaktiv texnologiyalar:
internet masofaviy ta’lim portali;
video va audio konferensiyalar;
elekron pochta orqali ta’lim;
internet orqali mustakil ta’1im olish;
uzoqdan boshqarish tizimlari;
onlayn simulyator va o‘quv dasturlari;
test topshirish tizimlari.
Interaktiv bo‘lmagan texnologiyalar:
Video va audio konferensiyalar - bu Internet va boshqa telekomunikatsion aloqa kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion holatda bir-biri bilan bog‘lab ta’lim olish yo‘li. Video va audio konferensiyalar uchun katta xajmda maxsus texnika, yuqori tezlikga ega bo‘lgan aloqa kanali va o‘qitishni tashkil qilish uchun xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish talab etiladi.
Internet orqali mustaqil ta’1im olish – Internetdagi ko‘pgina saytlarda joylashgan katta xajmdagi ma’lumotlar ustidan mustaqil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yo‘li. Elektron pochta orqali ta’lim-ommaviy Internet xizmatlaridan foydalangan holda talaba va o‘qituvchi o‘rtasida xatlar orqali muloqot o‘rnatib ta’lim olish yo‘li. U yordamida xar xil test, vazifa, savol-javob va ko‘rsatmalarni (matn, grafika, multimediya, dasturlar va boshqa ko‘rinishda) yuborish hamda qabul qilish mumkin.
|
| |