• Ruxsat etilgan guruhlar
  • Majburiy ravishda
  • Tushunarlilik
  • Kodli so‘z
  • Masofaviy ta’lim texnologiyalari




    Download 1,21 Mb.
    bet9/13
    Sana04.10.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #273423
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    4.1.1. bob

    Talabalarga bildirish - qiymatni jimlik qoidasiga ko‘ra qoldirish kerak!
    Me’yyor - qiymatni jimlik qoidasiga ko‘ra qoldirish kerak!
    Guruhli rejim - siz uchta guruhli rejimlardan birini tanlashingiz mumkin:
    Guruhlar yo‘q - talabalar guruhlarga bo‘linmaydi, ular bitta katta jamoa hisoblanadi.
    Alohida guruhlar - har bir guruh talabasiga o‘zining guruhi yagona hisoblanadi, ularga boshqa guruhlar ko‘rinmaydi.
    Ruxsat etilgan guruhlar - har bir guruh talabalari faqat o‘zining guruhi chegarasida faoliyat yuritadi, ammo boshqa guruhlar ishini ko‘rishi mumkin.
    Kurs darajasida aniqlangan, guruhli rejim, kursda yaratiladigan barcha elementlar uchun jimlik qoidasiga ko‘ra rejim hisoblanadi.
    Majburiy ravishda - guruhli rejimni o‘z ichiga oluvchi kursning har bir elementi uchun o‘ziga tegishli guruhli rejimni ko‘rsatishi mumkin. Agar kurs uchun "majburiy guruhli rejim" o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda kursning ixtiyoriy elementida guruhli rejimni o‘rnatish tashlab yuboriladi.
    Tushunarlilik - bu sozlash sizga kursni talabalardan to‘liq "yashirish"ga imkon beradi. Kurs joriy kurs o‘qituvchisi va administratoriga tegishli bo‘lgan katalog va ro‘yxatlardan tashqari, bironta katalog va ro‘yxatda tasvirlanmaydi. Hatto agarda talabalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri URL-manzil bo‘yicha kirishga ruxsat olmoqchi bo‘lsa ham, ularning kirishiga ruxsat berilmaydi.
    Kodli so‘z - kodli so‘z (parol) kursingizga begona kishilarning kirishiga ruxsat bermaydi.
    Bo‘sh maydon saytning ixtiyoriy foydalanuvchisi kursingizga yozilishi mumkinligini bildiradi. Agar siz shu maydonga so‘z yoki jumla kiritsangiz, u holda har bir talaba kursga yozilishi uchun shu so‘zni maydonga yozishi kerak bo‘ladi. Siz talabalarga kalit so‘z haqida e-mail orqali yoki o‘zaro suhbatda, masalan, ma’ruzada xabar berishingiz mumkin. Agar ma’qui bo‘lmagan talabalar kodli so‘zni topib, kursga yozilgan bo‘lsa, qatnashchilar ro‘yxatidan foydalanib, ularni kursdan o‘chirishingiz mumkin. Keyin kodli so‘zni o‘zgartiring: bu kursga yozilgan talabalarga hyech qanday ta’siri yo‘q.

    Download 1,21 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masofaviy ta’lim texnologiyalari

    Download 1,21 Mb.