|
Format-kalendar (CSS/jadvallarsiz)
|
bet | 11/13 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #273423 |
Bog'liq 4.1.1. bobFormat-kalendar (CSS/jadvallarsiz) (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun) - format-kalendar ga xos, ammo kontentni tasvirlash uchun jadvallar ishlatilmaydi. Bu formatning tushunarliligini oshiradi, ammo eski brauzerlarda uni tasvirlashda muammolar mavjud.
Format-sahifa (nostandartli) - bu format Moodle kursining "Kitob" elementi formatiga juda ham o‘xshash. Kurs formati blok va bo‘limlarni 3 ustun bo‘yicha joylashtiradigan mavzular va kurs bo‘yicha navigasiyani, resurslarni, forumlarni, topshiriqlarni va b.larni tasvirlashni ta’minlaydigan menyu modullaridan iborat [27].
Bloklar bilan ishlash
Bloklar - bu umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan, kurs bilan ishlaydigan havola va boshqa vositalarning soha bilan chegaralangan guruhidir.
Bloklarni sahifa chetlaridagi ustunlarga joylashtirish, talabalarga ko‘rsatish yoki ulardan yashirish yo to‘liq o‘chirish mumkin. Bloklarning bir qismi kursga jimlik qoidasiga ko‘ra o‘rnatiladi:
Qatnashuvchilar. Havola kursning barcha qatnashchilari ro‘yxatiga olib keladi. Qatnashchi familiyasiga bosish orqali u haqida to‘liq ma’lumotni olishingiz mumkin.
Forum bo‘yicha izlash. Kurs forumlari bo‘yicha to‘liq matnli izlashni amalga oshiradi. Kengaytirilgan izlash funksiyasi mavjud.
Boshqaruv. Kursni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Aniq ishlarga tez o‘tishni ta’minlaydi.
Mening kurslarim. Blokda foydalanuvchi (o‘qituvchi yoki talaba rolida ishtirok etuvchi) kurs qatnashchisi hisoblanadigan saytning barcha kurslari tasvirlanadi.
Yangiliklar forumi. Blok orqali kursning yangiliklar forumidagi oxirgi xabarlarga murojaat qilish mumkin.Talaba uning yordamida berilgan xabarni ochishi, o‘qituvchi esa yangi mavzuni qo‘shishi mumkin.
Kelayotgan hodisalar. Blokda kursda yaqin vaqtlarga rejalashtirilgan hodisalar (ularning sanasi va vaqti) tasvirlanadi.Havolalar kursda bajarish uchun bu topshiriqlarni ochishga ruxsat beradi.Tasvirlanadigan havolalar soni Kalendar blokida foydalanuvchi tomonidan quriladi.
|
| |