|
Mehmon uchun ruxsatli kirish
|
bet | 10/13 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #273423 |
Bog'liq 4.1.1. bobMehmon uchun ruxsatli kirish - tavsiya etiladigan qiymat - "Mehmonga ruxsat yo‘q".Siz kursga mehmon kirishiga ruxsat berishingiz mumkin. Bunday holda Internetning ixtiyoriy foydalanuvchisi identifikasiya sahifasidagi "Mehmon bo‘lib kirmoq" tugmasini bosib, kursga kirishi mumkin.Mehmon har doim "faqat o‘qish uchun" ruxsatiga ega, ya’ni u bironta xabar tashlashi yoki talaba ishiga aralashishi mumkin emas.
Mehmon uchun ruxsatli kirish - bu kursni hamkasblaringizga ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat. U yana kursni talabalarning kursga yozilishi uchun kerakliligini tekshirish sifatida ishlatish uchun ham muhim.
Narxi - maydonni bo‘sh qoldiring!
Majburiy til - tavsiya etiladigan qiymat - "majbur qilinmaydigan". Bu holda har talaba o‘zi uchun interfeys tilini tanlashi mumkin [25].
Kurs formatlari
Endi Moodle kursida ishlatiladigan formatlar bilan tanishamiz:
Format-kalendar - kurs materiallari bo‘limlarning boshlanish va oxirgi sanasi bo‘yicha tashkillashtirilgan. Kurs sig‘imi bir hafta bo‘lgan bo‘limlardan (seksiyalardan) iborat. Har bir bo‘limga bir hafta ichida o‘rganish uchun resurslar, forumlar, nazorat testlari va b. larni qo‘shishingiz mumkin. Bo‘limlarning maksimal soni – 52 ta.
Format-struktura - har bir "haftani" mavzu deb atashdan tashqari, har haftalik formatga o‘xshashdir. Mavzu muddat bilan chegaralanmaydi. Siz format- strukturani qo‘llab, kursni yaratayotgan vaqtda o‘zingizning kursingizda mavzular sonini ko‘rsatishingiz kerak. Moodle har bir mavzu uchun bo‘lim (seksiya) yaratadi. Bo‘limlarning maksimal soni – 52 ta.
Format-forum - kurs bosh sahifada tasvirlangan bitta sosial forum кo‘ rinishida tashkillashtiriladi.
Bu bizning nazarimizda o‘quv kursi emas. U fakultet yoki kafedraning e’lonlar doskasi ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin.
LAMS formati (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun). LAMS - O‘qitishni Boshqarish Tizimi - ochiq LAMS hisoblanadi. LAMS Moodle kursi sohasida LAMS imkoniyatlaridan o‘qituvchilar foydalanishi uchun Moodle bilan birlashtirilgan. LAMS kurs formatini ishlatishda administrator bilan maslahatlashing.
Juda kam korxonalar LAMS ni ishlatadi, chunki u Moodle ning ko‘pgina fimksional imkoniyatlarini takrorlaydi.
SCORM formati (Moodle 1.6 va undan yuqorilar uchun). SCORM o‘quv materiallarini yaratishning mustaqil standard hisoblanadi. SCORM paketlari - o‘quv kontentlari va Java Script ssenariylarining mustaqil bloklari bo‘lib, ular Moodle ga talabaning bahosi va kursning o‘tishi haqidagi ma’lumotlarni jo‘natishi mumkin.
|
| |