• Test topshirish tizimlari
  • Masofaviy o‘qitish modellari Birlamchi model.
  • Ikkilamchi model.
  • Masofadan boshqarish tizimlari




    Download 1,21 Mb.
    bet2/13
    Sana04.10.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #273423
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    4.1.1. bob

    Masofadan boshqarish tizimlari - murakkab dastur, tizim va uskunalarni real holatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus tizimlar yordamida 16 bilim olish yo‘li. Masofadan boshqarish tizimlarining asosiy vazifasi talabaga faqatgina amaliy bilimlarni berishdan iborat bo‘lishi mumkin.
    Simulyator, elektron darsliklar va o‘quv dasturlar - nazariyva amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali talabalarga offlayn holatida yetkazish yo‘li. Simulyator va elektron dasrliklar xozirgi kunda ta’1im sohasida juda keng qo‘llanilmoqda.
    Test topshirish tizimlari - bu maxsus dasturlar yordamida talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini tekshirib, ularni baholash uchun xizmat qiladi.
    Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (on- layn resurslar) bo‘lib, ularning asosiy vazifasi ta’lim jarayonini tashkil qilish, talaba va o‘qituvchi o‘rtasida elektron on-layn muloqotni o‘rnatish, o‘qituvchilarga o‘quv materiallarni joylashtirish va talabalarga ushbu ma’1umotlar bilan ishlashga hamda boshqa masofaviy ta’lim servislaridan foydalanishga imkoniyat yaratishdan iborat.
    Masofaviy o‘qitish modellari
    Birlamchi model. Ushbu model fakat masofaviy o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo‘limlar bo‘lishi shart.Shunday o‘quv kurslarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va erkinliklar beriladi . Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin.
    Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruxda bir xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o‘quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga karaganda ko‘p. Ushbu masofaviykurslarpedagogika va uslubiyotdagi yangi yo‘nalishlarni izlanishlarida qo‘llaniladi.
    Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin.

    Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,21 Mb.