|
Masofaviy ta’lim texnologiyalari
|
bet | 3/13 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #273423 |
Bog'liq 4.1.1. bobAralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlirini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O‘quvchilar o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar utkazish ham kiradi. Bu modelga misol qilibYangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin.
Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashishni talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv kurslarni tashkil qilib ishini ta’minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilarni ta’minlaydi.Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o‘rnida ta’lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur bo‘ladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O‘quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin.
Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o‘zlari yaratgan o‘quv kurslar bilanalmashishadi.Masofaviy ta’lim-sohasida-yetakchi-bo‘lgan o‘quv muassasa bu sohada ilk qadam qo‘yadigan muassasaga o‘zining o‘quv kurslarni taqdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o‘quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi.Bu modelga misol qilib Ochiq Universitet Biznes maktabi va Sharkiy Yevropa Universitetlari bilan bo‘lgan hamkorligi bo‘lishi mumkin.
Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo‘lgan munosabatlariga o‘xshash. Bu modelda bitta universitet o‘quv diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o‘quvchilarni ta’minlaydi.
Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modeldaaxborot va kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o‘quv muassasada bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslar video konferentsiyalar, radiotranslyatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron tele kursatuvlar ko‘rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o‘quvchilar kunduzgi ta’limda qatnashmaydi. Bu modelga misol qilib AQShning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radiova televidenie Universitetidagi ta’limni olish mumkin.
Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi.Asosiy ish masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to‘plangan ilmiy-metodik markazga tushadi.Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga namoyish qilinib o‘z vazifasini bajargandan keyin to‘xtatiladi. Bu modelga misol qilib Afrika,Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi o‘tkazilgan har xil kurslar bo‘lishi mumkin.
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa chiqaradi. Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning management systems)dan foydalaniladi.
|
| |