|
Masofaviy ta’lim texnologiyalari
|
bet | 4/13 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #273423 |
Bog'liq 4.1.1. bobMasofaviy o‘qish - zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi. U o‘quvchiga ma’lum standartlar, ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘qituvchi bilan muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchi uchun esa maxsus axborot muhiti yordamida o‘z o‘quv materiallarini o‘quvchiga taqdim etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini masofa-dan turib kuzatib borish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS - learning management systems) - bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.
Learning - o‘qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin. Bunday baza mavzu
bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.
Management - boshqaruv. Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi) boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi. System - elektron tizim. LMS o‘qituvchining o‘rniga har bir o‘quvchi berilgan topshiriq yoki testni qancha vaqtda va qanday topshirganini tekshirib, qayd etib boradi. Hisobotlar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini kuzatib borishi ham mumkin.
LMS platformalari uch turga bo‘linadi: bulutli platformalar,serverga asoslangan va CMS bilan integratsiyalangan LMSlar.
Bulutli platforma - o‘z xizmatlarini foydalanuvchi resurslariga bog‘liq bo‘lmagan holda taqdim etuvchi platforma.
Korporativ - bir vaqtda bir necha hududdan turli pog‘onalarda boshqariluvchi tarmoq.
LMSning bulutli platformalari: iSpring learn, Google classroom, Schoology, Loop, Learn Amp va boshqalar.
Serverga asoslangan LMSlar: Moodle, BlackBoard, Canvas, Absorb LMS va boshqalar.
|
| |