• Moodle platformasi haqida tushuncha Moodle
  • e-learning
  • CMS bilan integratsiyalashgan L




    Download 1,21 Mb.
    bet5/13
    Sana04.10.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #273423
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    4.1.1. bob

    CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarda LMS funksiyalarini bajaruvchi maxsus dasturlar CMSga qo‘shiladi va CMSning imkoniyatlarini kengaytirib beradi. CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar bilan ishlovchi qism xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi.


    Moodle platformasi haqida tushuncha
    Moodle - kurslarni boshqarish tizimi, bundan tashqari, o‘quv jarayonini boshqarish tizimi va virtual o‘qitish maydoni nomlari bilan ham mashhur. Ochiq kodli GNU GPL lizentsiyasi asosida tarqatiluvchi online ta’lim jarayonini tashkil etuvchi saytlarni yaratish uchun Martin Dougiamas tomonidan yaratilgan maxsus dastur. Dunyo miqyosida 2011 yil dekabr xolatiga ushbu platformadan foydalanuvchi 72 177 ta saytlar ro‘yxatdan o‘tgan va tekshirilgan. Ulardagi jami kurslar soni 5.8 million va foydalanuvchilar soni 57 milliondan ortiqni (57.112.669) tashkil etadi.
    Moodle - Modular Objest-Oriented Dynamis Learning Environment so‘zlarining qiskartmasidan pay do bo‘lgan so‘z bo Tib, modullar ob’ektga yo‘naltirilgan dinamik o‘quv platformasi ma’nosini beradi.
    Moodle(modulli obyektga yo‘naltirilgan dinamik o‘quv muhiti) o‘zida tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi:

    • Saytni boshqarish tizimi (CMS);

    • Ta’limni boshqarish tizimi (LMS);

    • Ta’limning virtual muhiti (VLE).

    Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartigi mos sertifikatga ega.
    Moodle - bu o‘qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko‘pincha e-learning tizimlarni o‘qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o‘qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi.
    Moodle - bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta’lim Web-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o‘qitishni ishlatish yotadi. Axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’limni qo‘llab - quwatlash platformasini yaratish g‘oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi. Moodle keng tarqalgan WebCT va Blackboard tijorat e-learning platformalarining o‘rnini bosish uchun emas, balki o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida yaratilishi kerak edi. Ammo, Moodle arxitekturasi va bu platformaga qo‘yilgan prinsiplar shunchalar omadli bo‘ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi. Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o‘qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko‘pgina talablarini qanoatlantiradi.
    Moodle masofaviy sohada o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quwatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi - o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazorati. Moodle da 15 tipli interaktiv o‘quv materiallari ko‘rib chiqilgan. Bu tiplarning har biri ko‘plab imkoniyat va xususiyatlarga ega.

    Download 1,21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,21 Mb.