3-ma'ruza. Ommaviy onlayn ochiq kurslar




Download 159,36 Kb.
bet1/4
Sana28.09.2024
Hajmi159,36 Kb.
#272795
  1   2   3   4
Bog'liq
04-maruza.-OOOK

3-ma'ruza. Ommaviy onlayn ochiq kurslar


Reja:

  1. Ommaviy onlayn ochiq kurslarining modellari

  2. Nufuzli universitetlarning onlayn kurslari



    1. Ommaviy onlayn ochiq kurslarining modellari


Ommaviy onlayn ochiq kurslar (OOOK) butun dunyoda Massive Open On- line Courses (MOOC) deb yuritiladi1.
Ommaviy (Massive) so'zi katta auditoriyani o'z ichiga olishini bildiradi. Ommaviy so'zi tizimda talabalar o'zaro cheksiz muloqot qilishlari mumkinligini ham bildiradi.
Ochiq (Open) deb atalishiga sabab bu tizimdan erkin, ochiq foydalanish mumkinligidir. Ba'zi tijorat firmalari faqat pullik tizimda faoliyat yuritsa ham, lekin ko'pchilik ma'lumotlar va o'quv jarayonlarini bepul tashkil qilish imkoniyati ham mavjud.
Onlayn (On-line) deyilishi o'z-o'zidan aniq, chunki barcha jarayonlar internet tarmog'ida real vaqtda amalga oshiriladi. Tizimni kompyuterga ko'chirib, avtonom tarzda ishlab bo'lmaydi.
Kurs (Courses) so'zi axborotlar ma'lum bir yo'nalish bo'yicha jamlanganligini, ular eng zamonaviy usulda pedagogika va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanib tashkil etilganligini anglatadi.
OOOK o'z rivojlanish tarixida quyidagi formatlarda amaliyotga joriy etilgan: xMOOCs, cMOOCs i quasi-MOOCs.
xMOOCs formati an'anaviy universitet modeliga mos keladi (Coursera, edX, Udacity). Bu format 2011 yilda joriy etilgan. Bun tizimda o'qituvchi juda tajribali bo'lishi talab etiladi va talaba iste'molchi sifatida tashkil qilingan. Ma'ruzalar 3-30 minutdan oshmaydi. O'qituvchi bilan to'g'ri va teskari muloqot tashkil qilinmagan (bahs-munozaralardan tashqari). Coursera va Udacity talabalarni ko'proq jonli uchrashuvlar o'tkazishga chorlaydi.
cMOOC formati pedagogik muloqot modeliga asoslanilgan. Bunda bilimlar tizimiga tarmoqdagi jarayon, tarmoqni tashkil qilish, ma'lumot qo'shish, olish va chiqish faoliyatlari sifatida qaraladi. Har bir talaba o'zicha texnologiyani tanlaydi, unga infrastrukturani tashkil qilishda administratorlar yordam berishadi.

Download 159,36 Kb.
  1   2   3   4




Download 159,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-ma'ruza. Ommaviy onlayn ochiq kurslar

Download 159,36 Kb.