Masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarish. Ommaviy onlayn ochiq kurslar.
Reja:
Ommaviy onlayn ochiq kurslarining modellari
Nufuzli universitetlarning onlayn kurslari
Ommaviy onlayn ochiq kurslarining modellari
Ommaviy onlayn ochiq kurslar (OOOK) butun dunyoda Massive Open Online Courses (MOOC) deb yuritiladiI.
Ommaviy (Massive) so'zi katta auditoriyani o'z ichiga olishini bildiradi. Ommaviy so'zi tizimda talabalar o'zaro cheksiz muloqot qilishlari mumkinligini ham bildiradi.
Ochiq (Open) deb atalishiga sabab bu tizimdan erkin, ochiq foydalanish mumkinligidir. Ba'zi tijorat firmalari faqat pullik tizimda faoliyat yuritsa ham, lekin ko'pchilik ma'lumotlar va o'quv jarayonlarini bepul tashkil qilish imkoniyati ham mavjud.
Onlayn (On-line) deyilishi o'z-o'zidan aniq, chunki barcha jarayonlar internet tarmog'ida real vaqtda amalga oshiriladi. Tizimni kompyuterga ko'chirib, avtonom tarzda ishlab bo'lmaydi.
Kurs (Courses) so'zi axborotlar ma'lum bir yo'nalish bo'yicha jamlanganligini, ular eng zamonaviy usulda pedagogika va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanib tashkil etilganligini anglatadi.
OOOK o'z rivojlanish tarixida quyidagi formatlarda amaliyotga joriy etilgan: xMOOCs, cMOOCs i quasi-MOOCs.
xMOOCs formati an'anaviy universitet modeliga mos keladi (Coursera, edX, Udacity). Bu format 2011 yilda joriy etilgan. Bun tizimda o'qituvchi juda tajribali bo'lishi talab etiladi va talaba iste'molchi sifatida tashkil qilingan. Ma'ruzalar 3-30 minutdan oshmaydi. O'qituvchi bilan to'g'ri va teskari muloqot tashkil qilinmagan (bahs-munozaralardan tashqari). Coursera va Udacity talabalarni ko'proq jonli uchrashuvlar o'tkazishga chorlaydi.
cMOOC formati pedagogik muloqot modeliga asoslanilgan. Bunda bilimlar
tizimiga tarmoqdagi jarayon, tarmoqni tashkil qilish, ma'lumot qo'shish, olish va chiqish faoliyatlari sifatida qaraladi. Har bir talaba o'zicha texnologiyani tanlaydi, unga infrastrukturani tashkil qilishda administratorlar yordam berishadi.
quasi-MOOC formali tarmoqdagi o'qitish dasturlari sifatida joriy etilgan (Khan academy, OpenCourseWare MIT - OCW). Texnik jihatdan olib qaraganda bular kurslar emas, balki ma'lum masalani yechishga yo'naltirilgan asinxon resurslardir (masalan, algebra bo'yicha masalani yechish). Ulardan ba'zi xorijiy oliy o'quv yurtlarida kreditlar to'plashda foydalanishadi.
Quyidagi sxemada OOOK modellarining rivojlanishi ko'rsatilgan.
1-rasm. OOOK modellarining rivojlanishi
Internet orqali o'quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga mo'ljallangan “Ochiq darsxona” (Open courseware) deb nomlanuvchi elektron tizim bundan o'n yilcha muqaddam MIT tomonidan tashkil etilgan edi.
rasm. Ommaviy onlayn ochiq kurslarda tashkillashtirilgan kurslarning ko'rinishlari: a) jonli videoma'ruza; b) mono-leksiya; c) yozma konspekt asosida tushuntirish; d) multimediali interfaol ma'ruza.
Shundan so'ng yuzlab boshqa kollej va universitetlar ham o'quv materiallarini internetga barcha uchun bepul va ochiq qo'yish amaliyotini yo'lga qo'ydi. Bugunga kelib MIT va Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi bosqichga ko'tarishga qaror qildi.
Ular endi nafaqat kursda o'tiladigan materiallarni, balki darsning o'zini ham bepul taqdim etishmoqda.
Stenfordda dastlab “Sun'iy intellekt faniga kirish” (Introduction to Artificial Intelligence) nomli bepul “onlayn” kurs tashkil etilgan. Bu kursga dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba yozilgan. Ko'ngillilar yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga tarjima ham qilingan. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to'liq
tamomlab, imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan hamda ushbu kursni bitirganlik to'g'risidagi guvohnomaga ega bo'lishgan.
2012-yil Stenford universiteti yana beshta bepul “onlayn” kurslarini tashkil etdi. Ularda o'qiyotgan talabalarning soni yarim millionga yaqin.
Bu borada Massachusets texnologiya instituti ham faollik ko'rsatmoqda. O'quv yurti tashabbusi bilan internet orqali bepul darslar beradigan “MITx” nomli yangi notijorat tashkiloti tuzildi. “MITx” qoshida ochilgan birinchi kurs - “Sxemalar va Elektronika” darsida qatnashish uchun 100 mingdan ziyod talaba ro'yxatdan o'tgan. “MITx” internet sahifasida yozilishicha, ro'yxatga yozilganlarning kamida 20 ming nafari dars mashg'ulotlarida to'liq va faol ishtirok etishmoqda.
Prinston universiteti, Berklidagi Kaliforniya universiteti, Michigan An-Arbor hamda Pensilvaniya universitetlari ham hamkorlikda bepul “onlayn” kurslarini tashkil etmoqda. Ushbu kurslar “Coursera” deb nomlangan internet saytida jamlangan. “Coursera”dan kurslarni ularning nomlari va yo'nalishi bo'yicha yoki ularni taqdim etayotgan universitetlar bo'yicha qidirib topish mumkin.
Bepul darslarni taqdim etuvchi yana bir sayt “Udacity” bo'lib, u ham “Coursera” bilan birgalikda Stenford universiteti mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan.
Nufuzli universitetlarning onlayn kurslari
Dunyoning nufuzli universitetlari taqdim etayotgan ushbu bepul “onlayn” kurslarining manzillari quyidagilar:
Coursera.org - https://www.coursera.org/
EdX - https://www.edx.org/
Udemy - https://www.udemy.com/
LinguaLeo - http://lingualeo.ru/
busuu - http: //www.busuu.com/enc/
TED - http: //www.ted.com
Coursera. Rasmiy sayti: www.coursera.org
Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bo'yicha kurs tizimlarini o'tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni o'qibgina qolmasdan, kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Coursera OOOK testlar va imtihonlar topshiradilar (3-rasm).
Khan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org
MIT va Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan kichkina amakivachchasiga matematika fanidan yordam berish uchun «YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirgach,
bu sayt tezda ommalashib, mashhur bo'lib ketgan. Endi Khan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul mikroma'ruzalar bor. Ulardan ko'pchiligi rus tilida ham mavjud.
rasm. Coursera saytining umumiy interfeysi
EdX ta'lim platformasi (4-rasm). Uni Garvard Universiteti hamda Massachusets texnologiya instituti birgalikda “barcha yoshdagilar va turli millat vakillari uchun tekin, internet orqali interfaol ta'lim olishlari uchun” notijoriy tashkilot sifatida tashkil qilishgan.
EdX da ingliz tilida Garvard Universiteti, MIT va yana Berkeley Kaliforniya Universitetlarida (hamda 2013-yildan Texas Universiteti ham qo'shilgan) o'rgatiladigan kurslardan bilim olish mumkin.
Hozircha maskur EdX platformasida kimyo, tibbiyot,
informatika, fizikaga oid kurslar qo'yilgan.
Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru
Oliy ta'lim va ikkinchi oliy ta'limni olish imkoniyati mavjud bo'lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet-universitetidir.
To'liq o'qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika, matematika, iqtisodiyot va falsafa bo'yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o'qish mumkin. Hozirgi kunda ko'pgina kurslar video darslar shaklida ham berilmoqda. Ta'lim kurslarini tugatib bepul elektron sertifikat olish imkoniyati ham mavjud.
Hndex maktabi. Rasmiy sayti: https://yandexdataschool.ru/edu- process/courses