|
Nufuzli universitetlarning onlayn kurslari
|
bet | 3/4 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 159,36 Kb. | | #272795 |
Bog'liq 04-maruza.-OOOK
Dunyoning nufuzli universitetlari taqdim etayotgan ushbu bepul “onlayn” kurslarining manzillari quyidagilar:
Coursera.org – https://www.coursera.org/
EdX – https://www.edx.org/
Udemy – https://www.udemy.com/
LinguaLeo – http://lingualeo.ru/
busuu – http://www.busuu.com/enc/
TED – http://www.ted.com
Coursera. Rasmiy sayti: www.coursera.org
Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bo'yicha kurs tizimlarini o'tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni o'qibgina qolmasdan, kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Coursera OOOK testlar va imtihonlar topshiradilar (3-rasm).
Khan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org
MIT va Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan kichkina amakivachchasiga matematika fanidan yordam berish uchun
«YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirgach, bu sayt tezda ommalashib, mashhur bo'lib ketgan. Endi Khan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul mikroma'ruzalar bor. Ulardan ko'pchiligi rus tilida ham mavjud.
rasm. Coursera saytining umumiy interfeysi
EdX ta'lim platformasi (4-rasm). Uni Garvard Universiteti hamda Massachusets texnologiya instituti birgalikda “barcha yoshdagilar va turli millat vakillari uchun tekin, internet orqali interfaol ta'lim olishlari uchun” notijoriy tashkilot sifatida tashkil qilishgan.
EdX da ingliz tilida Garvard Universiteti, MIT va yana Berkeley Kaliforniya Universitetlarida (hamda 2013-yildan Texas Universiteti ham qo'shilgan) o'rgatiladigan kurslardan bilim olish mumkin.
Hozircha maskur EdX platformasida kimyo, tibbiyot, informatika, fizikaga oid kurslar qo'yilgan.
Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru
Oliy ta'lim va ikkinchi oliy ta'limni olish imkoniyati mavjud bo'lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet-universitetidir.
To'liq o'qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika, matematika, iqtisodiyot va falsafa bo'yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o'qish mumkin. Hozirgi kunda ko'pgina kurslar video darslar shaklida ham berilmoqda. Ta'lim kurslarini tugatib bepul elektron sertifikat olish imkoniyati ham mavjud.
rasm. EdX ta'lim platformasi interfeysining umumiy ko'rinishi
Яndex maktabi. Rasmiy sayti: https://yandexdataschool.ru/edu- process/courses
Unda Яndex ma'lumotlar tashxisi maktabi ma'ruzalari joylashtirilgan. Uning asosiy maqsadi aynan Яndex uchun, shuningdek, AKT sohasida ma'lumotlarni tashxis qilish va qayta ishlash hamda internetdan ma'lumotlarni olish bo'yicha malakali mutaxassislarni tarbiyalashdir.
Kimyoviy texnologiya yo'nalishi fanlari bo'yicha dunyodagi eng mashhur Stanford, Yale, MIT, Harvard, Berkeley, Oxford va boshqa shu kabi universitetlar saytlaridan audio- va video-kurslarni tekinga yuklab olish mumkin.
Ingliz tilida ma'lumotlar bazasi juda keng bo'lib, fan sohalari bo'yicha taqsimlab keltirilgan. Masalan:
|
| |