• TARMOQLANISH
  • Moodle platformasi haqida tushuncha




    Download 90.57 Kb.
    bet1/11
    Sana28.03.2023
    Hajmi90.57 Kb.
    #47112
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Moodle



    Moodle platformasi haqida tushuncha

    Moodle— o‘quv materiallarini turli usullarda uzatish (15 turdagi interfaol vosita), bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish monitoringini yuritish uchun mo‘ljallangan platforma. Moodle platformasida o‘quvchilar mustaqil va erkin ravishda istagan bilimini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi bevosita uning intellektual salohiyatiga bog‘liq bo‘lganligi bois, ular tomonidan ko‘rgazmalilikning keng imkoniyatlaridan foydalanish egallanayotgan bilim mohiyatini teranroq anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, bu tizim o‘zining ochiq kodliligi bilan har qanday dasturchiga istalgan ta’lim loyihasini o‘z ehtiyojlariga “moslash” hamda unga yangi xizmat turlarini qo‘shish imkonini beradi. Bu bepul tarqatiladigan platforma o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganish uchun oddiyligi va foydalanishda qulayligi bilan foydalanuvchilarning har qanday talabini qanoatlantira oladi.
    Quyida Moodle platformasining DEMO versiyasi bilan ishlashini ko‘rib chiqamiz.

    Open Source ( Ochiq kodli dasturiy ta’minot) atamasi 1998-yilda Erik Reymond hamda Bryus



    Perens tomonidan kiritilgan. Ochiq kodli dasturiy ta’minot — dasturning kodi ochiq va undan erkin foydalanish mumkin bo‘lgan, zaruriy holatlarda unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud dasturiy ta’minot.
    Moodle platformasida ta’lim olish
    1. Moodlening rasmiy manzili (moodle.org) brauzerning manzil qatoriga kiritiladi. Asosiy menyu qatoridan DEMO, ochilgan sahifadan esa Mount Orange School, so‘ng Go to coursestugmachasi tanlanadi.
    2. Kurslar ro‘yxatidan Art and Media, bo‘limlar ro‘yxatidan esa Digital Literacyo‘quv kursi tanlanadi.
    3. Kirishorqali tizimda ro‘yxatdan o‘tish, agar ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lsa, login va parol yordamida tizimga kirish mumkin (1) .
    4. Tilbo‘limi orqali platformaning tilini o‘zgartirish mumkin (2) . Mazkur platforma bir necha tilga tarjima qilingan.
    5. O‘quv kursi va uning modullari yordamida kerakli modulga o‘tish mumkin (3) .
    6. Kalendarbo‘limi orqali topshiriq, tadbir va xabarlar haqida ma’lumot olish mumkin (4) .
    7. K ursning birinchi modulida, asosan, e’lonlarni o‘qish va so‘rovnomalarga javob berish mumkin (5) .
    8. Kursning keyingi modullarida matnli, audio, video, taqdimot, glossariy va boshqa turdagi o‘quv materiallarini sahifaning o‘zi orqali yoki yuklab olish yordamida o‘zlashtirish mumkin (6) .
    9. T opshiriqlar modulida esa amaliy topshiriq, savol, krossvord, viki topshiriq va testlar beriladi (7) .
    Moodleplatformasida har bir mavzu, unga ko‘ra tuzilgan o‘quv materiali va nazorat topshiriqlari alohida-alohida berilishi ham mumkin, chunki aksariyat hollarda o‘quv materiallari va nazorat topshiriqlari aralash holda beriladi. O‘quv materiallari va nazorat topshiriqlarining qay tartibda berilishi o‘qituvchi xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.




    TARMOQLANISH
    Shu vaqtgacha yozgan dasturlarimizga e'tibor bersangiz, dasturimiz yuqoridan pastga qarab qatorma-qator bajarilib keldi. Bu chiziqli dastur deyiladi. Voqelikda esa aksar dasturlar ma'lum bir shart bajarilishi (yoki bajarilmaganiga) ko'ra kodning bir qismidan boshqa qismiga "sakrab" o'tishi tabiiy hol. Dasturlashda bu tarmoqlanish deb ataladi.

    Tarmoqlanishga misol
    Ushbu darsimizda biz if operatori yordamida shunday shartlarni yozishni, tekshirishni va tekshiruv natijasiga ko'ra kodning turli qismlarini bajarishni o'rganamiz.

    Download 90.57 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 90.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moodle platformasi haqida tushuncha

    Download 90.57 Kb.