O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKEKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
KOMPYUTER
INJINIRING FAKULTETI
KOMPYUTER ,,INJINIRING YO’NALISHI’’
716-21 GURUH TALABASI
YAKUBJONOV NURIDDIN
<> fanidan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: D.Jalilov
Topshirdi: N.Yakubjonov
Farg’ona 2023
Reja:
Kirish
Operandalarning formatlari, kompyuterning buyruqlar tizimi
Buyruqlar turlari va formatlari
Operandalarni adreslash turlari va usullari, buyruqlar oqimini boshqarish
Xulosa
Foydalanilgan
adabiyotlar
Kalit so’zlar: Operandalarning formatlari, buyruqlar tizimi, buyruqlar turlari va formatlari,
operandalarni adreslash, buyruqlar oqimini boshqarish.
Operandalarning formatlari, kompyuterning buyruqlar tizimi
Kompyuter orqali bajariladigan asosiy amallar yozilgan dastur orqali bajariladi. Dastur xotirada saqlangan buyruqlar to’plami (instruction set) dan iborat bo’ladi. Xotira ketma-ket raqamlangan manzillar bilan belgilanadigan “joylar (locations)” to’plamidan tashkil topadi. Har bir manzil instruction (buyruqlar) yoki ma’lumotni o’z ichiga oladi.
Buyruqni amalga oshirish jarayoni ikki bosqichdan tashkil topadi: CPU yuklab olishi jarayoni (xotiradan buyruqni o’qib olishi) va buyruq asosida amalni bajarishi, ya’ni yuklab olish bosqichi (fetch) va bajarish (execute) bosqichi.
Har bir buyruqni bajarish davrida prosessor buyruqni daslab xotira (oldindan yozilgan)dan yuklab oladi. Program counter (PC) deb nomlanuvchi registr buyruq adresini o’zida saqlab turadi. Prosessor har doim yuklab olgan buyruqni bajarganidan keyin, navbatdagi buyruqni yuklab oladi va h.k.