• RAHBAR MULOHAZASI
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniring fakulteti 5330500-Kompyuter injiniring




    Download 14,51 Kb.
    Sana27.06.2024
    Hajmi14,51 Kb.
    #265906
    Bog'liq
    Toyirov Kozim rahbar mulohazasi


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Kompyuter injiniring fakulteti 5330500-Kompyuter injiniring (Multimedia texnologiyalari) yo‘nalishi 032-19 MTu guruh talabasi Toyirov Kozimjon Qosimjon o‘g‘lining “O‘quv markazlarining moliyaviy va o‘quv tizimini monitoring qiluvchi web ilova ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv ishiga


    RAHBAR MULOHAZASI

    Bitiruv malakaviy ishining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan, va tobora soni oshayotgan o‘quv markazlarning moliyavoy hamda o‘quv tizimini avtomatlashtirish, inson omilidan qochish, ortiqcha qog‘ozbozlik va chalkashliklarni oldini olishdan iboratdir.


    Mazkur bitiruv malakaviy ishi doirasida “Edusfera.uz” – o‘quv markzalar faoliyatini boshqarish va monitoring qilish tizimi yaratildi Bitiruv ishi kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
    Bitiruv ishining birinchi bobida zamonaviy axborot tizimlari va ularni yaratish haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan.
    Ikkinchi bobda esa o‘quv markazlarining moliyaviy va o‘quv tizimini monitoring qiluvchi veb ilova yaratilishida va foydalanilishida qo‘llaniladigan dasturlar yoritib berilgan.
    Uchinchi bob hayot faoliyati xavfsizligiga bo`lib, unda Kompyuter va orgtexnika foydalanuvchisining ish joyini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar va ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarini miqdoriy baholash haqida ma’lumotlar berilgan.
    Bitiruv ishini bajarishda Toyirov Kozimjon Qosimjon o‘g‘li o‘zining bilimdon, izlanuvchan talaba ekanligini va o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlay olishini ko‘rsatdi. Jumladan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib keldi.
    Bundan tashqari, oliy ta’lim dargohida olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uzviy bog‘lay oldi.
    Bitiruvchi Toyirov Kozimjon Qosimjon o‘g‘lining bitiruv ishi yuqori saviyada bajarilib, uning ishi yaxshi bahoga, talabaning o‘zi esa 5330500- Kompyuter injiniringi (Multimedia texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga loyiq deb hisoblayman.
    TATU “Multimedia texnologiyalari”
    kafedrasi professori, Ne’matov А.
    f.-m.f.n., dotsent
    Download 14,51 Kb.




    Download 14,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniring fakulteti 5330500-Kompyuter injiniring

    Download 14,51 Kb.