-§. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi1.38 Mb.
#149410
1   2   3   4   5   6   7   8
 
2-§. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish 
19. Mehnat shartlarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi. 
20. Xodim bir necha kasb va lavozimdagi ishlarni mehnat shartnomasida 
ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda belgilangan ish vaqti davomida 
bajaradi. 
21. Bir necha kasb va lavozimda ishlash muayyan yoki nomuayyan 
muddatga belgilanishi mumkin. Kelishilgan muddat tugaganidan so‘ng bir necha 
kasb va lavozimda ishlash haqida mazkur xodim bilan belgilangan shartlar bekor 
qilinadi. Bir necha kasb va lavozimda ishlash va uni bekor qilish mehnat 
shartnomasida aks ettiriladi va oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan 
rasmiylashtiriladi. 



22. Mehnat shartnomasi faqat O‘zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va unda belgilangan tartibda bekor 
qilinishi mumkin. 
23. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish niyatida ekanligi haqida ikki 
hafta oldin ariza bilan ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirishi shart. 
Ogohlantirish muddati ariza ro‘yxatga olingan sanadan qat’i nazar, ariza berilgan 
kunning ertasidan boshlanadi. 
Xodim tomonidan berilgan ariza u berilgan kun va keyingi kundan 
kechiktirmay oliy ta’lim muassasasi rektoriga taqdim etiladi. 
Xodimning arizasi uzrli sabablarga ko‘ra ishni davom ettirishning imkoni 
yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lsa, u berilgan kunda oliy ta’lim muassasasi rektori 
(rektor bo‘lmaganda uning o‘rnini bosuvchi shaxs)ga taqdim etiladi. 
Quyidagilar uzrli sabablar jumlasiga kiradi: 
harbiy xizmatni o‘tash; 
o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilinganlik; 
pensiyaga chiqqanlik; 
saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanish yoki yuqori turuvchi idoralar 
nomenklaturasi (lavozimlar ro‘yxati)ga kiruvchi lavozimlarga tayinlanish; 
xodim yoki uning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yaqin qarindoshlari 
sog‘ligining TMEK yoki TMK tomonidan berilgan tibbiy xulosaga muvofiq holati; 
ushbu lavozimda ishlashni davom ettirishning imkoni yo‘qligi to‘g‘risidagi 
boshqa uzrli sabablar. 
24. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida istalgan vaqtda
jumladan, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik davri, ta’til, xizmat safari davrida 
ariza berishga haqli. Sanab o‘tilgan ana shu davrlarning barchasi mehnat 
shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati davriga kiritiladi. 
Ogohlantirish muddati davrida mehnat shartnomasining shartlari taraflar 
tomonidan odatdagi tartibda bajarilishi davom ettiriladi. 
25. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek, 
muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra uning muddati 
tugashidan oldin bekor qilishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi: 
oliy ta’lim muassasasi faoliyatida mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, 
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmi 
qisqarganda yoxud tegishli tarkibiy bo‘linmalar tugatilganda; 
xodimning malakasi etarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra 
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolganda; 
xodim o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganda (avval mehnat 
majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka 



tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ 
hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil 
mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir 
qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi); 
xodim o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganda; 
o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi 
munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi 
cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda; 
xodim pensiya yoshiga to‘lganda; 
qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi 
mavjud bo‘lganda. 
26. Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat 
to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda 
bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor 
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, muassasa butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno. 
27. Mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir 
marta qo‘pol buzishga quyidagilar kiradi: 
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo`ravonlik sodir etish; 
ijro intizomini buzish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, 
farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Hukumat qarorlari va farmoyishlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’atining qarorlari, buyruqlari va 
ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni o‘z vaqtida va to‘liq 
hajmda ta’minlamaganlik); 
ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik (ishda uzrli sabablarsiz ish kuni mobaynida 
uzluksiz yoki ishda bo‘lmagan vaqtni jamlab hisoblaganda 3 (uch) soatdan ko‘proq 
vaqt bo‘lmaganlik), professor-o‘qituvchilar uchun dars jadvaliga ko‘ra bir ish kuni 
mobaynida dars jadvalida belgilangan dars mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida 
boshlamaslik yoki ishtirok etmaslik; 
ishga alkogolli ichimlik, giyohvandlik (psixotrop) moddasi ta’sirida yoki 
o‘zgacha tarzda mastlik holatida kelish; 
oliy ta’lim muassasasining mol-mulkiga zarar etkazish yoki uni turli xil 
usullar bilan talon-taroj qilish (shu jumladan, o‘g‘irlash); 
xodim tomonidan mansab (xizmat) vazifasi (vakolati)ni suiiste’mol qilishi 
(lavozimi bo‘yicha berilgan vakolatlardan xizmat manfaatlariga zid ravishda 
foydalanish) va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishdagi, oliy ta’lim muassasasi xodimi degan 
nomga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlarni sodir etish; 



o‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan 
oliy ta’lim muassasasining obro‘si va manfaatlariga putur etkazish hamda zarar 
etkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etish; 
muassasa xodimlarining, jumladan, o‘zining hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf 
tug‘diradigan tarzda texnika xavfsizligi, sanitariya qoidaini qo‘pol ravishda buzish; 
xodimlar 
tomonidan 
vazifalarini 
bajarishda 
korrupsiyaga 
oid 
huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
talablarini qo‘pol ravishda buzish, ya’ni xodim: 
uni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida 
biror-bir shaxs o‘ziga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, 
shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga 
o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari 
haqida o‘z rahbarlari, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi 
yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etmasligi; 
o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki jismoniy va yuridik 
shaxslardan ularning manfaatlarini ko‘zlagan holda muayyan harakatni bajarishi 
yoki bajarmasligi evaziga bevosita o‘zi yoki vositachi orqali pul, qimmatli 
qog‘ozlar, moddiy boyliklar, sovg‘alar, ssudalar, mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan 
xizmatlar olishi; 
bo‘ysunuvidagi xodimning noqonuniy qarorlar qabul qilish yoki 
korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etishga majbur etishi; 
xizmat ko‘rsatilishi uchun fuqarolarga belgilangan to‘lovlardan mansabidan 
foydalangan holda ozod bo‘lish orqali mulkiy foyda olishi yoki boshqacha tarzda 
imtiyozlarga ega bo‘lishga qaratilgan harakatga yo‘l qo‘yishi; 
boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, jumladan, mansab yoki xizmat 
mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq hamda korrupsiyaning kelib chiqishiga 
sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risida tegishli tarkibiy bo‘linma 
rahbariga xabar bermasligi; 
muassasa tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganish (tekshirish) guruhi rahbari 
o‘rganish (tekshirish)da qatnashayotgan xodimlar tomonidan mansab vakolatini 
suiiste’mol qilish bilan bog‘liq xabar kelib tushgan taqdirda bu haqida yuqori 
turuvchi mansabdor shaxsga etkazmasa hamda salbiy oqibatlar kelib chiqishining 
oldini olish choralarini ko‘rmasa; 
xodimning ongli ravishda vazirlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini 
boshqarish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda manfaatlar to‘qnashuvi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirishi yoki o‘z vaqtida to‘liq oshkor 
qilmasligi natijasida xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligiga olib 
kelsa yoki oliy ta’lim muassasasining qonuniy manfaatlari buzilsa. 


10 
28. Ish beruvchi tomonidan mazkur Qoidaning 27-bandida ko‘rsatilgan 
asoslarga ko‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining oliy ta’lim 
muassasasi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligini olmasdan bekor qilinishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi, qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno. 
Kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor 
qilishga rozilik berish masalasi bo‘yicha qabul qilgan qarori haqida ish beruvchiga 
yozma ravishda xabar berishi kerak, bunday xabar ish beruvchining yozma 
taqdimnomasi olingan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi. 
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodim bilan mehnat 
shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan 
kundan boshlab bir oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga 
haqlidir. 
29. Mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. 
SHu kuni oliy ta’lim muassasasi xodimga uning mehnat daftarchasi va mehnat 
shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq nusxasini beradi hamda u bilan 
hisob-kitob qilinadi. 

Download 1.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish

Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish