№
|
Faoliyat turi va nomi
|
Soni
|
Ball
|
Jami ball
|
1
|
Ta’lim muassasasi tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma
|
1
|
10
|
10
|
2
|
Hisobot
|
1
|
15
|
15
|
3
|
Kundalik(amaliyot davomida o‘tkazilgan har bir kunlar bo‘yicha)
|
20
|
1
|
20
|
4
|
O‘qituvchi ish rejasi
|
1
|
10
|
10
|
5
|
Ta’limiy-tarbiyaviy ruxdagi tadbirlar ishlanmasi
|
5
|
4
|
20
|
6
|
Ta’lim muassasasi xodimi(talaba biriktirilgan sinf rahbarining talabaga bergan tavsifnomasi)
|
1
|
10
|
10
|
7
|
O‘quv amaliyot yakuni bo‘yicha taqdimot
|
1
|
15
|
15
|
Jami ball:
|
100
|
Guliston davlat universiteti
Filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi talabasi Abduraxmonova Fazilatga
|
TAVSIFNOMA
Abduraxmona Fazilat III-bosqich “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi talabasi 06.02.2023y. kunidan 20.05.2023y. kunigacha Guliston Shahar 11-maktabda o‘quv amaliyotda bo‘ldi.
11-maktabdagi fan o‘qituvchisining ish hujjatlarini yuritish ishlarini, me’yoriy hujjatlarni yuritish bilan tanishib chiqdi. Abduraxmona Fazilat ingliz tili fani o‘qituvchisi Tashpo’latova Lola Toxirovnaga biriktirildi. Amaliyot davrida o‘zining tirishqoqligi tanlagan kasbiga qiziqishi, berilgan topshiriqlarni ma’suliyat bilan bajara olishini namayon qildi. Biz maktab jamoasi uni kelajakda tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishiga ishonch bildirib qolamiz.
Biriktirilgan o‘qituvchi: Tashpo’latova Lola
MA’LUMOTNOMA
Berildi ushbu ma’lumotnoma shu haqdaki, 43-20 guruh talabasi Abduraxmonova Fazilat haqiqatdan ham 2023 yil 06-fevraldan 20-may kuniga qadar 11-maktabda o‘quv amaliyotini o‘tadi.
11-maktab direktori: ___________
Sana:
Guliston Davlat Universiteti “Xorijiy til va adabiyoti” yo‘nalishi 43-20 guruh talabasi Abduraxmonova Fazilatning "O‘quv-tanishuv amaliyoti" bo‘yicha
|
HISOBOT
Men Abduraxmonova Fazilat 2023 yil 06-fevraldan 20-maygacha 11-maktabda o‘quv-tanishuv amaliyotini o‘tadim. Amaliyot rahbari Ziyadullayeva Dildora tomonidan shu vaqt mobaynida nimalarga e’tibor berish kerakligini, qanday ta’limiy hujjatlar yuritilishini o‘rganish lozimligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.
Amaliyotim davrida ingliz tili o‘qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishib chiqdim. O‘qituvchilarning dars o‘tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo‘ladigan turli o‘qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo‘llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o‘qitish uslublaridan foydalanishni, eng asosiysi pedagog sifatida o‘quvchi bilan to‘g‘ri va samarali aloqa o‘rnatishni o‘rgandim. Ingliz tili o‘qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda kanspekt yozsihni, foydalanishni, darsni to‘g‘ri tashkillash, mavzuga mos bo‘lgan materiallar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o‘yinlar tayyorlashni, barcha o‘quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o‘quvchilarni rag‘batlashni, vaqt taqsimotini to‘g‘ri tashkil etishni o‘rgandim va o‘zim ham mustaqil ravishda o‘quvchilarga dars o‘tdim. Bunda menga o‘qituvchilardan o‘zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni, nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o‘rgandim. Shunga ko‘ra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili fani o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini o‘rganish barobarida o‘zim uchun birinchi pedagogik qadamni qo‘ydim. Amaliyot davrida fan o‘qituvchisi yurgizishi lozim bo‘lgan asosiy me’yoriy hujjatlar bilan tanishdim. Ya’ni bular: yillik ish reja, taqvim mavzu rejasi, dars tahlili, kunlik dars ishlanmasi (dars modeli), o‘z ustida ishlash papkasi va ish jurnalidir. Fan o‘qituvchilarning fikrlaridan shuni bildimki, har bir o‘qituvchi har bir dars soatiga “Dars muqaddas" tamoyili asosida puxta tayyorlangan, yaxshi qurollangan holda kirish kerak, hamda 45 minut (daqiqa)ni samarali o‘tish uchun barcha pedagogik kasbiy mahoratidan foydalanish lozim.
O‘qituvchining taqvim mavzu rejasi, yillik ish rejasi o‘quv yilining boshida muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanib bir o‘quv yiliga mo‘ljallanib tuziladi. Har bir o‘tilgan dars sinf jurnaliga dars jadvaliga asosan o‘z muddatida fan o‘qituvchisi tomonidan qayd etib boriladi.
Sinflarda o‘tkazilgan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida sinf rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o‘rgandim. Davomati va o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko‘maklashishni o‘rgandim. Bunda menga sinf rahbarining bergan yo‘l-yo‘riqlari yordam berdi.
Shuningdek, amaliyotim davomida bo‘lib o‘tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o‘qituvchilarimga yordam berdim.
O‘quv-tanishuv amaliyotini o‘tash davrida yurilishi lozim bo‘lgan hujjatlar mazmun-mohiyatini o‘rganish bilan bir qatorda shuni angladimki, o‘qituvchilik juda ham ma’suliyatli kasb ekan. O‘rgangan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biron bir kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Bo‘lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o‘quv jarayonini nazorat qila olish ekan. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o‘rgangan va keyingi bosqichlarda o‘rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo‘lib yetishishimda katta yordam beradi.
|