11
35. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari jadvali, ish
rejasi va navbatchilik jadvalining bajarilishi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor – oliy
ta’lim muassasasi qoshidagi akademik litsey direktori, tegishliligi bo‘yicha fakultet
dekani va uning o‘rinbosari hamda kafedra mudiri tomonidan nazorat qilib
boriladi.
36. Quyidagi xodimlarga ham ish vaqtining qisqartirilgan muddati
belgilanadi:
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar – haftasiga 36 soat;
I va II guruh nogironlari – haftasiga 36 soat.
37. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul
qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz
ish haftasi,
masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish jadvali yoki uyda ishlash rejimiga
o‘tkazish belgilab qo‘yilishi mumkin.
Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to‘lmagan (16
yoshga
to‘lmagan nogiron) bolasi bor ayolning, jumladan, homiyligida shunday bolasi bor
ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning
iltimosiga ko‘ra, tibbiy xulosaga muvofiq, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa hollarda ularga to‘liqsiz ish vaqti belgilaydi.
38. Ish vaqtidan tashqari xodimlarni ishga jalb etish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Yillik ta’tillarning muddati, ular uchun haq to‘lash va ularni hisoblab
chiqarish, shuningdek, ta’til olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
40. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til
berilishi mumkin, uning muddati tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi,
lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
41. Har yilgi asosiy ta’til quyidagicha beriladi:
birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan keyin (qonunda ko‘rsatilgan
holatlar bundan mustasno);
ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar
jadvaliga muvofiq ish
yilining istalgan vaqtida (qonunda ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno).
Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish
beruvchining kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
42. Xodimning yozma arizasiga binoan ta’til qismlarga bo‘linishi mumkin.
Bunda ta’tilning bir qismi o‘n ikki ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim.
43. Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yilida beriladi yoki
12
ta’tilni boshqa muddatga ko‘chirish qoidaiga rioya etilgan holda keyingi yilga
ko‘chiriladi.
44. Xodimlarning xohishiga ko‘ra yillik ta’tilning eng kam muddatidan (o‘n
besh ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi mumkin.
Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun
oldin xabardor qilinishi kerak.
Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasidan
oldingi oxirgi ish kunidan
kechikmay amalga oshirilishi lozim.
45. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, jumladan, uning muddati tamom
bo‘lishi
munosabati bilan ham, xodimning xohishiga ko‘ra, xodim bilan ish
beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq yillik ta’tillarni berib, undan keyin
mehnat shartnomasini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda ta’til
tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ta’til davrida xodim mehnat shartnomasi va
uning tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini basharti mehnat
shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirishning
qonun yoki taraflarning
kelishuvi bilan belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, qaytarib olishga haqli emas.