• Yig‘ish texnologik jarayonining tarkibi va mazmuni
  • Mavzu. Avtomatlashtirilgan texnologik va yordamchi yig‘ish operatsiyalari. Reja




    Download 21,51 Kb.
    bet1/2
    Sana16.11.2023
    Hajmi21,51 Kb.
    #100062
      1   2
    Bog'liq
    Mavzu1111111111111


    Mavzu . Avtomatlashtirilgan texnologik va yordamchi yig‘ish operatsiyalari.
    Reja:

    1. Yig‘ish texnologik jarayoniniloyihalash

    2. Yig‘ish jarayonini tashkiliy shaklini tanlash.

    3. Umumiy va uzelli yig‘ish texnologiyasini marshrutlarini tuzish.

    Tayanch so‘zlar va iboralar: Loyixalash; yig‘ish jarayoni; markazlashgan va diferensiyallashgan texnologik jarayonlar; yig‘ish ketma-ketligi; ishlab chiqarish xajmi; mahsulot qulayligi; jihozlar; meyorlash; yig‘machizma; yig‘ish tannarxi; yig‘ish sxemasi; yig‘ma birlik; yig‘ishning tartib ko‘rsatkichlari.




    Yig‘ish texnologik jarayonining tarkibi va mazmuni
    Yig‘ish texnologik jarayonini tayyorlash texnologik jarayonni ishlab chiqish, maxsus jihozlarni ishlab chiqish va maxsus uskuna, jihozlari loyihalash, ishlab chiqarish va boshqa ishlarni o‘z ichiga oladi. Tayyorlash jarayonining engmuhim bosqichlaridan biri yig‘ish texnologik jarayonini loyihalashdir. Yig‘ish texnologik jarayoniga operatsiya va o‘tishlar sifatida turlicha ishlar kiritilishi mumkin: tutashuvchi detallarni yig‘ish; tutashuvchi detallarning o‘zaro joylashishini ta’minlash; sozlash; moslash; berkitish va hakozolar. Shuningdek, mexanizm qismlarining o‘zaro joylashishida bo‘ladigan aniqlikni boshqarish, yig‘ish jarayonida uni tekshirish, jarayon davomida bajariladigan tozalash, yuvish, bo‘yash, mahsulotni bezash ishlari ham yig‘ish operatsiyalariga kiradi.
    Yig‘ish texnologik jarayonining tarkibi va mazmuni mahsulot tuzilishiga, detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni mukammalligiga, yig‘ish jarayonning tashkiliy-texnik sharoitiga va mahsulotni ishlab chiqarish xajmiga bog‘liq bo‘ladi.
    Yig‘ish jaraynning muhim ko‘rsatkichlaridan biri, uning differsiallashish darajasidir.
    Markazlashgan texnologik jarayonlar eksperimental, donalab va kam seriyalab ishlab chiqarish keng qo‘llaniladi. Bu usulning kamchiligi sifatida operatsiyalarning ketma-ket bajarilishi natijasida kalendar vaqt davrining uzoq bo‘lishi, yig‘ish aniqligini ta’minlashda unumdor maxsus yig‘ish vositalaridan foydalanish mumkin emasligini, yig‘ish jarayonini mexanizatsiyalash va avtoomatizatsiyalash yuqori samara bermasligini ko‘rsatish mumkin.
    Diffensiallashgan texnologik jarayonda yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug‘ildi. Talab meyorida differnsiallash ish unumdorligini oshirib, mehnat sarfini 15-20 % kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Differensiallanish darajasi ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda, maxsulot tuzilishiga, o‘lchamiga va detallarining soniga ham bog‘liq bo‘ladi. Meyoridan ortiq differensiyallashtirish ham ishlab chiqarish jarayonining o‘rnatish, olishlarning ko‘payib ketishi natijasida samaradorligini kamaytirib, mehnat sarfining oshishiga olib keladi.
    Yig‘ish texnologik jarayoni ma’lum ketmaketlikda ishlab chiqiladi va o‘zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:
    -ishlab chiqarish hajmiga qarab yig‘ish jarayonining tashkiliy shakli, uning takti va ritmi hisoblanadi;
    -mahsulot qulayligini o‘rganish maqsadida detal va yig‘ma birikmalarning chizmalari o‘rganiladi;
    -qurilmaning tuzilishi, uning tutashma va uzellarining aniqlik darajasini ta’minlash usulini ishlab chiqish, ta’minlash maqsadida, uning o‘lcham taxlili amalga oshiriladi.
    -yig‘ish texnologik jarayonining berilgan sharoitda mumkin bo‘lgan
    differensiyallanish darajasi aniqlab olinadi;
    -mahsulot yig‘ma biriklari va detallarining yig‘ilish ketma-ketligi belgilanadi, mahsulotni umumiy yig‘ish sxemasi tuziladi;
    -mahsulotni tashkil etuvchi barcha yig‘ma birliklarni, detallarni yig‘ish, holatini tekshirish, aniqlashning eng samarador, iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiq usullari aniqlanadi; yig‘ish texnologik jarayonining mazmuni aniqlanib, uni nazorat qilish va tekshirish usullari tuziladi;
    -texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo‘lgan jihozlarni (moslamalar, qirqish asboblari, o‘rnatish va tekshirish-o‘lcham asboblari) tanlanadi, zarur bo‘lganida ishlab chiqariladi;
    -yig‘ish jarayonining bosqichlari texnik meyorlanib, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi;
    -yig‘ish jarayonining barcha texnik hujjatlari rasmiylashtiriladi.
    Yig‘ish jarayonini loyihalash uchun zarur bo‘lgan dastlabki material va ma’umotlar tahlili uchun quyidagilar bo‘lishi kerak: ishlab chiqarish hajmi va sharoiti; mahsulot chizamsi; detallar ro‘yhati, chizmalar; yig‘ish uchun texnik talablar; kooperatsiya hajmi; jihoz va moslamalar ro‘yhati; yig‘iluvchi mahsulot nusxasi; yig‘ish jarayoni amalga oshiriladigan korxona to‘g‘risida ma’lumot.
    Dastlabki ma’lumotlarga asoslanib yig‘ish jarayonida ishlab chiqarish turi (seriyaligi) va tashkiliy shakli belgilanadi.
    Navbatdagi bosqichda yig‘ma chizmalar texnologik analiz qilinadi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda asosiy diqqat mahsulot tuzilishining yig‘ishga qulayligini o‘rganishga qaratiladi.
    Mahsulotning yig‘ish uchun qulayligini ta’minlash talablari standartlashtirlgan bo‘lib GOST (4,20373) u quyidagilardan iboratdir: mashinani qayta qismlarga ajratilmaydigan (yig‘ish jarayonida) uzellardan yig‘ish; moslash operatsiyalarning minimal bo‘lishi; yig‘ish mehnat sarfining kam bo‘lishi; uzellarni va umumiy yig‘ish qismini kamaytirish; yig‘ish tannarxini kamaytirish; yig‘ilgan uzel va mahsulotning transportabelligini (tashiluvchanligini) ta’minlash: yig‘ish jarayonida mexanizatsiyalashgan qurilmalardan foydalanish.

    Download 21,51 Kb.
      1   2




    Download 21,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Avtomatlashtirilgan texnologik va yordamchi yig‘ish operatsiyalari. Reja

    Download 21,51 Kb.