MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………...3
I-BOB. O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODIY FAOLYATGA JALB QILISHNING YO‘NALISHLARI BOSQICHLARI VA METODLARI……………………………………………………………………..6
1.1 Ijodkorlik qobiliyati mazmuni……………………………………………...6
1.2 O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari...........11
II-BOB. TEXNIK IJODKORLIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI……………………………………………………………..17
2.1. O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayorgarlik darajalari……………………….17
2.2. Texnik ijodkorlik jarayonida qo‘llaniladigan metodlar……………………….22
XULOSA ………………………………………………….…...30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI…………………..….32
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi.
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llanadi.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar)dan foydalanib kam-ko‘stlarini tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyati jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik-pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstrukstiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment, texnik vositalardan (shu jumladan trenajyorlar) foydalanib kamchiliklarni tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi.
Kurs ishining maqsadi. Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi.
Kurs ishining vazifasi.
O‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish;
texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;
texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
mustaqil ravishda texnik obyektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;
texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;
o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;
texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;
sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak.
Kurs ishining obekti. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqish
Kurs ishining predmeti. Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
I-BOB. O‘QUVCHILARNING TEXNIK IJODIY FAOLYATGA JALB QILISHNING YO‘NALISHLARI BOSQICHLARI VA METODLARI
1.1 Ijodkorlik qobiliyati mazmuni
ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat turi. Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi.
Ijodiy topshiriq – obyekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, buyumning detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Intuitsiya – bu subyekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan tajriba va bilimlar asosida topiladi. Intuitiv fikrlash jarayonlari amalga oshuvining tezligi, bos- qichlarning aniq farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish uchun bilish faoliyatining o‘zida yangi motivatsiya va maqsadlarni yuzaga keltiradi. Patent tadqiqotlari texnika obyektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va taraqqiyot istiqbollarini aniqlash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar bo‘lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi.
Patent izlanishlari turli davlatlarning Ixtirolar xalqaro tasnifi bo‘yicha tasniflangan himoya hujjatlarini izlash va tahlil qilish.Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo‘lib, unda axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda jamlab boriladi.
1Ijod sifat jihatidan yangi va beqiyos, originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati. Ma’lumki, faoliyat – natijasida inson aniq mahsulot yaratadigan jarayondir. Faoliyat reproduktiv va ijodiy bo‘lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat – bu batafsil ishlab chiqilgan algoritm bo‘yicha bajariladigan jarayon va bu natijada faoliyat subyekti (subyektiv yangilik) uchun ham, boshqa kishilar uchun ham (obyektiv yangilik) yangilik bo‘lmagan mahsulot yaratiladi. Ijodkorlik faoliyati bu boshqa masala. Ijodkorlik faoliyatining hech bir turi uchun ularni bajarishning batafsil algoritmi yaratilishi mumkin emas, biroq ijodkorlik faoliyatining ko‘pgina turlari uchun umumiy algoritm allaqachon yaratilgan, masalan: insho yozish, kiyimlarni moslashtirish, texnika bo‘yicha ijodkorlik masalalarini yechish va boshqalar. Ijodkorlik faoliyati natijasida subyektiv yoki obyektiv yangilikka ega bo‘lgan mahsulot yaratiladi.
Yuqoridagi shartlarning insonda mavjud bo‘lishi kasbiy martabada ma’lum darajani egallash imkonini beradigan ajoyib bajaruvchi bo‘lish imkonini beradi, biroq hayotiy muvaffaqiyat zinapoyasida ko‘tarilish ijodkorlik faoliyatisiz mumkin emas. Aniqrog‘i, inson hal qila olmaydigan birinchi muhim muammogacha mumkin. Bunga ishonch hosil qilish uchun odamlarni qat’iy retseptlar bilan davolagan vrach va bir bemorda nostandart holni, yoki standart gruntlar uchun mo‘ljallangan binoni loyihalagan injenerni, loyiha bo‘lsa, juda bo‘sh grunt uchun buyurtma qilinganligini tasavvur qiling. Va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shuning uchun ijodkorlik faoliyati shaxsning asosiy intellektual kapitali bo‘lib hisoblanadi, aynan u har bir insonning kasbidan qat’iy nazar hayotda muvaffaqiyatini aniqlaydi. YA’ni ijodkorlik faoliyati – bu hech qanaqangi pulga sotib olib bo‘lmaydigan, faqat o‘rganish mumkin bo‘lgan faoliyat.
Ijodiy fikrlash va ijodkorlik masalalari. Ijodkorlik faoliyati jarayonida insondagi ijodiy fikrlash qoiliyati shakllanadi va rivojlanadi. Nima deb o‘ylaysiz, ijodiy fikrlash nima? Agar shaxs quyidagi mantiqiy operatsiyalar: tizimlar va ularning elementlarini kombinatsiyalash, sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash, tadqiqot operatsiyalarini bajarishga qodir bo‘lsa, ijodiy fikrlay olishi psixologiyada isbotlangan. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashning rivojlanishi ular yordamida har bir guruhda mantiqiy layoqatlar shakllanadigan va rivojlanadigan ijodkorlik masalalarini yechish metodlariga o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Biroq ijodkorlik masalalari nima? Ijodkorlik masalalari – bu bajarish uchun o‘rganilgan qoidalarni o‘zgartirish yoki mustaqil ravishda yangi qoidalar tuzish talab etiladigan va natijada subyektiv yoki obyektiv yangi tizimlar – ma’lumot, konstruksiyalar, moddalar, hodisalar, san’at asarlari yaratiladigan masala.
Ijodkorlik nazariyasida ijodkorlik masalasi tushunchasi bilan bir qatorda tadqiqotchilik masalasi ham mavjud. Tadqiqotchilik masalasi – bu hal qilish uchun bir necha tadqiqotchilik operatsiyalarini bajarish zarur bo‘lgan ijodkorlik masalasi.
Shunday qilib, o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun alohida ijodkorlik masalalari emas, balki bajarish jarayonida o‘quvchilarda yuqorida ko‘rsatilgan guruhlardagi mantiqiy operatsiyalar shakllanadigan va rivojlanadigan ijodkorlik masalalari tizimi zarur. Ijodkorlik masalalari tizimi har bir mavzu, har bir maktab darsligida o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi zarur. Ijodkorlik maslalalari tizimini quyidagi mantiqiy operatsiya turlari va guruhlari tashkil etadi.
Ko‘pgina o‘qituvchilar bolalarni ijodkorlikka o‘qitishlarini, ular bilan ko‘p sonli ijodkorlik masalalarini yechishlarini ta’kidlashadi, biroq unda nega bitiruvchilar ijodkorlik faoliyati metodlarini egallashmagan?
Har qanday fan bo‘yicha har qanday mavzuni o‘rganish bilish faoliyatining umumiy strukturasiga muvofiq 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
1. Tasavvurlarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar yangi tizimning umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o‘rganadilar.
2. Bilimlar va reproduktiv ko‘nikmalarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, reproduktiv nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu ish jarayonida, ulardagi bilim va reproduktiv ko‘nikmalar – ilgari o‘rganilgan bilimlarni takrorlash ko‘nikmalari shakllanadi.2
3. Ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalarining shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, turli ko‘rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanadi.
4. Ilmiy rivojlanishi va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanishi amalga oshiriladi.
Alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatilgan bilish jarayoni strukturasi o‘quvchilarni o‘qitish metodlari va shakllarini har bir bosqichda aniqlamaydi. Bu har qanday mavzuni o‘rganishning dastlabki ikki bosqichida ijodkorlik topshiriqlarini qo‘llash mumkin va zarurligini bildiradi.
Mavzu bo‘yicha o‘quv ishining dastlabki ikki bosqichi bizning maktablarimizda muammosiz amalga oshiriladi. Muammolar oxirgi ikki bosqichda. Birinchidan, ko‘pchilik o‘qituvchilarda har bir mavzuni o‘rganish borasida o‘quv ishining bu bosqichlari umuman yo‘q. Ikkinchidan, ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanishi o‘qituvchining ixtiyorida alohida masalalarni emas, balki ijodkorlik masalalari tizimini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Uchinchidan, ijodkorlik masalalarini yechish jarayonida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatining zamonaviy metodlarini egallashi zarur. Afsuski, bu metodlarning ko‘pchiligi nafaqat o‘quvchilarga, balki o‘qituvchilariga ham ma’lum emas. To‘rtinchidan, ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi o‘quvchilarning mustaqil ishlarini o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarda nashr qilingan yangi ilmiy ishlar, shuningdek, murakkab bo‘lmagan ilmiy tadqiqotlarni bajarishni taxmin etadi. Fan bir joyda turmaydi, u doimo rivojlanadi. Darsliklardagi ma’lumotlar tez eskiradi. Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyot bilan ishlash o‘quvchilarni rivojlantirish, to‘ldirish va to‘g‘rilashni tahmin qiladi. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun o‘quvchilarga nafaqat darslik muammolari – matematik, fizik, tarixiy va boshqalar, balki fanlararo, masalan: LEP qo‘yilmasi, to‘g‘on qurilishi, parfyumeriyaning yangi kolleksiyasini yaratish, yangi dorilar, avtomobilning yangi modelini ishlab chiqarish, san’atda yangi yo‘nalishlar, janrlar va mavzularni izlashni taklif etish zarur. Fanlararo masalalar real hayotda ko‘p uchrasa-da, maktabda hozircha juda kam qo‘llaniladi.
Shunday qilib, o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatining elementar asoslariga o‘qitishda yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning hammasi bajarilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilarning ishida o‘zgarishlar kamlik qiladi, bunda ta’lim mazmunini: standartlar, dasturlar, darsliklarni o‘zgartirish zarur. Ammo bu ish tez orada qilinmaydi. Shuning uchun muallif o‘quvchilarga ilmiy adabiyotlar va ijodkorlik masalalarini qo‘llab, har bir mavzuni o‘rganishning oxirgi ikki bosqichini mustaqil bajarishni tavsiya qiladi.
Tizimdan bir yoki bir necha elementni ajratish; elementlar va tizimlarni tenglashtirish; elementlarni tizimlashtirish; elementlarni o‘zgartirish; elementlarni tizimga kiritish; konstruksiyalash; loyihalash; elementlar va tizimlar klassifikatsiyasi; tizimning strukturali-funksional resurslari tahlili.
Sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash masalalari. Sabablarni aniqlash; oqibatlarni aniqlash; isbot; rad etish; qonuniyatlarni aniqlash; yangi funksiyani aniqlash; tizim elementlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash; bashoratlash.
Tadqiqotchilik operatsiyalarini bajarish uchun masalalar. Muammolarni shakllantirish; tadqiqot rejasini, muammoni yechish rejasini tuzish; kuzatishlar, o‘lchashlar va sinovlarni rejalashtirish va o‘tkazish; faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholash.
Ijodkorlik masalalari tizimiga shuningdek turli xil guruhlardan masalalarni birlashtirish yo‘li bilan olingan kombinatsiyalangan topshiriqlar ham kiritilishi mumkin. Biroq ijodkorlik masalalarini darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zidan-o‘zi qo‘llanilishi bu hali ijodiy fikrlashni shaklantirish va rivojlantirish emas. Bu jarayon o‘quvchilar ijodkorlik masalalarini yechish metodlarini o‘zlashtirib, mustaqil ravishda ularning keyingi bobda batafsil to‘xtaladigan modifikatsiyalari (turlari)ni yaratganlarida amalga oshiriladi.
1.2 O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan.
Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.
Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo‘lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo‘lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo‘lgan qiziqish, xohish va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijod va ijodkorlik faoliyati. Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur bo‘lgan ko‘pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o‘z muammolarini qanday hal qiladilar? Ba’zilar o‘z intuitsiyasiga tayangan holda yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o‘zga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o‘z muammolari yechimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo‘lmagan qismigina o‘z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida yechadilar.
Siz, ijodkorlik faoliyati metodlari mavjudmi? Ijodkorlik bilan maqsadli yo‘naltirilgan holda shug‘ullanish mumkinmi? degan savollar berasiz. Ha, ijodkorlik metodlari mavjud, o‘z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi mashinalar, mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik san’ati asarlari, musiqiy, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha aniq masalalarlar qo‘yib, ijodkorlik faoliyati bilan maqsadli shug‘ullanish mumkin. Navbatdagi muammo yuzaga keladi – ijodkorlik faoliyatini qayerda o‘rganish mumkin? Bundan 10-20 yillar avval ijodkorlik metodlari bilan faqat ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan seminarlarda, tizimli tahlil, funksional-qiymatli tahlil, tizimli fikrlash faoliyati metodologiyasi, fikrlashni faollashtirish metodlari va ijodkorlik nazariyasining boshqa bo‘limlarida tanishish mumkin edi. 3Hozirgi kunda bu ilmiy yo‘nalish bo‘yicha yetarli darajada adabiyotlar nashr qilingan. Bu borada tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro‘yxati qo‘llanmaning oxirida keltirilgan. Kitoblardan tashqari ko‘pgina maktablar va oliy ta’lim muassasalarida turli maxsus fanlar kiritilgan. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pgina ta’lim oluvchilar ijodkorlik metodlari bilan tanishish, ularni madaniyatning turli sohalarida muammolarni yechishda qo‘llashga o‘rganish imkoniga ega emas edilar. Nega? Chunki talabalar uchun ijodkorlik nazariyasining yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limlarini, asosiy metodlarini o‘zida birlashtiradigan qo‘llanma mavjud emas edi.
Yana ijodkorlikka qaytamiz. Taklif qilinganlardan ijodkorlik faoliyati turlarini tanlashga harakat qiling: salat tayyorlash, mashhur detektiv asarini mutolaa qilish, reklama e’lonini yaratish, fizika bo‘yicha masala yechish, o‘qilgan matn asosida hikoya tuzish, pardoz qilish. Bu sizda qanday sifatlarni shakllantiradi? Ijodkorlikka faoliyatning mavjud bo‘lgan namunalaridan nusxa olmaydigan va bajarish jarayonida inson o‘zi uchun yoki boshqalar uchun yangilik yaratadigan turlari kiradi. Shunday qilib, ijodkorlik – bu obyektiv (hamma uchun) yoki subyektiv (o‘zi uchun) yangi tizimlar yaratish jarayoni.
Har bir insonga ijodkorlik faoliyati texnologiyalari va metodlarini egallash zarurmi, axir hamma ham obyektiv yangiliklar yaratmaydi-ku? Inson kim bo‘lib ishlashidan qat’iy nazar: ovqat tayyorlashi, kiyimni modellashtirishi, o‘z farzandlarini tarbiyalashi, ko‘pgina uy ishlarini bajarishi va xo‘jalik muammolarini yechishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun javob bir xil, ijodkorlik metodlarini har bir inson egallashi zarur. Qanday metodlarni va qaysi faoliyat uchun qo‘llash yoki qo‘llamaslik – bu uning tanlash huquqi.
Ijodkorlik tabiati. Nima deb o‘ylaysiz, ijodkorlik qobiliyati nasldan naslga o‘tadimi? Uzoq yillar ko‘pgina olimlar va oddiy insonlar ijodkorlik qobiliyati – bu nasldan naslga o‘tuvchi xudo bergan ne’mat deb hisoblashar edi. Shuning uchun agar bola oddiy oilada tug‘ilgan bo‘lsa, undan qaysidir faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlar kutishga o‘rin yo‘q. Biroq tarixda yetarli ma’lumot olmagan va o‘qimagan oilalardan chiqqan yetuk yaratuvchilar ham ma’lum. Shu bilan birga olimlarda ijodkorlik qobiliyatlari naslga hech ham aloqasi yo‘q va insonning hayoti davomida o‘zini rivojlantirish yo‘li bilan shakllanadi degan fikr yuzaga keldi. Unda haqiqat qayerda? Odatdagiday oraliqda... So‘zsiz, ijodkorlik faoliyatining ayrim nishonalari nasldan naslga o‘tadi va bunga oilaviy dinastiyalar misol bo‘ladi. Shu bilan birga, shaxsning butun hayoti davomida o‘zini rivojlantirishi ijodkorlik faoliyatida yuksak natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Eng murakkab savol yuzaga keladi - har birimizning qanday faoliyatga nasliy nishonalar mavjudligini qanday aniqlashimiz mumkin. M.Tvenning «Kapitan Sommerfildning samodagi sarguzashtlari» hikoyasida kapitan Sommerfild jannatga tushib, insoniyatga mashhur bo‘lgan hamma harbiylarning munozarasi o‘tkaziladigan xonaga kiradi. U qatnashuvchilarning yuzlariga qarab, ko‘pchiligini taniydi, lekin qanchalik tirishmasin, stolning boshida munozarani boshqarib o‘tirgan odam kimligini taniy olmaydi. Shunda u bu to‘g‘rida o‘zining qo‘shnisidan so‘raydi, munozarani boshqarib o‘tirgan inson hayotligida etikchi bo‘lgan va u harbiy bo‘lganida ham harbiy san’atning dahosi bo‘lar edi, degan javob oladi.
O‘z qobiliyatlarini bolalikdanoq bilish, ularni maqsadli rivojlantirish va o‘z kasbi va faoliyati sohasini izlashga yillarni va hatto o‘n yilliklarni yo‘qotmaslik imkonini beradi. Biroq tez-tez shunday ham bo‘ladiki, universitetni tugatib bir necha yil ishlagandan keyin inson bu uning ishi emasligini anglaydi. Bizning hayotimiz qisqa va kam natijali, insonga quvonch baxsh etmaydigan faoliyatga bir necha yilning yo‘qotilishi juda achinarlidir. Hozirgi paytda, bolalar va kattalarning qobiliyatlarini aniqlash uchun turli xil psixologik testlar ishlab chiqilgan, lekin muammoni yakuniy yechimiga hali uzoq. Afsus bilan ta’kidlash mumkinki, kishilarning qobiliyatini aniqlashning universal testi mavjud emas. Balki, bu kitobni o‘qiganlardan kimdir kelajakda shunday testlar ishlab chiqadi.
Ma’lumki, reproduktiv qobiliyatlar ma’lum chegaragacha rivojlanadi. Biz ip bog‘lash, nonga yog‘ surishni qanchalik mashq qilmaylik, ertami kech biz undan boshqa o‘zib keta olmaydigan oxirgi darajadagi tezlikka erishamiz. Ijodkorlik qobiliyatlari olimlarning isbotlashiga ko‘ra, chegaraga ega emas, insonda ularni rivojlantirish xohishi bor ekan, ular rivojlanaveradi. Xulosa oddiy: ijodkorlik faoliyati o‘zimizga, to‘g‘rirog‘i, nasliy qobiliyatlar va ish qobiliyatlarimizga bog‘liq. Aynan ish qobiliyati insonning hayot faoliyati davomida erishilgan faoliyati natijalarini aniqlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, inson yuksak ish qobiliyati va zarur genetik qobiliyatlarsiz erisha olmaydigan maqsadlar yo‘q.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘la javob berishi kerak.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki meyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
O‘quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan masala yechish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim.
Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq kirib borishdir.. O‘qitishdagi individual yondoshish faqat mashq ishlarida emas, balki o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni o‘tish, mustahkamlash va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzish va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o‘quvchilarning ijodkorlik mahoratlari va qobiliyatlari o‘sishida yana bir eshikni ochadi.4
Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ma’naviy-ijodiy usullar shu tariqa o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b) o‘quvchilarning egallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo‘yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Buning uchun o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iste’dodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.
II-BOB. TEXNIK IJODKORLIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. O‘quvchilarning ijodiy jixatdan tayorgarlik darajalari
O‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tayorgarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi meyoriy ilmiy jixatlar asoslangan. Ular qo‘yidagilardan iborat:
O‘quvchilarning buyumni uning shaklini takomillashtirish yoki detallarni ratsional joylashtirish maqsadida chizmaga, sxemaga qisman o‘zgartirish kiritib, berilgan xujjatlar bo‘yicha tayyorlay olishi.
O‘quvchining instruksiyalanishi oxiriga yetkazib va berilgan texnik xujjatga yoki alohida sxemaga o‘ziga o‘zgartirishlar kiritib buyumlarni yasay olishi.
O‘quvchining buyumni, uni konstruksiyasini dastlabki original takomillashtirib va texnologik sxemaga mustaqil holda o‘zgartirishlar kiritib tayyorlay olishi.
O‘quvchining original konstruktorlik g‘oyasini mustaqil holda texnologik jixatdan ishlab chiqishi va uni tayyorlashni udalay olishi.
O‘quvchi buyumning original konstruktorlik yoki ratsionalizatorlik g‘oyasini mustaqil holda asoslab va ta’riflab bera oladi, xujjatlarni ishlab chiqish va buyum yasashni bajara oladi.
O‘quvchilar texnik ijodkorlikning asosiy tushunchalari va mohiyati; texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari; texnik ijodkorlikning tashkiliy asoslari; kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishlari kerak:
Ilmiy-texnik va patent axboroti. Ijod metodlari, texnik masalalarni yechish; texnik ijodkorlik metodlarini rivojlantirish. “Amal va xato” metodi; “aqliy hujum” metodi. Sinektika va morfologik tahlil. Nazariy savollar metodi. Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmini bilish, malaka hosil qilish va amalda qo‘llay olish kerak;
Texnik masala yechimlarini topishning boshqa metodlari; buyumning badiiy loyiha konstruksiyasini yaratish. Texnik obyektlarni loyihalash va tayyorlash; oddiy texnik obyektlarni konstruksiyalash va modellashtirish; avto modeli, kema modeli, avia model va qishloq xo‘jaligi mashina va uskunalarini modellashtirish, qo‘llanilishiga ko‘ra o‘quv va ishlab chiqarish texnik obyektlarini konstruksiyalash, o‘quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish; texnik ijodkorlik boyicha sinf va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarni tashkil etish; o‘quvchilarning boshlang‘ich ijodiy uyushmalaridagi ishlar mazmuni va metodlari to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
O‘quvchilarning ijodkorlik g‘oyalarini baholashda ekologik xavfsizlik mezonlari. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlari mobaynida dolzarb bo‘lib kelgan muammolardan biri bu ekologiya, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish muammosidir. Har qanday muammolarni, jumladan ekologik muammolarni hal qilishning eng samarali yechimiga ijodkorlik g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Ma’lumki, ijodkorlik deyilganda insonning borliqni bilish va o‘zgartirishga qaratilgan ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati tushunilib, uning natijasida yangi, o‘ziga xos, ilgari mavjud bo‘lmagan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratiladi. Ushbu ta’rifda keltirilgan faoliyat turiga mos keluvchi yangi g‘oyalarining samaradorligini baholashda quyidagi to‘rtta asosiy tamoyilga amal qilinadi: g‘oyaning ijtimoiy ahamiyati; ekologik xavfsizligi; texnik–iqtisodiy samaradorligi; kafolatlangan ishonchliligi.
Keltirilgan tamoyillar har biri o‘z o‘rnida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ijodkorlik g‘oyasining ekologik xavfsizligi tamoyiliga muvofiq kelmasligi uning jamiyat amaliyotiga tatbiq qilinishida inkor etilishiga olib keladi, bu holat uning alohida dolzarblik kasb etishini ta’kidlaydi. Shu sababli mazkur tamoyil quyidagi mezonlar asosida quriladi:
1. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasini amalda tatbiq qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarga ta’siri nuqtai nazaridan ham tahlil etiladi.
2. Tashqi muhit, o‘simliklar, hayvonlar dunyosi hamda insonlarga zararli moddalar, nurlanishlar va boshqa salbiy ta’sirlarni baholashda ular umumiy yig‘indi sifatida qaraladi, chunki ushbu ta’sirlar bir – biriga kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Baholash har bir salbiy ta’sirning ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eng yuqori natija asosida olib boriladi.
4. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasining salbiy ekologik ta’siri shartli olingan ko‘rsatkichga nisbatan emas, balki uni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy holatlar yig‘indisiga nisbatan o‘rganiladi.
5. Ijodkorlik g‘oyasining asosida yaratiladigan texnika va texnologiyalarning ekologik ko‘rsatgichlari nisbiy baholash tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladi, ya’ni loyihalash jarayonida u xuddi shu vazifani bajaruvchi ekologik jihatdan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, texnika yoki texnologiya namunasiga nisbatan o‘rganiladi, sanoat ishlab chiqarishda esa almashtirilayotgan obyektning ekologik ko‘rsatkichlariga nisbatan baholanadi.
6. Yaratilayotgan ijodkorlik g‘oyasi asosida texnik yechimning ekologik xavfsizligini u tatbiq etiladigan texnik tizimning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi.
7. Yaratiladigan ijodkorlik g‘oyasining texnik yechimini ishlab chiqishda salbiy ta’sirlarning eng og‘ir oqibatlari keltirib chiqaradigan eng yomon holatlari yig‘indisi uning ekologik pasporti sifatida qaraladi.
Qarab chiqilgan ijodkorlik g‘oyasining ekologik jihatdan keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlari uning eng yuqori qiymatlari asosida o‘rganiladi. Bu jihatdan olib qaralganda yaratiladigan ijodkorlik g‘oyalarining ekologiyaga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlarining minimal qiymatda bo‘lishi ta’minlanadi.
Ekologik xavfsizlik jihatidan ijodkorlik g‘oyasi ishonchliligining eng maqbul ko‘rsatkichini aniqlash ketma–ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Ijodkorlik g‘oyasi ishonchliligi ko‘rsatkichlari bilan uni amalga oshirishdagi sarflanadigan harajatlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar topiladi.
2. Ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning texnik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
3. Ishonchlilik ko‘rsatgichlaridan kelib chiqqan holda texnik yechimlardan voz kechishning ekologik zararlarga aloqadorligi aniqlanadi.
4. 1,2,3 ko‘rsatgichlarning o‘zaro aloqadorligi aniqlanadi.
5. Aniqlangan aloqadorlik eng kichik qiymati uchun mos ravishdagi ishonchlilik qiymati topiladi. U sarf-harajatlarning eng kichik miqdorini belgilashda eng maqbul hisoblanadi.
Yangi ijodkorlik g‘oyasining ekologik samaradorligi ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi. Ularning birinchisi alohida ishlab chiqarish resurslarini tejalishi, chiqindisiz texnologiyaning joriy etilishi, yuzaga keladigan chiqindi va ikkilamchi xom–ashyoni zararli ta’sirlarini bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Ekologik samaradorlikning ikkinchi shakli mavjud ishlab chiqarish vositalari yoki usullarining keltirayotgan zararini kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Har ikkala shakldagi ijodkorlik yechimlarini joriy qilishda uning ekologik zahirasi degan baholash mezoniga asoslanadi. Ekologik zahira ijodkorlik texnik yechimini tatbiq qilishda erishish mumkin bo‘lgan eng oliy ekologik samara bilan amalda erishilgan ekologik samaradorlik o‘rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Mazkur ekologik zahira ijodkorlik g‘oyasining ekologik pasporti uchun asos vazifasini o‘taydi. Ijodkorlik g‘oyasining ekologik pasporti texnik yechimlar muqobil variantlarini ularning ekologik jihatdan nomukammalligini baholashda aniq mezonga tayanib ish ko‘rilishini ta’minlaydi. Shuningdek, ijodkorlik g‘oyasining ekologik samaradorligini aniqlash uning ijtimoiy bahosini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
ijodkorlik g‘oyasi amalda qo‘llanilishining ekologik pasporti uni ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilishda yuz berishi mumkin bo‘lgan ekologik jihatdan zararli hodisalarning mos ravishdagi shartli chegaraviy texnik–iqtisodiy ko‘rsatgichlarning qiymatlariga asoslanadi. U turli maqsadlarda foydalaniladigan ijodkorlik g‘oyalari turli ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilishda, ekologik xavfsizlik mezonlaridan kelib chiqib hisoblanadi. Ijodkorlik g‘oyasini qo‘llashning shartli ekologik pasporti sifatida amalda eng yaxshi texnik yechimlarga erishgan ekologik natijalari olinishi mumkin.
Ijodkorlik yechimining ekologik pasportini ishlab chiqishda organoleptik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, texnologiyaning chegaraviy samaradorlik ko‘rsatgichini hisoblash kabi uslublardan keng foydalaniladi. Har bir uslubni qo‘llashning tor ixtisoslikdagi holatlari ham mavjud, biroq umumiy holatlarda keltirilgan uslublar tizimi yaxlit majmua sifatida qo‘llaniladi.
Shunday qilib, ijodkorlik g‘oyalarining xavfsizlik mezonlari ham uning asosida ijodkorlik g‘oyasi ekologik pasportini ishlab chiqilishi mazmunining tahlili natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
-ekologik muammolarni hal qilishda ijodkorlik g‘oyalari asosida yaratiladigan yangi texnika va texnologiyalar asosiy omillardan biri hisoblanadi;
ishlab chiqilayotgan ijodkorlik g‘oyalari baholash mezonlari ularning ekologik jihatdan keng qamrovli tahlil qilinishini, bunda uning nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlarga ham ko‘rsatadigan ta’sirlari o‘rganilishini texnik yechimlarning zararli ta’sirlarini tamoman bartaraf etadi;
ijodkorlik g‘oyalarining ekologik xavfsizligini ta’minlash mezonlari haqqoniy baholash ko‘rsatkichlariga asoslanganligi va kishilik jamiyatining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli ularni barcha texnik-texnologik jarayonlar ekologik ko‘rsatkichlarini baholashda tavsiya qilishga imkon beradi.
2.2. Texnik ijodkorlik jarayonida qo‘llaniladigan metodlar
Ijodkorlik masalalariga insonlar har qadamda duch keladilar, biroq ularni har doim ham ijodiy yo‘l bilan qilishga intilmaydilar. Jumladan, ta’limni tashkil qilishning asosiy shakllari bo‘lgan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi o‘zining to‘laqonli yechimini topmay kelmoqda. Mazkur muammoni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida hal etish muayayn yechimlari taklif etilgan bo‘lsa-da, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi yetarlicha tadqiq qilingan emas.
Qisqa qilib aytilganda, ijodkorlikni murakkab ko‘ringan masalani hal etishning sodda yechimini topish deb ta’riflash mumkin. Odatda, uni oqilona yechim yoki ixtiro deb atashadi. Ushbu fikrni ko‘proq moddiy shaklga ega bo‘lgan texnik ijodkorlik misolida izohlash mumkin.
Umumiy o‘rta ta’limda fizika va mehnat ta’limi DTSlari va o‘quv dasturiga asosan o‘quvchilar deformatsiya tushunchasini, materiallarning qattiqligi, mo‘rtligi, ustuvorligi kasbi tushunchalarni nazariy o‘rganishlari hamda laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarida tajribadan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Biroq, ushbu laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan R-20, SM-4 kabi sanoat tipidagi sinov qurilmalari juda katta o‘lchamga egaligi, barcha o‘quv yurtlarida o‘rnatish imkoniyatining mavjud emasligi, mavjud bo‘lganlarida ham barcha o‘quvchilar shug‘ullanishiga imkon bermasligi sababli ishni ijodiy tashkil qilishga to‘sqinlik qiladi. Ixtirochi bu masalani oddiy yo‘l bilan, metall kesuvchi qaychiga namunani kesish uchun sarf bo‘ladigan kuchni o‘lchash moslamasini o‘rnatib hal qilib beradi. Bu yechimning soddaligi unda muammo yechimi sifatida oddiy qaychidan foydalanilganligi, ixtironi qilingan qurilmani o‘quvchilar o‘z kuchlari bilan tayyorlash imkonining mavjudligi, bu usulda tayyorlangan qurilmadan barcha o‘quvchilar birvarakayiga foydalanishi mumkinligi kabi ko‘plab dalillar bilan asoslanadi. Eng muhimi, o‘quvchilar ulkan va murakkab qurilmalar bajarayotgan «tushunarsiz operatsiyalarni» sodda qurilmalarda tushunarli qilib bajarish mumkinligini bilib oladilar6.
Demak, ixtiro – bu talabchanlik, nozikta’blik yoki «aql o‘yini» emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo‘lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo‘lidir. Insondagi ana shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uni tabiat kuchlari bilan raqobatni yengib, yangi – tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratdi.
Inson ehtiyojlarining o‘sib borishi jarayonida uning tomonidan qo‘llaniladigan mehnat qurollari ham murakkablashib, takomillashib borgan. Insoniyat taraqqiyoti o‘z yo‘lida yutuqlar bilan birga ko‘plab muammolarni ham keltirib chiqargan. Yaqin o‘tmishga qadar esa bu muammolar faqat bitta usul – amal va xato metodi orqali hal qilib kelingan. Bu usul minglab xato yechimlar ichida bitta to‘g‘risini topishga qaratilgan bo‘lsa-da, uning vositasida elektr dvigatellari va generatorlar, ichki yonuv dvigateli, marten pechlari, telefon va samolyotlar ixtiro qilindi. Biroq texnik-texnologik jarayonlarning nihoyatda murakkablashib borishi amal va xato metodining ikki yo‘nalishda takomillashtirilishiga asos bo‘ldi: birinchisi, muammo yechimi sifatida taklif etiladigan g‘oyalar sonini oshirib borish, ikkinchisi taklif etilayotgan g‘oyalarni saralashga bo‘lgan talablarni orttirish.
Dastlab, ikkala yo‘nalish ham o‘zaro uyg‘unligini namoyish qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik yechim variantlarini tanlashdagi subyektivlik, xatolardan himoyalanmaganlik bilan bog‘liq kamchiligi ayon bo‘ldi. Bu metodning «umri»ni uzaytirish uchun variantlarni taqqoslashni tezlashtirish yo‘li tanlandi. EHMlarning dastlabkilari aynan mana shu prinsip asosida ishlagan. Bunda ham, oxir-oqibatda, ulkan hajmdagi variantlarni o‘zaro taqqoslab chiqish yo‘li bilan ijodkorlik masalalarini hal etib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi.
Bildirilgan mulohazalarga yakun yasab aytish mumkinki, hozirgi paytda o‘qituvchi va o‘quvchilarning asosiy ijodkorlik «quroli» bo‘lgan amal va xato metodi yordamida yangi sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmas ekan. Bizning fikrimizga ko‘ra, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatini amalga oshirishning turli-tuman, zamon sinovidan o‘tgan ilg‘or metodlar bilan qurollantirish vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan bog‘liq ekan, ijodkorlik yo‘llarini puxta o‘zlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash respublikamiz ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Bu masalaning asosiy yechimi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari ishini maqsadga muvofiq tashkil qilish bilan hal etiladi.
O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasi quyidagi asosiy usullarga tayanadi:
- doimo o‘quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo‘llanilgan usulning universalligi, hammabopligiga qaratish. Buning natijasida o‘quvchilar darsda ma’lum vaziyatga nisbatan qo‘llanilgan metodni yangi hodisalarga tatbiq qilib, yangi qonuniyat va yechimlarni izlashga odatlanadilar;
- o‘quvchilarni ijodkorlik metodlariga o‘rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo‘l, imkoniyat sifatida qarilishi taqozo etiladi. Muammo yechimini topishga qaratilgan vazifalar o‘rganilayotgan tizim tarkibi va undagi jarayonlarni tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Shu sababli masalani hal etishdan kutilgan maqsadni va uni amalga oshirishdagi vazifalarning to‘g‘ri belgilanishi muammoni darhol hal etishga qaratilgan intilishlardan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi;
- o‘quvchilar o‘zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g‘oyalar ijodkorlik darslarining asosiy «mahsuli» hisoblanadi. Biroq, faqatgina masalaning yangi yechimini topish ijodkorlik faoliyatining so‘nggi bosqichi bo‘lib qolmasligi kerak. O‘quvchilar o‘z g‘oyalarini «oxiriga yetkazish»ni o‘rganishlari, ya’ni yangi yechimni sinab ko‘rish, asoslash va tatbiq qilishga oid ma’lum ko‘nikmalarni egallashlari ijodkorlikni «xayollar» darajasidan amaliy bosqichga ko‘tarish zarur asosni yuzaga keltiradi. Mazkur mulohazaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarida yuqori faollik darajasini ta’minlashga va pirovardida turli fan sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi bo‘lajak olimlarni tarbiyalashga zamin tayyorlaydi;
- ijodkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim jihati – axborotlarni yig‘ish, tahlil va talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lib, busiz har qanday ijodkorlik metodi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlashga oid dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishda ularni o‘z qiziqishlariga oid rasmlar va fotosuratlar, ilmiy-ommabop maqolalar, markalar va h.k.larni yig‘ish, saralash va tizimga keltirish ishlariga jalb qilish metodlaridan keng foydalanish mumkin;
- ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarining juda muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masala - shaxs ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Odatda buyuk olim va ixtirochilar to‘g‘risida so‘z yuritilganda o‘quvchilar «Ulug‘ allomalargina shu qadar yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritganlar, bizlar bo‘lsak oddiy odamlarmiz», - deb o‘zlarini urintirishdan saqlamoqchi bo‘ladilar. Bu tushunchani yengishning muhim yo‘nalishlaridan biri turli hayot yo‘liga ega bo‘lgan taniqli ijodkor shaxslar biografiyasi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib borishga bog‘liq bo‘lib, bunda so‘z yuritilayotgan shaxs hayotining barcha jabhalari ro‘y-rost bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Mazkur metodning asosida ilm-fandagi yuksak yutuqlarga unga intilgan har shaxs erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirish talabi yotadi.
Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishning mazkur usullarini turli yoshdagi o‘quvchilarga nisbatan samarali qo‘llash mumkin, faqat buning uchun tegishli dasturlar hamda o‘quv qo‘llanmalarining tizimlashtirilgan majmuasi mavjud bo‘lishi talab qilinadi.
Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali metodlarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari "Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar" ko‘rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.
Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tatbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.
1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatatsion sarf - xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [ A, - ] ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala.
Muammo - bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [ -, H ]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.
2 - misol. Masalaning qo‘yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg‘i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi.
Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].
Muammo - yonilg‘ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishi belgilanadi.
T7exnik ijodkorlik jarayonida qo‘llaniladigan metodlar. Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo‘lishi bilan insoniyat o‘z oldiga har xil qiyinchilikda va ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vazifalarni yechishga harakat qiladi. Insoniyat o‘sib kelayotgan ehtiyojini qoniqtirish va mehnatini yengillashtirish maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga, uning ish unumdorligini oshirishga va foydali ish koeffitsiyentini ko‘paytirishga harakat qiladi. Ko‘p vaqtlar ijod bilan faqat qobiliyatli odamlargina shug‘ullanadi deb tushunishgan. Ilm, fan va texnikaning o‘sib borishi shuni ko‘rsatadiki ko‘p sonli maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy-texnik taraqqiyotining rivojlanishini ta’minlay oladi.
Sanoat ishlab chiqarishida yuzaga kelgan ehtiyoj texnika taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bu fikrni aynan texnika ijodkorligiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Asrimizning 40-yillarida texnik yechimlarni tadqiq qilishning faol metodlariga ehtiyoj kuchayadi. Bu boradagi metodlarning yetishmasligi atom energetikasi, raketasozlik, elektron hisoblash mashinalarini takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda edi. Bu davrda turli yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilishi natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:
- birinchidan, murakkab masalalarni, hatto, daho insonlar ham yakka o‘zlari yecha olmasligi, ijod qilishning jamoa usuliga zarurati asoslandi;
- ikkinchidan, texnik yechimlarni ishlab chiqishga ajratilgan vaqtning qisqaligini e’tiborga olib ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda yangi g‘oyalarning ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib borilishi lozim;
- uchinchidan, mavjud bo‘lgan ko‘plab g‘oyalar orasidan asosli va samarali bo‘lganlarini ajratib olish yo‘llarini belgilash.
«Amal va xato» metodlari.Ijod qilishni o‘rganish uchun uning qobiliyatlarini bilish kerak. Oldingi vaqtlarda ya’ni qurollanish davrlarida ixtirochilik bilan shug‘ullanishda faqat bitta «Amal va xato» metodidan foydalanilgan. Ular o‘zlarining ish jarayonlarida texnik masalalarni yechishda har xil amallarni bajarishda ko‘p xatoliklarga yo‘l quyiladi va bu xatoliklarni minimumga keltirishga harakat qilinadi.
Har xil texnik masalalarni yechishda ixtirochilar «Amal va xato» metodlarini qo‘llaydilar. Uning mohiyati shundan iboratki texnik masalalarni hal etishda ixtirochi bor imkonini variantlarining hammasini qo‘llagan holda qo‘yilgan talabga javob beradigan bittasini tanlaydi. Texnik masalalarni yechishda ko‘proq ixtirochining kuzatuvchanligi, intuitsiyasi, intellekti ahamiyatga molik.
«Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari.«Amal va xato» metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasini yaratish juda murakkab. Har bir yangi texnik masalani yechishda ixtirochi ishni yangidan boshlashga majbur. «Amal va xato» metodi juda og‘ir mehnatni talab etadi va undan foydalanishda masalalarni muvaffaqiyatli yechishga kafolat bera olmaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyot sharoitida texnikaning jadal rivojlanib borishda ulkan g‘oyali, katta effekt beradigan metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnik masalalarni yechishda foydalaniladigan barcha metodlarda «Amal va xato» metodi elementlari ma’lum darajada ishlatiladi.
«Aqliy hujum»» metodi. Olimlarning fikricha ijodiy faoliyat bu aniq qonuniyatga asoslangan xarakterda bo‘lib, ijodiy masalalarni yechishning adekvat metodlarini topishga zamin yaratadi. Bu metodlar 2 ta guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga «Aqliy hujum», “Sinektika, morfologik tahlil” metodlari, bular assotsiativ fikrlari va kutilmagan yechim xarakteri mexanizmlarga asoslanadi. Bu metodlardan foydalanish juda yengil, lekin qo‘llanilayotgan obyektning mohiyatiga bog‘lanmagan. Ikkinchi guruhga “Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmi” “Funksional–tannarx tahlili” metodlari va boshqalar kiradi. Bu metodlardan foydalanish juda murakkab lekin obyektning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Ishlab chiqarish korxonalar ilmiy asoslarida ehtiyoj paydo bo‘lar ekan, u ko‘plab ilmiy tekshirish institutlariga nistaban ilm - fanni rivojlantirishga sabab bo‘ladi. 1990 yillarning o‘rtalarida atom energetika, raketasozlik, elektron hisoblash, mashinalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi ijodiy mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish yo‘llarini qidirish boshlandi. Ular har xil yo‘nalish bo‘yicha olib borildi. Shulardan bittasi Amerikalik tadbirkor va ixtirochi A.Osbornning taklif etgan «Aqliy hujum» metodi edi. Uning fikricha, kimlardir g‘oya bera olish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kimlardir uni tanqidiy tahlil qila olish imkoniyatiga ega. Ularni ikkita guruhga, ya’ni «Generatorlar» va «Ekspertlar»ga ajratishni taklif etadi. «Aqliy hujum» metodini qo‘llashda quyidagi tartib qoidalarni ishlab chiqqan:
«Aqliy hujum» metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25 gacha odamlar ishtirok etishi kerak. Ularni yarimi g‘oya beruvchilar, keyingisi tahlil qiluvchilar. G‘oyani generatsiya qiluvchilar guruhiga kuchli fantaziyaga, abstrakt tafakkurga ega bo‘lgan kishilar kiritiladi. Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan shaxslar tanlab olinadi. «Aqliy hujum» sessiyasiga malakali, tajribali xodim rahbarlik qiladi.
Generatorlar qo‘yilgan masalaning yechimini topish uchun maksimal sondagi g‘oyalarini beradilar. Berilgan g‘oyalar bayoni magnitofonlarga yozib olinadi. Ekspertlar shularning ichidan ma’qulini tanlab olishadi.
Qo‘yilgan masalaning yechimining og‘irligiga qarab «Sessiya» 30-50 daqiqagacha davom etishi mumkin.
«Aqliy hujum» sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning o‘rtasida bir biriga nisbatan hurmat va erkin munosabatni o‘rnatish zarur.
Agarda sessiya natijasiz tugasa, uning ishtirokchilarini o‘zgartirish zarur. Masalaning qo‘yilishi ham qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Xulosa
Talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi asosiy omillardan biri bu yechimini muammoli xolatdan topishi talab etiladigan texnik masalalarni xal etishdan iborat. Texnik masala yechimini topishdagi muammoli xolat deganda yechimi izlanayotgan masalada bir nechta bir-birini inkor qiladigan yechimlar mavjud ekanligi tushiniladi. Ya’ni bunda yechimni tanlashda fikrlar qarama-qarshiligi namoyon bo‘ladi.
Texnik masalalarni yechishda yuzaga keladigan teskariliklarga axborot-anglashdagi, o‘rganish jarayonidagi va mantiqiy fikrlar qarama-qarshiligi kiradi.
Axborot-anglashdagi fikrlar qarama-qarshiligi o‘rganilayotgan xodisa, jarayon yoki predmet mazmunidan kelib chikadi. Misol uchun, tabiatda ishqalanish kuchining doimiy mavjud bo‘lishidir, ya’ni uni to‘la yo‘qotib yuborish mumkin emasligi bilan yuzaga keladigan fikrlar qarama-qarshiligini olaylik. Bir qarashda ishqalanish kuchini biror bir vosita orqali kamaytirish yoki yo‘qotish mumkin. Ammo ikkinchi tomondan biz foydalangan vositada ham ishqalanish kuchi yuzaga kelishi mumkin. Ana shunda fikrlar qarama-qarshiligi yuzaga keladi. Ya’ni nima uchun ishqalanish kuchini to‘la yo‘qotib yuborish mumkin emas. Ana shunda insonda yuzaga kelgan teskarilikni anglash extiyoji tug‘iladi, ya’ni insonda muammoli vaziyatga tushib qolish deb ataladigan psixologik holat sodir bo‘ladi.
O‘rganishdagi fikrlar teskariligi inson o‘zi bilgan bilim ko‘nikmalari orqali yangi o‘rganilayotgan obyektni bilishga intilishida yuzaga keladi. Mantiqiy fikrlar qarama-qarshiligiga esa insonni muloxaza-mushoxada yuritishi natijasida yuzaga keladigan teskarilik misol bo‘ladi.
Texnik masalalarni yechishda yuzaga keladigan teskarilik ijodiy fikrlar qarama-qarshiligi xisoblanadi, ya’ni masala yechimini qidirishda inson ijodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Inson ijodiy faoliyatni amalga oshirishni uchun, ya’ni biror-bir texnik masalaning yechimini topishi uchun unda texnik fikrlash ma’lum darajada shakllangan bo‘lishi kerak. Texnik fikrlashni shakllanishi va rivojlanishi uchun yechiladigan texnik masalalar real texnik qurilma, jarayon yoki xarakat bilan bog‘lik bo‘lishi lozim. Bunday masalalarga texnik obyektlarni loyixalash (konstruktorlik) masalalari, texnologik xarakterdagi va texnik qurilmalar modellarini bajarish jarayoni bilan bog‘lik bo‘lgan masalalar misol bo‘la oladi.
Ijodiy konstruktorlik faoliyatini tayyorlash uchun «muammolar qutisi» turidagi masalalarni yechish muhim ahamiyatga ega. Bunday turdagi masalalarni yechishda insonni biror-bir konkret masalani yechishda mavjud bo‘lgan texnik qurilmalar arsenalidan foydalana olishga o‘rgatiladi. Bunday masalalarni quyidagicha izoxlanadi. Yechilishi talab etiladigan masala chizmali tasvir shaklida beriladi. Berilgan texnik qurilmada ayrim detall yoki uzel tushirib qoldirilgan bo‘ladi. Tushirib qoldirilgan qismni bajaradigan funksiyasiga ko‘ra qayta tiklash talab etiladi yoki talabalar o‘zlariga ma’lum mashina-mexanizmlardan birini texnik qurilmaning yetishmayotgan qismini to‘ldirishlari talab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mirziyoyev Sh. M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi 13-14 b
Sh.M.Mirziyoev .“Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. T. “O’zbekiston” 488 b. 2017 y.
.«Xalq badiiy hunarmandchilik va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. – T., «Toshkent oqshomi» gaz. 1997 yil, 2 aprel, 38 son
G` R. Raxmonberdiyev, M. T. Pirimqulov, Y. T. Toshpo`latov ―Texnik ijodkorlikining asoslari‖ O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 2009 yil
T. Abdurashidov ―Plasmassalarni qayta ishlash texnologiyasi‖ T. : ―Musiqa‖ nashriyoti. 2010 yil
Ahmedov M.B. Yog’och o’ymakorligi. –T.: Iqtisod–Moliya, 2007 y.
Bulatov S.S. «O’zbek xalq amaliy bezak san’ati», -T., «Mehnat» 1991 y.
Bulatov S.S., Ahmedov M.B. Xiva naqqoshlik maktabi. –T.: Bilim jamiyati, 1994
Alimjonova J. I. Mutaxasislik o’qitish metodologiyasi (ma’ruzalar matni) TKTI. – T.: 2009
Mavlonov A., Abdalova S., Allamberganova M., Ilyasova Z. O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda ta’lim texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur bo’stoni”, 2013yil 142 b
N. A. Muslimov, Sh. S. Sharipov, M. Qodirov. ―Texnik ijodkorlik va dizayin‖. T. : ―TDPU‖, 2010 yil
S. Iskandarov. ―Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar‖ T. : ―Fan va texnologiya‖ 2004 yil.
O`mirov, A.Qayumov ―Mashinasozlik texnologiyasi‖ T. ―O`zbekiston‖ 2003 yil.
M. A. Babajonov ―Texnologik jarayonlarni loyixalash‖ Cho`lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2009 yil.
K. V. Usmonov. Metall kesish asboblari. Toshkent ‗O`qituvchi‘-2004.
Z. Sotvoldiev. ‖Dizayn asoslari‖ 2015
D. D. Zuparova, N. N. Karimova ‖Dizayn tarixi‖ 2015.
|