• O’simliklarni ximoyalash usullari
  • Reja: O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari




    Download 92,29 Kb.
    bet1/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi92,29 Kb.
    #234676
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    O’simliklarni himoyalash va parvarishlash mashinalari


    O’simliklarni himoyalash va parvarishlash mashinalari
    Reja:

    1. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari.

    2. O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash mashinalari.

    3. Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari

    4. Purkash qurilmalari



    O’simliklarni ximoyalash usullari
    O’simlik zararkunandalari va kasalliklari hamda begona utlar ekinlarning hosildorligini kamaytirib, hosil sifatini pasaytirib, dexkonchilikka katta zarar keltiradi. Shu sababli ekinlarni ximoyalashda maxalliy sharoit uchun mos bo’lgan usullardan foydalanish maksadga muvofikdir.
    Amalda o’simliklarni ximoyalash uchun ishlatiladigan usullardan kuyidagilarni ko’rsatish mumkin: agrotexnik, fizik, mexaniq, biologik, kimyoviy.
    Agrotexnik usul eng arzon va bezarar bo’lib, u ekinlarni almashlab ekish, tuproqqa maxalliy sharoitga moslangan texnologiya buyicha ishlov berish, kulay muddatlarda ekish, kasallikka va zararkunandalarga chidamli navlarni selektsiya qilish hamda boshqa tadbirlarni uz ichiga oladi. Bu usuldan foydalanganda, ekinlarning tez va soglom rivojlanishi uchun kerakli bo’lgan, kasallik kuzgatuvchi mikroorganizmlar, zararkunanda va begona utlar uchun esa eng nokulay sharoitlar yaratiladi.
    Fizik usulda zararkunanda va kasalliklarga kirgin keltiradigan ul tratovush, yuqori chastotali toklar, yuqori va past harorat, radioaktiv moddalar, ionlashtiradigan nurlar, mikrouzunlikdagi radiotulkinlar va boshkalardan foydalaniladi.
    Mexaniq usulda zararkunandalarga qarshi turli tusiklar, tuzok va kopkon, yopishkok yelimlardan foydalanish kuzda tutiladi.
    Biologik usulda zararkunanda, begona utlar, kasallik kuzgatuvchi mikrob va bakteriyalarga qarshi kurashda ularning tabiiy dushmanlari (kushandalari, mikroorganizm, antibiotik) dan foydalani­ladi. Bu usul samarali bo’lishi va atrof-muxitga salbiy ta`sir ko’rsatmasligi bilan boshqa usullardan fark kiladi. Undan, ayniksa, ahol i yashaydigan joylarning yakiniga ekilgan ekinlarga, asosan, guzaga tushgan zarar­kunandalarga qarshi kurashishda ekologiyaga zarar yetkazmasdan samarali foydalanilmokda. Shu maksadda, turli entomofaglardan (trixo­gramma, bakalok kana, brakon, yetti doKli xonkizi kunKizi, oltinkuz...) keng foydalanil­mokda. Mikrobiologik preparatlar (dendrobatsillin, bitoksibatsil­lin, lepidotsid), jinsiy feromonli tuzoklar kabi vositalar ham yaxshi natija bermokda.
    Kimyoviy usulda begona utlar, zararkunanda va o’simlikda kasallik kuzgatuvchi mikroorganizm va zamburug’larga qarshi kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bu usul eng samarali bo’lib, ammo atrof-muxitga salbiy ta`sir ko’rsatish extimoli bor. Kimyoviy usul universal bo’lib, o’simlik va daraxtlarga keng kulamda ishlov berish imkoniyatiga kura dunyo buyicha keng tarkalgan.
    Ekinzorlarni ximoya qilishda kimyoviy usul bilan bir vaqtda boshqa bezarar va samarali usullarni muvofiklashtirib foydalanilsa ma`kul bo’ladi.
    Agrotexnik talablar. Zararkunanda va kasalliklarga uchragan ekinlarga zaharli kimyoviy moddalar bilan uz vaqtida ishlov berilsa, uning samarasi kutilganday bo’ladi. Eritma suspenziya va emul siyalardagi kimyoviy mod­da­ning miqdori tayinlanganga nisbatan 5% fark qilishi joizdir.
    Urug’larga zaharli moddalar bilan ishlov berishda ular shikastlanmasligi, bir xil kontsentratsiyada zaharlanishi kerak.
    Ekinlarni purkash va changlatishda dori moddasi tayinlangan me`yorda va bir tekis tarkatilishi talab qilinadi. Mashinaning ishlov berish kengligi buyicha dori tarkalishining notekisligi 30%, paykal uzunligi buyicha notekisligi 25% bo’lishi joizdir. Dorilash dozasi (changlatish va purkashda) berilgan miqdordan 15% fark qilishi mumkin. Purkash vaqtida shamolning tezligi 5 m/s dan, changlatishda 3 m/s dan ko’p bulmasligi kerak. Havo harorati 23°S dan oshmasligi lozim. Yogingarchilikdan oldin va yomgir vaqtida kimyoviy moddalar bilan ishlov berish tavsiya etilmaydi. Ishlov berilganidan sung 24 soat ichida yomgir yogsa, uni takrorlash kerak. O’simliklarning gullash davrida kimyoviy dorilar bilan ishlov berilmaydi.

    Download 92,29 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 92,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari

    Download 92,29 Kb.