Reja: O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari




Download 92,29 Kb.
bet3/5
Sana15.05.2024
Hajmi92,29 Kb.
#234676
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’simliklarni himoyalash va parvarishlash mashinalari

Fumigatsiyalash deganda cheklangan hajmdagi ob`ektni zaharli moddaning bugi yoki zaharli gaz bilan ishlov berish tushuniladi.
Ekiladigan urug’ yoki kuchatlar zaharlansa, kasallik chakiruvchi bakteriya va zamburug’lar kiriladi. Urug’ni zaharlashning kurug’, yarim kurug’ va namlash usullari ishlatiladi. Kurug’ usulida za­harlanadigan urug’ kukunsimon kimyoviy modda bilan aralashtiriladi. Yarim kurug’ usulida esa 0,5% formalin eritmasi sepiladi va bir necha soat ustini yopib kuyiladi, keyin shamollatiladi. Namlab zaharlashda formalinning suvdagi kuchsiz eritmasiga urug’ bir necha soatga soli­nib, keyin kuritiladi.
Kurug’ zaharlash ekishdan 2ѕ6 oy ilgari, yarim kurug’ zaharlash —bir necha kun oldin, namlab zaharlash esa urug’ bevosita eqilishidan oldin bajariladi.
Xemoterapiya o’simlik uchun bezarar, lekin kasallikning oldini oladigan va zararkunandani haydaydigan moddalar bilan tuyintirishdir.
Eritmani parchalanish darajasining samaradorlikka ta`siri. Kimyoviy modda eritmasini purkaydigan mashinalar va aerozol generatorlari eritmani har xil dispersiya (o’lchamlarning o’zgarish chegarasi) dagi zarrachalarga parchalab beradi. Yirik tomchilarga parchalab ko’p miqdorda purkalsa zarracha­lar diametri 250 mkm dan kattarok, oz miqdorlab purkashda 20....250 mkm, ul tra oz miqdorlab purkashda esa 20...100 mkm bo’ladi. Aerozol generatori kam dispersiyali (poli) tuman hosil kilganida zarrachalar 25...100 mkm, urta dispersiyali tumanda — 5...25 mkm, yuqori (mono) dispersiyali tumanda 0,5...5 mkm bo’lishi mumkin.
Kimyoviy moddaning ta`siri uni purkashdagi zarrachalarning mayda-yirikligiga bog’liq, tomchi kanchalik maydalangan bo’lsa, zaharning ta`siri shunchalik kuchli bo’ladi. Yirik tomchi zararkunan­dani kamrok zaharlaydi, o’simlikka tushgan joyini esa kuydirib, zarar keltirishi mumkin. Modda bir xil sarflangani bilan, mayda zarrachalarga parchalangan eritma o’simlikni bir tekis kamrab oladi va kuprok samara beradi. Uta mayda tomchilar barglarga kuchlirok yopishadi va ular shamol, yomgir ta`sirida ham tushib ketmaydi.
Kimyoviy moddani parchalaydigan maxsus uchlik o’simlikdan ma`lum masofada joylashtirilgan bo’ladi. Parchalangan zarrachalar o’simlik barglariga havo okimi yordamida yetkaziladi. Zarrachalarning hammasini o’simlikka to’liq yetkazish uchun, sharoitga qarab, havo okimini laminar yoki turbulent rejimda harakatlan­tirish talab qilinadi. Laminar okimda zarrachalar qatlami bir-biriga aralashmasdan, to’g’ri chizik bo’ylab harakatlanadi. Natijada, mayda zarrachalarning barglar ostiga kirib borishi sodir bo’lmaydi va o’simlik chala namlanadi. Turbulent (shux) okimda esa mayda zarrachalar qatlamlari bir-birlariga aralashib, yunalishini ko’p marta o’zgartirib harakatlanadi. Natijada tomchilar barglarning tagiga hamda shoxlarning panasida turgan joylariga ham yetib borishi mumkin. Yirik tomchilarning inertsiya kuchi katta bo’lganligi sababli, turbulent okimiga kirib keta olmasdan, yunalishini o’zgartirmay, o’simlikning yuza tomonidagi barglariga kunadi. Ularning kupchiligi bargdan dumalab yerga tushib ketadi. Demak, eritmani parchalaydigan uchliklar tomchilarning turbulent rejimida harakatlanishini ta`minlab berishlari kerak. Ekinlarni ximoyalash­da rejalashtirilgan natijaga oddiy purkash usuli bilan ishlov berishda har gektar maydonga 400...600 kg ishchi suyuklik sarflab, oz miqdorlab ishlov berishda 25....10 kg, ul tra oz miqdorlab esa 0,5...5 kgG’ga sarflab erishish mumkin.
Kimyoviy ximoyalash mashinlarining tuzilishi
Purkagichlar — dala ekinlari va boglardagi daraxtlarga kimyoviy ishlov beradigan mashinalar, uzining purkash kurilmasi ish printsipiga qarab, shtangali va ventilyatorli; ishchi suyuklikning sarflash miqdoriga qarab, oddiy, oz miqdorda va ul tra oz miqdorda sepadigan; traktor bilan agregatlanishi buyicha — tirkalma, o’rnatma, uziyurar; bajaradigan ishi buyicha — universal, bogbop, dalabop kabi turlarga bulinadi. Paxtachilikda chopik traktoriga o’rnatiladigan ventilyatorli va shtangali purkagichlar ishlatiladi. Ular zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bilan bir vaqtda guzani defoliatsiyalash va desikatsiyalash uchun ham ishlatiladi

Paxtachilik uchun mo’ljallangan ventilyatorli purkagichning umumiy ko’rinishi 101- rasmda keltirilgan.
Chopik traktoriga ikki dona baklar 1 o’rnatilgan. Baklardagi ishchi suyuklikni purkash kurilmasiga uzatish uchun magistral kuvurcha 2 xizmat kiladi. Ventilyatorli purkash kurilmasini tebratish uchun harakat yuritmasi 3, ventilyator 4 va uning karnayi 5, rotorli nasos 6, reduktor 7, chervyakli reduktor 8 lar yagona ramaga o’rnatilgan.
Purkagichning texnologik ish jarayoni (101- rasm) kuyidagicha: nasos 2 baklar 9 va 10 dagi ishchi suyuklikni surish magistrali 12, uch yulli kran 15 va fil tr 14 orqali surib olib, fil tr 5 va uzuvchi klapan 3 orqali pnevmodiskli uchlik 19 ga uzatadi. Uchlik 19 esa ventilyator 1 karnayining ogziga o’rnatilgan. Uchlik 19 lardan chikkan ishchi suyuklik zarrachalarini purkash ob`ektiga uzatadi. Ishchi suyuklikning ortiqcha qismi bosim sozlagich 7 dan uzatuvchi magistral 8 va 11 orqali bakka favvora ko’rinishida kiritiladi va u yerdagi suyuklikni uzluksiz aralashtirib turadi.

101- rasm Purkagichning texnologik ish jarayoni
U harakatni traktorning quvvat olish validan kardanli uzatma orqali reduktorga uzatilib, undagi harakat ventilyator va nasosga keladi. Uchlik o’rnatilgan ventilyator karnayi ung va chap tomonga burilib ishchi suyuklikni sepish uchun ventilyator gilofi tros (zanjir) orqali tebranuvchan sektor bilan ulangan. Ishchi suyuklik bosimi 0,2...0,5 MPa bo’lishi kerak.
Siyrak va past usgan guzalarga ishlov berishda agregat tezligi 6,8...7,5 km/soat, baland va qalin guzali joyda tezlik kamrok kuyiladi. Purkash kurilmasini minutiga 16...20 marta burilish, minimal kamrov kengligi esa kamida 25 m o’rnatiladi. Paxtazorga purkashda ishchi suyuklik sarfi 50...100 l/ga, bog va tokzorlarga purkashda — 125...600 l/ga kilib sozlanadi.
Ventilyatorli purkash kurilmasining urniga pnevmodiskli kurilma ishlatilsa,
ishchi suyuklik sarfini 25% ga kamaytirib, uni gektariga 50 l dan kamrok bo’lishiga erishish mumkin (kamrov kengligi 18 m o’rnatiladi).
Pnevmodiskli parchalash kurilmasi uta yupka (qalinligi 0,35 mm) polietilen disklar va ular orasiga kistirilgan shaybalarni aylanuvchan asosga kisib kotirish natijasida yasaladi. Disk va shaybalar urtasi govak bo’lib, u yerga bosim ostida suyuklik yuboriladi. Disklarda kengligi 2,5 mm bo’lgan kanalchalar bo’lganligi sababli, nasos katta tezlik bilan (= 15…20 ming ayl/min) aylanganida kundalang kesimi 2,5x0,35 mm bo’lgan kanallar buyicha, markazdan kochirma kuchlar ta`sirida govak ichidagi suyuklik tashqariga ingichka favvorachalar ko’rinishida otilib chiqadi va ventilyator shamoli ta`sirida 60...150 mkm diametrli tomchilarga ajraladi. Natijada, kichik miqdorlab purkash ta`minlanadi.
Ventilyator purkagich soatiga (toza ish vaqti) 15...18 ga dala ekinlariga, 3...5 ga boglarga, 4,5...4,8 ga tokzorga ishlov berishi mumkin. Daraxt va tokzorga ishlov berishda kamrov kengligi 8 m, dala ekinlariga 15ѕ30 m bo’lishi mumkin. Ishchi suyuklikning sarfi 10...100 l/ga bo’lishini ta`minlay oladi. Soatiga 40 ming m3 gacha havo haydaydigan kushaloklangan markazdan kochirma ventilyator hamda 0,5...0,8 MPa (5...8 atm) bosim hosil kiladigan rotorli nasos o’rnatilgan. Mashina 8 m uzoklikkacha sepa oladigan brandspoyt bilan ham jixozlangan.
Purkagichni ishga tayyorlashda parchalovchi uchliklar soni n tanlanib, bir dona uchlikdan sepilishi lozim bo’lgan suyuklik miqdori q aniqlanadi:

bu yerda, Q — bir ga yerga sarflanadigan (agronom tayinlaydi) suyuklik, l/ga;

Download 92,29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 92,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: O’simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari

Download 92,29 Kb.