|
Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari
|
bet | 2/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 92,29 Kb. | | #234676 |
Bog'liq O’simliklarni himoyalash va parvarishlash mashinalariKimyoviy moddalardan foydalanish usullari
Kimyoviy moddalar to’g’risida ma`lumotlar. Kasallik va zararkurandalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalarning hammasi pestitsidlar deyiladi. Begona utlarga qarshi — gerbitsidlar, zamburug’li kasalliklarga qarshi —fungitsidlar, bakteriyalar keltiradigan kasalliklarga — bakteritsidlar, bakteriyalarni o’simlikning ildizida to’liq kuritadiganlar — desikant, o’simlik bargini tukadiganlari — defoliantlar deyiladi.
Kimyoviy moddalarning asosiy qismi odam organizmi uchun zaharlidir. Ular organizmga teri, nafas olish yullari va ogzi orqali kirib, zaharlashi, xatto, ulimga ham olib kelishi mumkin. Ayrim moddalar yongindan ham xavflidir. Shu sababli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda, xavfsizlikning maxsus koidalariga rioya qilish lozim.
Kasallik yoki zararkunandalar tarkalgan joyni, ularning holatini, o’simliklarning rivojlanish darajasiga qarab bilib olish hamda kimyoviy ximoyalashning kuyidagi usullaridan foydalanish mumkin: eritmani purkash, changlatish, aerozollar bilan purkash, fumigatsiyalash, urug’ni zaharlash, zaharlangan yemish tarkatish, xemoterapiya (o’simlikni zaharli moddalar bilan sug’orish) va boshkalar.
Eritmani purkashda kimyoviy moddani uta mayda zarrachalarga parchalab, katta kinetik energiya berish xisobiga, uni kasallik yukkan o’simlik barglariga, shoxlari yoki zararkunandalarning bevosita tanasiga yuktiriladi. Zararkunandalar yoki kasallikni yo’qotish uchun kupincha, har gektar maydonga bir necha gramm, xatto milligramm zaharli kimyoviy moddani bir tekis taksimlash yetarli bo’ladi, ammo uni amalga oshirishning deyarli iloji yuk. Uta oz miqdordagi kimyoviy moddani mashina bilan purkab bir tekis tarkatish uchun, avval, uning suvdagi, ayrim vaqtda moydagi turli kontsentratsiyadagi eritmasi, suspenziyasi yoki emul siyasi, ya`ni ishchi suyuklik tayyorlanadi. Emul siya va suspenziyalarni bir xil kontsentratsiyada saklash uchun turli emul gator yoki stabilizator aralashtiriladi, bunga qo’shimcha ravishda, mashina baklarida ularni uzluksiz aralashtirib, chukindi hosil bo’lishining oldini olib turadigan moslamalar o’rnatiladi. Purkalgan suyuklikning samarasi yuqori bo’lishi uchun u o’simlik yoki zararkunanda tanasidan okib tushib ketmasdan, uni to’liqrok ko’plab yopishib kolish xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Zaharli moddalarning xususiyatlari har xil bo’lishi sababli kutilayotgan natijaga erishish uchun suyuklikning har gektarga bo’lgan sarfi turlicha bo’ladi. Shu sarfning miqdoriga qarab, kimyoviy moddalar oz va ul tra (uta) oz miqdorda purkaladi. Oz miqdorda purkash uchun bir gektar yerga sarflanadigan kimyoviy modda miqdori saklanib, uni eritadigan suv miqdori keskin kamaytiriladi. Bunday kontsentratsiyasi kuchli eritma mayda tomchilarga ajratilishi sababli, ishlov berilayotgan ob`ektga bir tekis, xatto yupka plyonka sifatida yopishadi. Chunki, oddiy purkashda tarkibida suvi ko’p bo’lgan yirik tomchilarning yopishkokligi kam bo’lib, barglardan dumalab tushib ketadi, yerga tushib tuproqni zaharlaydi, samarasi oz bo’ladi.
Uta oz miqdorda purkash uchun kimyoviy moddani suvda emas, balki kam miqdordagi moysimon, yopishkok moddada eritiladi. Suvda tayyorlangan ishchi suyuklikka nisbatan yopishkok moydagi eritma uta maydalab (tuzonlatib) purkalsa, kimyoviy modda o’simlik shoxlari, barglariga kuprok singib, samarasi yuqori bo’ladi. Bu usulda ishchi suyuklikning sarfi 10ѕ100 barobar kamayadi, tomchilar tuproqqa tushmaydi, afsuski, tuzonlatib purkaydigan mashinalar oz va kimmatdir.
Changlatishda kasallangan o’simlik va zararkunandalarga kukunsimon kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Changlatish uchun tayyorlangan kukun tarkibida bevosita zaharli modda bilan birgalikda neytral bo’lgan turli changsimon moddalar (tal k, tuproq tuzoni, burѕ) aralashgan bo’ladi. Kukun zarrachalarining 15...25 mkm bo’lishi samarali bo’ladi. Kukunning yopishuvchanligini oshirish maksadida unga 3ѕ5% mineral moysimon moddalar kushiladi. Bunday aralashmalarni dust ham deyishadi.
Changlatish sifatiga shamol ko’p ta`sir etadi. Kukunning yopishuvchanligi past bo’lganligi sababli, kukunsimon moddalarning sarfi suyuklikka nisbatan bir necha marta ko’p bo’ladi.
Aerozol bilan ishlov berishda zaharli modda uta mayda zarracha (tuman, tutun) ga aylantiriladi. Shu sababli, bu usul uta samarali bo’lib, o’simlikka zaharni tekis yopishtirish imkonini beradi. Tutun va tuman inshootlardagi tirkishlarga, daraxt barglari orasiga oson kiradi. Zaharni purkashga nisbatan aerozol ko’rinishida kullash uning sarfini bir necha un barobar kamaytirish imkonini beradi, ammo dala sharoitida aerozoldan foydalanish uta kiyin jarayondir.
|
| |