• Nazorat savollari
  • Yig‘ish operatsiyalar ketma-ketligini




    Download 21,51 Kb.
    bet2/2
    Sana16.11.2023
    Hajmi21,51 Kb.
    #100062
    1   2
    Bog'liq
    Mavzu1111111111111

    Yig‘ish operatsiyalar ketma-ketligini, mazmunini aniqlash, yig‘ish sxemasini tuzish.
    Mashinaning tuzilishini mukammal o‘rganganimizdan keyin uni qismlarga bo‘lish nazarda tutiladi. Bu ishni amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga asoslanish kerak:
    -yig‘ma birligi yig‘ish jarayonida va transportirovkada qismlarga bo‘linmasligi kerak;
    -yig‘ma biligi uni yig‘ish imkoniyatini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak;
    -yig‘ish ishlaridan oldin maxsus tayyorgarlik ishlari bajarilib, unda detal yuzalarini mexanik ishlov berish yo‘li bilan moslashtirish kerak;
    -yig‘ma bo‘lagi juda ko‘p detallardan tashkil topmasligi kerak, shuning bilan birga ularning soni juda ko‘p ham bo‘lmasligi kerak.
    Yig‘ma birliklarining yig‘ish mehnat sig‘imi taxminan bir xil bo‘lishi kerak.
    Yig‘ish ketma-ketligi asosan mahsulot konstruksiyasiga va yig‘ish aniqligini olish uchun qo‘llaniladigan usulga bog‘liq bo‘ladi. Yig‘ish ketmaketligi odatda sxema shaklida ko‘rsatib uzellar v boshqa tashkil qiluvchilarning yig‘ishdagi ulanish ketma ketligini aks ettiradi. Yig‘ish sxemasi, yig‘ish texnolgik jarayonini o‘rganish uning yutuq kamchiliklarini analiz qilishga imkoniyat yaratadi. Bu sxemada mahsulotning har bir elementini to‘g‘ri to‘rtburchak bilan belgilanib ichida uning nomi belgisi va soni ko‘rsatib qo‘yiladi. (14.1-rasm).
    Birinchi navbatda moslamaga qo‘yilib mahsulotning boshqa qism va detallarini ulash uchun xizmat qiluvchi uzel yoki detal bazoviy deb ataladi.
    Yig‘ish jarayoni gorizontal chiziq bilan beligilanib bazoviy elementdan boshlanib tayyor mahsulot bilan tugaydi.
    Gorizontal chiziqdan yuqoridagi to‘rtburchaklarga yig‘ilish ketma-ketligi bo‘yicha detallar joylashtirilsa, pastida esa yig‘ma birliklari keltiriladi.
    Birinchi va undan yuqori murakkablikka ega bo‘lgan har bir yig‘ma birligi uchun
    shunday sxemalarni tuzish mumkin.
    14.1.-Rasm. Mahsulotni (a) va yig‘im birliklarini yig‘ish texnologiyasi sxemasi (b-2) Texnologik sxema yig‘ish texnologik jarayonini tuzishda asos bo‘lib hisoblanadi.
    Mahsulot seriyalab ishlab chiqarilganda marshrut operatsion va operatsion texnologik kartalar tuziladi.
    Yig‘ish texnologik jarayoni sxemasi ishlab chiqilganidan keyin yig‘ish, regulirovka qilish, tayyorlash va nazorat texnologik operatsiya va o‘tishlarning ma’nosi aniqlanadi.
    Donalab ishlab chiqarishda marshrut texnolgik kartasini tuzish bilan chegaralaniladi va yig‘ish jarayonida asosan texnolgik sxemasi asosida ish olib boriladi, sxema ishning mehnat sig‘imi, qaysi sexdan kelishi, qo‘llaniladigan asbob uskunalarning ro‘yxati ko‘rsatiladi. Ba’zi bir muhim ishlar (masalan sinash uchun) yesa maxsus instrukg‘iyalar tuziladi.
    Yig‘ish jarayoni umumiy yig‘ish va uzellarni yig‘ishga bo‘linadi. Ular yesa
    o‘z navbatida operatsiya, perexod, ko‘p seriyali bo‘lganda priyem(uslub) elementlariga bo‘linadi.
    Katta seriyada ishlab chiqarish tashkli qilinganida operatsiyalar mehnat sig‘imi ishlab chiqarishga mos qilib tuzilishiga e’tibor berish kerak. Chunki potok usulida yig‘ishni ta’minlashning asosiy sharti ritmni ta’minlashdir. Bu esa o‘z navbatida operatsiyalar mehnat sig‘imining taktga mosligini talab qiladi.
    Mehnat sig‘imi ishlar bajarilishning mexanizatsiyalanish darajasiga ham ko‘p jihatdan bog‘iqdir. Shuning uchun yig‘ish jarayonining samaradorligini oshirishda ularnng mexanizatsiyalanish darajasiga e’tiborni oshirish zarur.
    Yig‘ish texnologik jarayonini tuzishning eng muhim qismlardan biri yig‘ish operatsiyalari vaqtini meyorlashdir.
    Nazorat savollari:
    1. Yig‘ish jarayoni nima?
    2. Yig‘ish texnologik jarayoni qanday ishlab chiqiladi?
    3. Jarayonni ishlab chiqish uchun zarur muhit.
    4. Yig‘ish sxemasi nima?
    5. Yig‘ish texnologiyasi tartibi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?
    Download 21,51 Kb.
    1   2




    Download 21,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yig‘ish operatsiyalar ketma-ketligini

    Download 21,51 Kb.