|
Kompyuter qanday ishlashi va ichki tuzilishi haqida
|
Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #107238 |
Bog'liq Kompyuter qanday ishlashi va ichki tuzilishi haqida Kompyuter bu kompyuter dasturlash vositasi yordamida avtomatik ravishda arifmetik yoki maniqiy operatsiyalar ketma-ketligini bajarishni orgatadigan mashina . Zamonaviy kompyuterlar dasturlar deb nomlangan umumlashtirilgan operatsiyalar toplamini bajarish qobiliyatiga ega Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil etuvchilari – kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma ta’minoti – kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: -sistema bloki; -monitor; -klaviatura; -sichqoncha; -tashqi qurilmalar. Protsessor elektron mikrosxema ko‘rinishida tayyorlanadi. U yaxlit bitta qismli yoki bo‘lak–bo‘lak qismlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. «Protsessor» atamasi ba'zan «mikroprotsessor» deb ham ataladi. Protsessorlar tarkibiga ko‘ra tranzistorlardan iborat bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan protsessorlar o‘z ichiga millionlab tranzistorlarni o‘z ichiga oladi. Bu tranzistorlardan elektron mantiq qurilmalari va yuqori texnologiyali boshqa elektron qurilmalar hosil qilinadi. Kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat oqish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat oqish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemasini boshlanQich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.a Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bolib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yol deb ataluvchi shinalar orqali boglangan boladi. Shunday qilib, oddiy soz bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni boglovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bolishi mumkin. Kompyuterlarning elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bolishi kompyuterlar ta’mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yiQish va o`zgartirish imkoniyatini beradi.a
|
| |