KITOB MUTOLAASINING YOSHGA DOIR ME`YORLARI
Тураходжаева Зулхумор Юсуфжановна
“Muhammadsharif So‘fizoda” nomidagi
Namangan viloyat bolalar kutubxonasi direktori.
Namangan shahri, O’zbekiston
Телефон: 97263-77-70
AGE STANDARDS OF BOOK READING
Turakhodjaeva Zulkhumor Yusufzhanovna
In the name of Muhammadsharif Sofizoda
Director of children's library of Namangan region
Phone: 97.263-77-70
Annotatsiya. Maqolada o’quvchilarni yoshga doir kitob mutolaasining me’yorlari bo’yicha ma’lumotlar berilgan. Umumta’lim maktablarining o’qituvchilari va kutubxonachilari keng foydalanishlari mumkin.
Kalit so‘zlar: Kitob mutolaasi, yoshga doir me’yorlar, mashg‘ulotlar dasturi. Kitobning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni.
Annotation.. The article provides readers with information on the norms of the age-related book reading. Teachers and librarians of schools can be widely used.
Keywords: book reading, age standards, training program. The role of the book in the life of a person and society.
Kitob o’qish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochish uchun kalitdir. Ilm izlash, kitob, gazeta va jurnallarni mutolaa qilish kishining dunyoqarashini kengaytiradi, o’ziga hos fazilat bag’ishlaydi. O’zgalar oldida sohibining ilmiy, madaniy va axloqiy saviyasini yuqoriga ko’tarib qo’yadi. Zero, ko’p o’qigan, bilimdon insonning umuman o’qimagan yoki kam o’qiydiganlardan har sohada imkoniyat doirasi kengroq bo’ladi. Misol uchun ikkita tilni bilgan odam bitta tilni bilgan odamdan ikki barobar ko’proq imkoniyatga ega. Uchta tilni biladigan odamning esa ikkita tilni bilgan odamdan imkoniyat doirasi kattaroq bo’ladi. Bugungi yoki kechagi olimlar, yozuvchiyu shoirlar va ziyoli kishilar o’z vaqtida ko’p va xo`p kitob mutolaa qilganliklari tufayli shu darajaga erishganlar. Kitob o’qishning foydasi ko’p, barakasi behisobdir. Avvalo o’qish va mutolaa turli-tuman madaniyatlar va bilimlarni o’rganish uchun insonga asosiy ko’prik bo’lib xizmat qiladi. Kishi qanchalik ko’p mutolaa qilsa, shunchalik ravon va bexato so’zlaydigan bo’lib qoladi. Dunyoqarashi, madaniy saviyasi shakllanadi.
O’qishning tarbiyaviy ahamiyatlari ham bisyor. Bolalarni yoshlik chog’laridan kitobga muhabbatli qilib o’stirish o’ta foydalidir. Zero, kitob ezgulikdan, oliyjanoblikdan, mardlikdan hikoya qiladi. Ma’naviyatni oshiradi. Shu bois yoshlarimizni kitobga mehrli qilib o’stirish ma’naviy va tarbiyaviy jihatdan ham muhim ahamiyatga molikdir. Ma’lum bo’ladiki, shaxs kamoloti va jamiyat ravnaqi uchun ham kitob mutolaasi shart hamda zaruriydir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori o‘ta dolzarb va ayni vaqtida qabul qilingan tarixiy huquqiy aktlardir. Negaki,aholisi kitobxon, bilimli, oqil, dono va komil insonlar bo‘lgan davlat – qudratlidir.
Mutolaa madaniyati kitobga qiziqishni, ommaning nashr etilayotgan adabiyotlar bilan kengroq tanishishga rag’bat uyg’otib, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga, axborot manbalaridan to’liq foydalanishga yordam beruvchi ko’nikma va malakaga ega bo’lishni taqozo etadi.
Kitobni tanlash, uni tez o’qish, avaylab saqlash, shaxsiy kutubxona tashkil etish, o’qilgan kitobni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga xos hodisa hisoblanadi. Bugun kitob mutolaasi uchun hech qanday muammo yo’q. Texnika taraqqiyoti asrida yashayabmiz. O’qish, yozish, o’rgatish, qabul qilish kabi har qanday amal zumda bajariladi. Yoshlarimizni texnika vositalarini bilishi, ulardan foydalana olishi katta yutug’imiz. Shu bilan birga, bolalarni turli tahditlardan himoya qilish, yuksak ma’naviyatli, mustahkam irodali, barkamol shaxslar etib tarbiyalash uchun kitobning, badiiy asarning ahamiyatini anglatish ham barchaning burchidir.
Kitobxonlik haqida fikr yuritar ekan, bolalar yozuvchisi X. To’taboyev shunday degan edi: “Taraqqiy etgan mamlakatlarda kitobxonlik fan darajasiga ko’tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ’ib qilishgina emas, balki kitob o’qishni, o’qiladigan kitobni tanlab olishni, mag’zini chaqishni, xulosa chiqarishni, ya’ni kitob yordamida o’zlikni anglashni o’rgatishdir”.
|